Yusupov Davronbek Firnafasovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Informatika fani tarkibini strukturalab neyron to‘rlari orqali talabalarni faollashtirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped434. 
Ilmiy rahbar: Sadullaeva  Shaxlo Azimboevna, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01. 
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yuldashev Ismoil Abrievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi informatika fani mazmunini tizimlashtirish asosida neyron tarmoqlar yordamida talabalarni faollashtirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quv materialini tarkibini tanlash va fanning tarkibini didaktik nazariyalar bo‘yicha mantiqiy tizimlashtirishga doir tizimli, faoliyatga yo‘naltirilgan, sinergetik yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida talabalaning dastlabki bilim darajalariga (reproduktiv, evristik, produktiv) adaptiv tarzda submodullarning semantik graf ko‘rinishidagi strukturalari aniqlashtirilgan;
informatika fanidan o‘quv materialini semantik tarmoq ko‘rinishida tizimlashtirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini kengaytirish orqali informatika fani mazmunini aniq metodik, mantiqiy mezonlar asosida strukturalashtirish va neyrotarmoq texnologiyasi asosida o‘qitish,  neyron to‘rlari yordamida o‘quv jarayonini tashkil qilish va faollashtirishning metodik, didaktogen jihatlariga muvofiq keluvchi individual ta’lim traektoriyasini amalga oshirishning ko‘p bosqichli o‘qitish metodikasi ishlab chiqilgan;
informatika faniga doir bilimlarni semantik tarmoq ko‘rinishida o‘qitishning klasterli modeli bilimlar bazasiga asoslangan predikatlar (bilimlar qoidasi) tizimini hosil qilishning neyron to‘rini tanlash, uni o‘qitish parametrlarini belgilash va topologiyasi (neyronlar soni va ular orasidagi bog‘lanishlar)ni aniqlashga doir uch bosqichli metodikani ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
 informatika fani tarkibini mantiqli strukturalashtirish asosida talabalarni bilim olishga bo‘lgan qiziqishini faollashtirishning neyron tarmoqli integrallashgan texnologiyasi negizida, aralash ta’lim resurslarini (on-layn, of-layn) o‘zaro aloqasini ta’minlashga yo‘naltirilgan interfaol o‘qitish va nazorat qilish tizimi o‘quv materiallarini oddiydan murakkablikga qarab tizimlashtirilgan modulli strukturalar asosida  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Informatika” fani mazmunini tizimlashtirish asosida neyron tarmoqlar yordamida talabalarni faollashtirish metodikasi bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
o‘quv materialini tarkibini tanlash va fanning tarkibini didaktik nazariyalar bo‘yicha mantiqiy tizimlashtirishga doir tizimli, faoliyatga yo‘naltirilgan, sinergetik yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida talabalaning dastlabki bilim darajalariga adaptiv tarzda submodullarning semantik graf ko‘rinishidagi strukturalarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 5330100 – Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) bakalavriat yo‘nalishi uchun “Sun’iy intellekt va neyronto‘rli texnologiyalar” o‘quv qo‘llanmasini ishlab  chiqishda  foydalanilgan  (Oliy  va  o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i, 538-461 raqamli guvohnoma). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida sun’iy intellekt va neyronto‘rli texnologiyalar fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan.
Informatika fanidan o‘quv materialini semantik tarmoq ko‘rinishida tizimlashtirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini kengaytirish orqali konseptual (tayanch tushunchalar) ta’lim asosida neyron to‘rli o‘qitish tizimining didaktogen jihatlariga muvofiq keluvchi individual ta’lim traektoriyasini amalga oshirishning ko‘p bosqichli algoritmini ishlab chiqish,  informatika faniga doir bilimlarni semantik tarmoq ko‘rinishida o‘qitishning klasterli modelini sxematexnikaviy yondashuv asosida predikatlar tizimini hosil qilishning neyron to‘rini tanlash, uni o‘qitish parametrlarini belgilash va topologiyasini aniqlashga doir uch bosqichli metodikani ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan YoA5-XT-1-31884. “Innovatsion texnologiyalar sharoitida fizika o‘qituvchisini metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” (2015-2017 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 29 dekabrdagi 02-07-4256/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, informatika fanini aniq-tabiiy fanlar bilan integratsiyalab o‘qitishning metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
informatika fani tarkibini mantiqli strukturalashtirish asosida talabalarni bilishga qiziqishini faollashtirishning neyrotarmoqli integrallashgan texnologiyasini aralash ta’limning ochiq ta’lim resurslarini internal aloqasini ta’minlashga doir interfaol o‘qitish va nazorat qilishga doir o‘quv materiallarini modulli taksonomik maqsadlarga muvofiq loyihalash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5330100 – Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) bakalavriat yo‘nalishi uchun “Sun’iy intellekt va neyronto‘rli texnologiyalar” o‘quv qo‘llanmasini ishlab  chiqishda  foydalanilgan (Oliy  va  o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i, 538-461 raqamli guvohnoma). Natijada, neyrotarmoqli integrallashgan texnologiyalarni talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish