Safarov Komiljon Kamolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gender farqlariga qarab COVID-19 da neyropsixologik sindromlarning klinik va patogenetik tuzilishi», 14.00.13 – Nevrologiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2021.4.PhD/Tib2269.
Ilmiy rahbar: Xaydarova Dildora Kadirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Omonova Umida To‘lqinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfandiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi). 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda kuzatiladigan neyropsixologik sindromlarning klinik va patogenetik xususiyatlarini jinsga bog‘liq holda aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda neyropsixologik sindromlarning rivojlanishiga olib keluvchi asosiy xavf omillari (COVID-19 dan keyingi o‘pka to‘qimasining shikastlanishi, saturatsiyaning pasayishi, qon tahlilidagi gipokalimiya, D-dimer va ferritinning oshishi) ayol jinsiga mansub bemorlarda neyropsixologik o‘zgarishlar erkaklarga nisbatan yuqori bo‘lganligi isbotlangan; 
ilk bor ayollarda COVID-19 ning o‘rta og‘ir va og‘ir darajalarida neyropsixologik o‘zgarishlarning klinik belgilari erkaklarga nisbatan yaqqol namoyon bo‘lishi aniqlangan;
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda birinchi marta neyropsixologik sindromi, qonning kislorodga to‘yinganlik ko‘rsatkichi va o‘pka to‘qimasining shikastlanish darajasi o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan; 
ilk bor neyrofiziologik holatni inobatga olgan holda kasallikning dastlabki kunlaridan boshlab psixoemotsional va kognitiv buzilishlarni oldini olishga qaratilgan COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda neyropsixologik o‘zgarishlarni erta aniqlash ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gender farqlarga ko‘ra COVID-19da neyropsixologik sindromlarning klinik va patogenetik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida;
COVID-19 bilan kasallanganlarda psixoemotsional va kognitiv buzilishlar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «COVID-19 bilan kasallanganlarda psixoemotsional va kognitiv buzilishlar korreksiyasining innovatsion metodikasi» nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 fevraldagi 8n-r/1205-son ma’lumotnomasi). COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional va kognitiv buzilishlarni korreksiyalashda innovatsion metodologik usullardan foydalanish imkonini bergan;
gender farqlarga ko‘ra COVID-19da neyropsixologik sindromlarning klinik va patogenetik xususiyatini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali shoshilinch nevrologiya bo‘limi va Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi nevrologiya bo‘limlari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 martdagi 8n-r/113-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional va kognitiv buzilishlarni erta aniqlash, mehnatga layoqatsizlik kunlarini kamaytirish va kasallik asoratlaridan nogironliklar sonini kamaytirish bilan birga bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish