Hasanov Jasur Yusufovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rta Zarafshon havzasi landshaftlarida ekologik turizmni rivojlantirish istiqbollari», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2020.2.PhD/Gr140.
Ilmiy rahbar: Abdulqosimov Ali, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori; Usmonova Roxatjon, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘rta Zarafshon havzasida ekoturistik xususiyatlari va imkoniyatlarini aniqlash orqali ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘rta Zarafshon havzasining ekoturistik imkoniyatlari (tabiat yodgorliklari, noyob landshaftlar) aniqlangan va istiqbolda ekoturizmni rivojlantirish uchun «O‘rta Zarafshonning ekoturistik rayonlari va marshrutlari» kartasi yaratilgan;
suv havzalaridan (Zarafshon, Kattaqo‘rg‘on, Omonqo‘ton, Urgutsoy, To‘sinsoy) ekoturistik ob’ekt sifatida foydalanish yo‘nalishlari (sport, rafting, ekstremal, shop) asoslangan;
ekoturistik marshrutlarni yo‘nalishlari taklif etilgan va ekoturizmni kompleks (eko, agro, tarixiy, ekstremal, shop turlari) ravishda olib borish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
havzaning ekoturistik imkoniyatlaridan unumli foydalanish (tabiiy pitomniklar tashkil etish, tog‘ va tog‘oldi hududlarida mehmon uylari qurish) yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rta Zarafshon havzasida ekoturizmning hududiy tarkibini kompleks rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘rta Zarafshon havzasining ekoturistik imkoniyatlari (tabiat yodgorliklari, noyob landshaftlar)dan kelgusida yangi ekoturistik bazalarni tashkil etish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2022 yil 20 yanvardagi 07-17-01/534-son ma’lumotnomasi). Natijada, tashkil etiladigan turistik bazalarni son jihatdan ko‘paytirish imkonini bergan;
istiqbolda ekoturizmni rivojlantirish uchun yaratilgan «O‘rta Zarafshonning ekoturistik rayonlari va marshrutlari» kartasi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligida yangi turistik marshrutlarni ishlab chiqishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2022 yil 20 yanvardagi 07-17-01/534-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy va xorijiy turistlar havzadagi ko‘plab yangi ob’ektlar bilan tanishtirish imkoni paydo bo‘lgan;
soy havzalaridan (Zarafshon, Kattaqo‘rg‘on, Omonqo‘ton, Urgutsoy, To‘sinsoy) ekoturistik ob’ekt sifatida foydalanish yo‘nalishlari asoslashga doir ma’lumotlar, havzaning ekoturistik imkoniyatlaridan samarali foydalanish (tabiiy pitomniklar tashkil etish, tog‘ va tog‘oldi hududlarida mehmon uylari qurish) yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2022 yil 20 yanvardagi 07-17-01/534-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, havzaning ekoturistik salohiyatidan samarali foydalanish imkonini bergan;
O‘rta Zarafshon havzasi landshaftlarida ekoturizmni rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligida ekoturizmni istiqbolli turlari, yo‘nalishlarini aniqlashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2022 yil 20 yanvardagi 07-17-01/534-son ma’lumotnomasi). Natijada, havzada eko, agro, tarixiy, suv, tog‘, spelioturizm, sport, rafting, ekstremal kabi turizmning zamonaviy yo‘nalishlarini tashkil etishning ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqishga, yangi mavsumiy va doimiy ekoturistik marshrutlarni aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish