Niyazov Laziz Nurxonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nodir er elementli ferrit-granatlarda magnitli fazaviy o‘tishlarning xususiyatlari», 01.04.09–Magnit hodisalari fizikasi (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/FM74.

Ilmiy rahbar: Djuraev Davron Raxmonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand  davlat  universiteti, PhD.29.08.2017. FM.02.04

Rasmiy opponentlar: Turaev Ergash Yuldashevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; O‘rinov Xudoyor Omonovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: magnitli orientatsion fazaviy o‘tishlar termodinamik nazariyasini rivojlantirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Tb0,26Y2,74Fe5O12 ferrit-granatida engil magnitlanish o‘qi yo‘nalishi spontan qayta orientatsiyalangandagi domen struktura evolyusiyasi vizual kuzatilgan, bunda tadqiq etilgan fazaviy o‘tish harorati yaqinida magnitooptik singdiruvchanligi tor, keskin maksimumga ega bo‘lib, koersitiv kuch esa pasayishi aniqlangan;

o‘tkazilgan barcha ekspermentlar natijalarini tahlil qilish asosida engil magnitlanish o‘qi bo‘lgan spontan qayta orientatsiyalanishi harorati sohasida Tb0,26Y2,74Fe5O12 ferrit-granati domen strukturasining qayta tizimlanish modeli taklif etilgan;

ilk bor ferrimagnetikda ikki o‘qli mexanik kuchlanish ta’sirida vujudga keladigan magnitli orientatsion fazaviy o‘tish eksperimental kuzatilgan;

nodir er elementli ferrit-granatlarida mexanik kuchlanish yordamida orientatsion fazaviy o‘tishlarning fenomenologik nazariyasi rivojlantirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

nodir er elementli ferrit-granatlarning magnitooptik xossalari va domen struktura o‘zgarishi asosida taklif etilgan modeli R424 raqamli “Magnit hususiyatiga ega materiallarni asosiy xarakteristikalarini tadqiq qilish” grant loyihasida spontan qayta orientatsiyalanish yo‘nalishini aniqlashda qo‘llanilgan (Ukraina Fanlar akademiyasi Qattiq jismlar fizikasi, materialshunoslik va texnologiyalar institutining  2017 yil 27 noyabrdagi 11-00/03-170-2887-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi Tb0,26Y2,74Fe5O12 ferrit-granati domen strukturasining o‘zgarishini tahlil etish imkonini bergan;

Tb0,26Y2,74Fe5O12 ferrit-granatida engil magnitlanish o‘qi qayta orientatsiyalanish harorati sohasida olingan natijalar asosida taklif etilgan model` konstruksion elementlar kuchlanish holatlarini  o‘rganishda qo‘llanilgan (Rossiya Mashinasozlik institutining 2017 yil 26 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi konstruksion elementlar kuchlanish holatlarini kuchlanish yo‘nalishiga bog‘liqligini aniqlash imkonini bergan;

nodir er elementli ferrit-granatlarda domen stukturalarda magnitlash jarayonlarining natijalari F-2-06 raqamli “Nodir er elementli ferrit-granatlarda magnitli orientatsion o‘tishlar” (2011–2016) fundamental loyihasida turli kristallografik yo‘nalishlar bo‘yicha magnitlash jarayonlarini tadqiq etishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublika Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 7 noyabrdagi FTA–02-11/1030-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish yassi parallel kristallarni turli kristallografik yo‘nalishlar bo‘yicha magnitlash imkonini bergan;

kubsimon kristallarda mexanik kuchlanish naijasida hosil bo‘ladigan  orientatsion fazaviy o‘tish modeli YoF-2-1 raqamli “Orientatsiyaviy o‘zaro ta’sirni inobatga olgan holda ferrit-granatlardagi fazaviy o‘tishlar va magnitooptik xususiyatlarni tadqiq etish” (2016–2017) fundamental loyihasida kristallarda mexanik kuchlanishlarni hosil qilishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublika Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 7 noyabrdagi FTA–02-11/1030-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish mexanik kuchlanish ta’sirida fazaviy o‘tish modelini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish