Ikromov Oybek Abdirasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sholi va kungaboqar qobig‘idan faollashtirilgan adsorbentlar olish va ularni o‘simlik moylarini oqlashda qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1541.
Ilmiy rahbar: Suvanova Fayoza Usmanovna, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Serkaev Qamar Pardaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Sagdullaeva Dilafro‘z Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent yog‘-moy kombinati AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sholi va kungaboqar qobig‘i asosida faol adsorbentlar olish va ularni qo‘llash orqali o‘simlik moylarini oqalash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
faol adsorbent olishda sholi va kungaboqar qobig‘ining dastlabki kimyoviy tarkibi va fizik-kimyoviy xususiyatlari aniqlanib, maydalangan materialni vodorod perekoksid bilan oksidlash, 800 ℃ pirolizi va 30%-li kaustik ishqor ta’sirida kremniyli birikmalardan tozalash bilan faollashtirilgan ko‘mir olish isbotlangan;
piroliz jarayoni harorati ko‘tarilishi bilan faollashtirilgan ko‘mirning nisbiy yuzasi 3,0-3,2 martaga ortishi aniqlanib, adsorbsion samarasi benzol bug‘larining maksimal qiymatlarda yutilishi bilan asoslangan;
kungaboqar (73,2 sm3/g) va sholi (80,5 sm3/g) qobiqlaridan olingan adsorbentlar etalon BAU-A markali (65,4 sm3/g) adsorbentdan g‘ovakligi va adsorbsion ko‘rsatgichlari bo‘yicha samaraliligi isbotlangan;
olingan faollashtirilgan ko‘mir to‘q rangli o‘simlik moylari tarkibidagi erkin yog‘ kislotalari, oksidlanishning birlamchi hosilalari va 3,4-benzopirenni samarali sorbsiyalashi aniqlangan.
to‘q rangli paxta va soya moylarini yangi olingan faollashtirilgan adsorbentlar yordamida tozalash va oqlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘simlik moylarini oqlashda foydalanish uchun sholi va kungaboqar qobig‘idan faol adsorbentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
piroliz orqali sholi va kungaboqar qobig‘idan faollashtirilgan adsorbentlar olish texnologiyasi «Kattaqurg‘on yog‘-moy» AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalri uyushmasining 2021 yil 25 oktyabrdagi KS/3-972-son ma’lumotnomasi). Natijada, sholi va kungaboqar qobiqlaridan moy sig‘imi 41%, g‘ovakligi 0,161 sm3/g va nisbiy yuzasi 220,7 m2/g bo‘lgan faollashtirilgan adsorbent olish imkonini bergan;
sholi va kungaboqar qobig‘i asosida olingan faollashtirilgan adsorbentlar ishtirokida rangli press va ekstraksiya paxta moylarini tozalash va oqlash texnologiyasi «Koson yog‘-ekstraksiya» AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalri uyushmasining 2021 yil 25 oktyabrdagi KS/3-972-son ma’lumotnomasi). Natijada, tannarxi 25-30 %gacha arzon,  oqlangan paxta moyi ishlab chiqarish imkonini bergan;
faollashtirilgan adsorbentlar ishtirokida press va ekstraksiya soya moylarini tozalash va oqlash texnologiyasi «Koson yog‘-ekstraksiya» AJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalri uyushmasining 2021 yil 25 oktyabrdagi KS/3-972-son ma’lumotnomasi). Natijada, 10-20 mg yodga birligigacha oqartirilgan soya moyi olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish