Sobirov Qahramon Saloevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr o‘zbek dramaturgiyasida personaj nutqining leksik-semantik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil296.
Ilmiy rahbar: Qurbonova Muhabbat Matyaqubovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Qudaybergenov Mambetkarim Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Yuldashev Doniyor Toxirovich, filologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek dramatik asarlari tilining leksik-semantik va stilistik xususiyatlari, o‘zbek badiiy adabiyoti tilining funksional uslubiy o‘ziga xosligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek dramaturgiyasi personaj nutqining situativ nutq sifatida og‘zaki so‘zlashuv nutqiga xosligi, so‘zning ma’no nozikliklari, badiiy tasvir vositalarining leksik-semantik va stilistik xususiyatlari aniqlangan;
personaj nutqida maxsus leksik vositalarning nutq ta’sirchanligi, aniqligi va o‘ziga xosligini ta’minlashdagi roli, ularning badiiy nutq jarayonidagi funksional xususiyatlari ochib berilib, so‘zning okkazional ma’no qirralari, ularning personaj nutqida affiksatsiya va sintaktik yo‘l bilan hosil bo‘lishi dalillangan; 
personaj nutqining iboraviyligi, xalq tili imkoniyatlari, maqol va hikmatli so‘zlarni badiiy asar tiliga kiritish yo‘llari hamda ularning qo‘llanishidagi lug‘aviy-semantik va uslubiy o‘ziga xosliklar mavjudligi isbotlangan; 
dramaturglar tomonidan yaratilgan ibora va hikmatli so‘zlarning xalq tiliga asoslanishi, individual mahorat darajalariga bog‘liq xilma-xil uslubiy ma’no anglatish jihatlari, dramatik asarlar tilining imkoniyat ko‘lami va adabiy tilni boyitishdagi lisoniy omillar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek dramaturgiyasida personaj nutqining leksik-semantik xususiyatlarining tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
personaj nutqining iboraviyligi, xalq tili imkoniyatlari, maqol va hikmatli so‘zlarni badiiy asar tiliga kiritish yo‘llari hamda ularning qo‘llanishidagi lug‘aviy-semantik va uslubiy xususiyatlarini aniqlashdagi ilmiy xulosalardan FA-F1-G003 raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 20 avgustdagi 17.01/195-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq tili hikmatlari, jumladan, maqol va hikmatli so‘zlarning funksional so‘z yasalishida hamda ularning qo‘llanishidagi leksik-semantik va uslubiy xususiyatlarini aniqlash mukammallashishiga erishilgan;
o‘zbek dramaturgiyasi personaj nutqining situativ nutq sifatida og‘zaki so‘zlashuv nutqiga xosligi, so‘zning ma’no nozikliklari, badiiy tasvir vositalarining nutq ta’sirchanligini kuchaytirishi kabi o‘ziga xosliklar, leksik-semantik va stilistik xususiyatlarini aniqlashga oid ilmiy nazariy xulosalardan FA-A1-G006 raqamli «Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlari qo‘lyozma nusxalarini tekstologik tahlil qilish nashrga tayyorlash» (3-jild) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil    20 avgustdagi 17.01/194-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq tili hikmatlari, jumladan, maqol va hikmatli so‘zlarni tekstologik tahlil qilishda hamda ularning qo‘llanishidagi leksik-semantik va uslubiy xususiyatlarini aniqlashga asos bo‘lgan;
personaj nutqida sinonim, antonim, dialektizm, professionalizm, eskirgan so‘z, omonim, paronimlar kabi maxsus leksik vositalarning nutq ta’sirchanligi, aniqligi va o‘ziga xosligini ta’minlashdagi roli lingvostilistik tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganish, so‘zning okkazional ma’no qirralari, ularning personaj nutqida affiksatsiya ko‘rinishida bo‘lishi ham, sintaktik yo‘l bilan hosil bo‘lish ham mumkinligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2016-0908165532 raqamli «Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi» fundamental ilmiy loyihasining nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2021 yil  5 avgustdagi 162-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasiga asos bo‘lgan;
o‘zbek dramaturgiyasi personaj nutqining situativ nutq sifatida og‘zaki so‘zlashuv nutqiga xosligi, iboraviyligi, xalq tili imkoniyatlari, maqol va hikmatli so‘zlarni badiiy asar tiliga kiritish yo‘llari hamda ularning qo‘llanishidagi semantik-uslubiy xususiyatlarini aniqlashdagi ilmiy-amaliy xulosalardan «Munavvar kun», «Tilimizni o‘rganamiz» kabi teleko‘rsatuv va «Adabiy muhit», «Ta’lim va hayot» eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 10 fevraldagi 132-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish