Valieva Kamola Nurullaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda son suyagi boshchasi aseptik nekrozlarining klinik-nur tashxisi va davolash», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib91.

Ilmiy rahbar: Djuraev Axror Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tekshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.

Rasmiy opponentlar: Pozdeev Aleksandr Pavlovich (Rossiya Federatsiyasi), tibbiyot fanlari doktori, professor; Xodjanov Iskandar Yunusovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy diagnostik tekshiruvlarni qo‘llash va operativ davoning yangi usullarini ishlab chiqish yo‘li bilan bolalarda son suyagi boshchasi aseptik nekrozini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

aseptik nekroz jadallashuvi va og‘ir koksartroz rivojlanishining oldini olish uchun bolalarda son suyagi boshchasi nekroz sohalari o‘rnini implantat bilan erta qoplash usuli ishlab chiqilgan;

chanoq-son bo‘g‘imi sohasida qon aylanish va oziqlanishni yaxshilashga qaratilgan suyakli va pay-mushakli plastikani qo‘llab son suyagi aseptik nekrozini operativ davolashning yangi usuli ishlab chiqilgan;

bolalarda son suyagi boshchasi aseptik nekrozi kechishi og‘irligini baholashning klinik-nur tashxis mezonlari va patologik jarayon jadallashuvi xavf omillari ishlab chiqilgan;

son suyagi boshchasi aseptik nekrozida nekroz o‘chog‘ini implantatsiya va plombalash uchun «Kollapan» geli qo‘llanish imkoniyati eksperimentda isbotlangan;

bolalarda yoshi, son suyagi boshchasi aseptik nekrozi turi va og‘irlik darajasini hisobga olib konservativ yoki operativ davoning turli usullarini qo‘llash ko‘rsatmalari optimallashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bolalarda son suyagi boshchasi aseptik nekrozini davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

bolalarda son suyagi boshchasi aseptik nekrozini davolash usuli bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№ IAP 05326, 2017). Ishlab chiqilgan usulni qo‘llagan holda son suyagi boshchasi aseptik nekrozi bo‘lgan bolalarni operativ davolash son boshchasi epifizi tiklanish muddatini qisqartirish imkonini bergan;

bolalarda son suyagi boshchasi aseptik nekrozi kechishi og‘irligini baholashning klinik-nur tashxis mezonlari asosida «Bolalarda son suyagi boshchasi aseptik nekrozining diagnostika dasturi» ishlab chiqilib, sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 17 oktyabrdagi 8n-d/34-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan davolash-profilaktika chora-tadbirlari asoratlar chastotasini kamaytirish, ushbu bemorlar guruhini davolash va reabilitatsiyasiga harajatlarni qisqartirish imkonini bergan;

bolalarda son suyagi boshchasi aseptik nekrozlarining diagnostikasi va davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha tadqiqot natijalari Toshkent va Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari va Respublika bolalar ortopediyasi markazi faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 17 oktyabrdagi 8n-d/34-son ma’lumotnomasi). Bolalarda son suyagi boshchasi aseptik nekrozini davolashga taklif etilgan kompleks yondashuvning qo‘llanishi davolashning uzoq muddatdagi «ijobiy» natijalar chastotasini 63,6% dan 88,8% gacha yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish