Ibragimova Shoira Adxamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda atopik dermatitning bronxial astma bilan birgalikda kechishining klinik - immunologik xususiyatlari va davolash usullarini optimallashtirish», 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1376.
Ilmiy rahbar: Mirraximova Maktuba Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Rustamov Mardonqul Rustamovich - tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Gomel` tibbiyot universiteti (Belarus Respúblikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi atopik dermatitni bronxial astma bilan komorbid kechishida klinik immunnologik xususiyatlarini o‘rganish va davolashni optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda atopik dermatitni bronxial astma bilan komorbid kechishining rivojlanishida tibbiy-biologik omillar (nasliy moyillik, o‘tkazgan yondosh kasalliklar) va ijtimoiy omillar (oiladagi noxush muhit, oilaviy sharoitning og‘irligi) asosiy sabablardan ekanligi aniqlangan;
bolalarda atopik dermatitni bronxial astma bilan komorbid kechishini, asoratlarini bashorat qilishni va tez kechar allergik reaksiyalarni boshlang‘ich davrlarini aniqlashda peshobdagi leykotrienlar (C4/D4/E4) prognostik marker ekanligi isbotlangan;
atopik dermatitni bronxial astma bilan komorbid kechishida SCORAD indeksi (atopik dermatitni og‘irlik darajasini belgilovchi), peshobdagi sisteinil leykotrienlar (C4/D4/E4) va qon zardobidagi mahsus IgE miqdori orasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
atopik dermatitni bronxial astma bilan komorbid kechishi kuzatilgan bolalarda an’anaviy davolash sxemasiga qo‘shimcha antileykotrien terapiyani qo‘llash orqali davolash-profilaktika chora tadbirlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Atopik dermatitni bronxial astma bilan komorbid kechishining klinik ko‘rinishlarini aniqlash, tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda atopik dermatitni bronxial astma bilan komorbid kechishida, davolash usullarini optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda bronxial astma bilan atopik dermatitning birgalikda kechishida qo‘llanadigan davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8n-r/639-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bronxial astma bilan atopik dermatitni komorbid kechishida immunitetdagi buzilishlarni erta aniqlash, kasallikni o‘z vaqtida davolashning optimal usullarini tanlash va qaytalanish darajasini kamaytirish imkonini bergan;
bolalarda atopik dermatitni bronxial astma bilan komorbid kechishini erta tashxislash va oldindan bashorat qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda atopik dermatit» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 6 martdagi 8n-r/82-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma atopik dermatitga chalingan bolalarda immunitetning maxsus omillari faoliyati va peshobdagi leykotrienlar miqdoridagi o‘zgarishlarni erta aniqlash, o‘z vaqtida davolash usulini qo‘llash orqali kasallik rivojlanishi va kelib chiqadigan asoratlarini oldini olish imkonini bergan;
atopik dermatitni bronxial astma bilan komorbid kechishi aniqlangan bolalarda tashxislash va yangi takomillashtirilgan davolash uslubini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi va Toshkent shahar Chilonzor tumani 38 - oilaviy poliklinika klinik amaliyotlariga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 dekabrdagi 08-09/20615-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi atopik dermatitni bronxial astma bilan komorbid kechishi aniqlangan bolalarda tashxislash va yangi takomillashtirilgan davolash uslubini qo‘llash orqali bolalarda kasallikni qaytalanish darajasini kamaytirishga, kasallik asoratlarini oldini olishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xamda statsionarda davolanish muddatini qisqartirish xisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.