Muminov Muydinjonning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida
fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Amarant o‘simligi asosida tovarlar olish va ularni  kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/K128.
Ilmiy maslahatchi: Askarov Ibrohim Raxmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patenti: amarantning "O‘zbekiston-M" navi (NAP 00232), “Marhamat” navi (NAP 00233), "Ulug‘nor" navi (NAP 00234).
II. Tadqiqotning maqsadi amarantning ko‘p miqdorda ozuqa moddalar, makro- va mikroelementlar saqlagan navlar yaratish hamda ular asosida  tovarlarningg kimyoviy tarkibini aniqlagan holda TIF TN bo‘yicha sinflash negizida yangi kodlar bo‘yicha takliflarniasoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amarantning boshqa turdosh navlariga nisbatan moyliligi, to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalari, oqsillar, uglevodlar,  makro- va mikro-elementlar hamda boshqa skvalen kabi biologik faol moddalar miqdori ko‘pligi bilan kimyoviy tarkib jihatdan ustun bo‘lgan serhosil "O‘zbekiston-M", “Marhamat” va "Ulug‘nor" navlari yaratilgan;
barcha turdagi amarant navlari kimyoviy tarkibi kunjarasi tarkibida alkaloidlar yo‘qligi hamda “Marhamat” navining kimyoviy tarkibida S17N32O2 – siklogeksankarbon kislota, S22N43NO – 3-dokozenamid, S17N32O – metil-8-geksadesin-1, S19N36O – 2-metil-Z,z-3,1,3-oktadekadienoil, S30N50  - skvalen va yog‘ kislotalari miqdori boshqa navlarga nisbatan yuqori ekanligi isbotlangan;
yaratilgan amarant navlari quritilgan yog‘ ekstraktlari tarkibida to‘yingan yog‘ kislotalari miqdori boshqa (Gelios, Xar`kovskiy va b.) navlarga nisbatan ko‘p miqdorda tristearat, tripalmetinat kabi trigliseratlar saqlaganligi sababli yuqori ekanligi isbotlangan;
yaratilgan amarant navlari kimyoviy tarkibining moyliligi ular tarkibiga kiruvchi gliserinning faol shakli, to‘yingan va to‘yinmagan moy kislotalari miqdori ko‘pligi sababli boshqa navlarga nisbatan yuqori ekanligi isbotlangan;
amarant yangi navlari tarkibidagi moy va ozuqa moddalarga ko‘ra ularga kimyoviy tarkibi bo‘yicha yangi xalqaro yangi tovar kod raqamlarini (1008 90 000 1, 1008 90 000 2) TIF TNga kiritish asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Amarant o‘simligi navlari tarkibidagi ozuqa moddalar, makro- va mikro elementlar miqdorini aniqlash, ulardan yangi turdagi tovarlar olish, hamda kimyoviy tarkibi asosida yangi tovar kodlari ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moyliligi, ozuqa moddalar, makro- va mikroelementlar miqdori jihatidan amarantning boshqa navlariga nisbatan ustun bo‘lgan "O‘zbekiston-M", “Marhamat” va "Ulug‘nor" navlari yaratilganligi NAP 00232, NAP 00233, NAP 00234 bilan tasdiqlanib, mazkur navlarning kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlarini aniqlash asosida yaratilgan tovar “BIO DARMON” yangi oziq-ovqat qo‘shilmasini ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsatnoma olingan (№000431, 2019 y.). Natijada, tabiiy biologik faol birikmalarga to‘yingan amarant navlari asosida shifobaxsh oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish  imkonini bergan;
yaratilgan yangi amarant navlari kimyoviy tarikibi asosida tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha sinflanib, ularga “moyliligi umumiy massasining 3%i gacha bo‘lgan, to‘yingan yog‘ kislotalari moy massasiga nisbatan 30% gacha bo‘lgan  amarant navlari” uchun – 1008 90 000 1, “moyliligi umumiy massasining 3% va undan yuqori bo‘lgan, to‘yingan yog‘ kislotalari moy massasiga nisbatan 30% va undan yuqori bo‘lgan  amarant navlari” uchun - 1008 90 000 2 tovar kod raqamlari TIF TNning navbatdagi tahririni ishlab chiqishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 11 maydagi 16/05-22-0233-son ma’lumotnomasi). Natijada, amarant o‘simligi navlarini eksport va import qilishda ulardan undiriladigan boj to‘lovlarini nazorat qilish imkonini bergan;
“Marhamat” navining kimyoviy tarkibida S17N32O2 – siklogeksankarbon kislota, S22N43NO – 3-dokozenamid, S17N32O – metil-8-geksadesin-1, S19N36O – 2-metil-Z,z-3,1,3-oktadekadienoil, S30N50  - skvalen miqdori boshqa navlarga nisbatan yuqori ekanligi isbotlanib, mazkur nav asosida yaratilgan “BIO ChOY” yangi shifobaxsh oziq-ovqat qo‘shilmasi ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsatnoma olingan (№000431, 2019 y.). Natijada, siklogeksankarbon kislotalar, skvalen bilan boyitilgan yangi oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish  imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining buyurtmasi asosida tuzilgan “Chorva mollari uchun noan’anaviy usulda silos tayyorlash” nomli tijoratlashtirish shartnomasi bo‘yicha yaratilgan yangi amarant navlari asosida chorva mollari uchun to‘yimli ozuqa mahsulotlari ishlab chiqilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil, № 99/14 raqamli shartnomasi). Natijada, rotein miqdori an’anaviy mahsulotlarga nisbatan 6-7 marta yuqori bo‘lgan em-ozuqa yaratish imkonini bergan, hamda har gektar er maydonidan o‘rtacha 40 million so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
“O‘zbekiston-M” navi kimyoviy tarkibining moyliligi uning tarkibiga kiruvchi gliserinning faol shakli, to‘yingan va to‘yinmagan moy kislotalari miqdori boshqa navlardagiga nisbatan ko‘pligi sababli mazkur nav asosida “BIO MO‘JIZA” yangi oziq-ovqat qo‘shilmasi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil, 12 fevral`dagi №000431-son ruxsatnomasi). Natijada, amarant o‘simligi asosida shifobaxsh to‘yingan va to‘yinmagan moy kislotalariga boy oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqarish imkonini bergan;
"O‘zbekiston-M", “Marhamat” va "Ulug‘nor" navlarini etishtirish (NAP 00232, NAP 00233, NAP 00234; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 fevraldagi 000431-son ruxsatnomasi) Andijon viloyatining jami 1044 gektar er maydonlariga joriy etilgan (Andijon viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2022 yil 28 iyuldagi ma’lumotnomasi). Natijada, shifobaxsh amarant navlarini etishtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish