Kurbanova Mohira Abduvaxabovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Issiqlikka chidamli, olovbardosh kremniy saqlovchi oligomerlarni tadqiq qilish va olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T30.
Ilmiy rahbar: Ismailov Isroil Ismailovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti,DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Negmatov Soyibjon Sodiqovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Sayfutdinov Ramziddin Sayfutdinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polietilen va suvli-dispers bo‘yoqlar uchun geterofunksional kremniy saqlagan organik birikmalar asosida antipirenlar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kremniy saqlovchi oligomerlarni hosil bo‘lishida har xil turdagi elementlarni (azot-, ftor-, bor-, fosfor-) o‘zida tutgan uglevodorod radikallarining uzunligining kritik qiymati konsentratsiya miqdori ko‘rsatkichiga bog‘liqligi hamda poliolefinlarni va qoplamalarni termik xossalari kremniy atomining miqdoriga bog‘liqligi asoslangan;
poliolefinlar va qoplamalarning xossalari kremniy atomiga har xil radikallarni biriktirish hisobiga samarali modifikatsiya usullari yaratilgan;
asosiy faktorlarni belgilashda, mahalliy xomashyo silikatli resurslari asosidagi polimerlar va kompozision materiallarning o‘t olish va yonuvchanlik jarayonlarini yo‘nalishli boshqarish aniqlangan;
kremniy saqlovchi oligomerli antipirenlarni epoksid gruppalarni gidroksil guruhlari bilan nukleofil almashinuvi reaksiyalari asosida galoidepoksid monomerlar, karbon kislotalar va amin guruhlarini silikatlar bilan birikish texnologiyasi yaratilgan;
azot, fosfor, ftor va kremniy saqlovchi geterofunksionalli oligomerli antipirenlar, tarkibida gidrofil va gidrofob birikmalarni saqlagan poliolefinlar va suvli-dispersion sistemalarni modifisirlash texnologiyalari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Issiqlikka chidamli, olovbardosh, kremniy saqlovchi oligomerlarni olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan olovbardosh suvli dispers bo‘yog‘ini olish texnik shartlari «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 15125718-001:2016). Texnik shart texnologik jarayonida ishlatilayotgan import hisobiga chetdan kirib kelayotgan antipirenlarni o‘rniga kremniy saqlovchi oligomerlar asosida olingan antipirenlarni ishlatish imkonini beradi;
kremniy saqlovchi antipiren bilan modifikatsiyalangan olovbardosh suvli-dispersion bo‘yoqlar olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 04813 2013y.). Natijada yaratilgan usul olovbardosh suvli-dispersion qoplamalar olishga imkon bergan;
ishlab chiqarilgan kremniy saqlovchi antipiren AP-1 va u asosida olingan olovbardosh suvli-dispers bo‘yoqlarga korxona texnologik reglamenti ishlab chiqilgan (OOO «ORIGINAL COLOR MIX» lok-bo‘yoq ishlab chiqarish korxonasining 2017 yil 27 iyuldagi 131-son ma’lumotnomasi). Texnologik reglament import hisobiga chetdan kirib kelayotgan olovbardosh suvli-dispers bo‘yoqlar va ularning qo‘shimcha komponentlari o‘rniga natriy metasilikati, stearin kislotasi va fosfor kislota bilan mochevina addukti asosida olingan antipirenni ishlatish imkonini bergan;
ishlab chiqarilgan AP-1 markali antipirenlar olovbardosh suvli-dispers bo‘yoqlar va polietilen quvurlar ishlab chiqarilishida tatbiq qilingan («O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyatining 2016 yil 6 sentyabrdagi MA-01/03-1925-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonada chetdan import evaziga olib kelinayotgan antipiren ishlab chiqarilgan kremniy saqlovchi antipiren bilan almashtirishga erishiladi.