Tuxtamishev Sardor Saydullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sirdaryo viloyati sharoitida bug‘doyning zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari”, 06.01.09 – «O‘simliklarni himoya qilish» (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx538.
Ilmiy rahbar: Gulmurodov Risqiboy Abdievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/04.03.2022.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Shomil Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Boyjigitov Fozil Muxammadievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sirdaryo viloyati sharoitida bug‘doy o‘simligida zamburug‘lar keltirib chiqaradigan kasalliklarni aniqlash, ulardan bug‘doy o‘simligi hosiliga ko‘proq zarar keltiradiganlarini o‘rganish hamda ushbu kasalliklarga qarshi qo‘llanilgan yangi zamonaviy fungisidlarni iqtisodiy samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Sirdaryo viloyati iqlim sharoitida bug‘doy o‘simliklarida zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan asosiy kasalliklarning turlari, tarqalishi va rivojlanish darajalari aniqlangan;
viloyat bug‘doyzorlarida kasallik qo‘zg‘atuvchi 2 ta filum, 6 ta sinf, 7 ta tartib, 8 ta oila va 9 ta turkumga mansub 11 ta zamburug‘ turlari aniqlangan;
bug‘doyzorlarda tarqalgan asosiy (dominant) va ikkinchi darajali kasalliklar aniqlanib, ulardan nekrotrof patogen zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklarning sof kul`turalari ajratib olingan;
viloyatda keng tarqalgan kasalliklardan eng ko‘p hosil sariq zang (27,5%) va nisbatan kamroq hosil un-shudring (15%) kasalliklari tufayli nobud bo‘lishi aniqlangan;
viloyat sharoitida keng tarqalgan zang va un-shudring kasalliklariga bug‘doyning Gurt, Yog‘du, Matonat, Zvezda, Davr va Asr navlari nisbatan chidamli ekanligi aniqlangan;
mikrobioo‘g‘it va kimyoviy preparatlarni bug‘doy urug‘lari unishi va mikroflorasiga ta’siri aniqlanganda, MERS+Gerkules kompleksi qo‘llanilgan tajribada 100%, MERS mikrobioo‘g‘itida 99,5% va Gerkules preparatida 96,0% bug‘doy urug‘lari unib chiqishi aniqlangan;
dala sharoitida bug‘doy kasalliklariga qarshi biologik va iqtisodiy samaradorligi yuqoriligi aniqlangan 2 ta urug‘ dorilagich Beniksil va Eklips hamda 5 ta fungisid Propishans, Propishans Super, Ayaks, Dragon-iv va Tiltazol fungisidlari 2022 yilda tasdiqlangan yangi pestisidlar ro‘yxatiga kiritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sirdaryo viloyati sharoitida bug‘doyning zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
kuzgi bug‘doyning zamburug‘ qo‘zg‘atadigan sariq zang kasalligiga qarshi Ayaks 50% sus.k. (0,5-0,8 l/ga) fungisidini qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan reglament 2020 yilda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi “Boyovutlik Ravshan” va “Eliboev Azizbek” fermer xo‘jaliklarida jami 71,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 fevraldagi №02/025-609-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bir gektar maydondan 13,3-16,1 sentnergacha hosil kasallikdan saqlab qolingan, fungisidlarning biologik samaradorligi 95,3-100% ni tashkil etgan;
zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan bug‘doyning sariq va qo‘ng‘ir zang kasalliklariga qarshi Ayaks 50% sus.k. (0,5-0,8 l/ga), Tiltazol 50% k.e.k. (0,2 l/ga), Propishans 25% em.k. (0,5 l/ga), propishans Super 33% em.k. (0,4 l/ga), Dragon-iv s.e.k. (1,0 l/ga) va bio Star 50% k.e.k. (0,17 l/ga) fungisidlarini qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan reglament Sirdaryo viloyatining Guliston, Boyovut, Oqoltin, Sirdaryo, Sardoba va Xovos tumanlarida g‘allachilik fermer xo‘jaliklarida jami 872 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 fevraldagi №02/025-609-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuqori samarali ushbu fungisidlarni qo‘llash hisobiga nazorat variantga nisbatan kimyoviy ishlov o‘tkazilgan variantlarda bir gektar kuzgi bug‘doy ekilgan maydonda 6,4-8,7 sentnergacha hosil kasalliklardan saqlab qolingan va iqtisodiy samaradorlik 819-1755 ming so‘mni tashkil etgan. Kasalliklarga qarshi 97,5-100% gacha biologik samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish