Xolmuradova Leyla Eshquvatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz va fransuz tillaridagi obrazli va motivlashgan frazeologizmlarning tematik-ideografik talqini (lingvomadaniy aspekt)», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil.83.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponetlar: Siddikova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori;
Nishanov Manop Nishanovich,filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz va fransuz tillaridagi obrazli va motivlangan frazeologizmlarning tematik ideografik reperezentatsiyasining lingvokul`turologik o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va fransuz tillarining obrazli va motivlangan frazeologik birliklari aniqlangan va milliy-madaniy jihatdan asoslab berilgan;
ingliz va fransuz milliy xarakterining o‘ziga xos olamning frazeologik manzarasini shakllantirishdagi lingvokul`turologik omillari isbotlangan;
ingliz va fransuz xalqlari madaniyatini ifodalovchi frazeologik birliklarning etimologik va semantik, tematik-ideografik xususiyatlari aniqlangan;
ingliz va fransuz tillarining obrazli va motivlangan frazeologik birliklarining lingvomadaniy yondashuvlari ishlab chiqilgan;
frazeologik lug‘atlar materiali asosida ingliz va fransuz tillaridagi obrazli va motivlangan frazeologik birliklarning tematik-ideografik tasnifi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi.
Inglizcha va fransuzcha frazeologik olam manzarasi xususiyatlarini aniqlashda ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ingliz va fransuz tillarining frazeologik birliklarini qiyoslash asosida qo‘lga kiritilgan natijalar Germaniya Federativ Respublikasining Iqtisod va Energetika federal vazirligi va Xalqaro nemis hamkorligi jamiyatining kadrlarni tayyorlash dasturi doirasidagi ingliz va fransuz tillarida so‘zlashuvchi menejerlarning madaniyatlararo muloqot yo‘nalishida foydalanildi (AKADEMIE International/ Akademie Fur Fuhrungskrafie. Hamburg, Germany. 2016 yilning 20 noyabrdagi №22-son ma’lumotnomasi). Natijada lingvokul`turologiya til sohibining milliy-madaniy o‘ziga xosligiga doir muammolarni hal qilishga xizmat qildi.
lingvokul`turologik va frazeologik birliklar bilan bog‘liq natijalar Respublika Ta’lim Markazining 5-8–sinf o‘quvchilari va 10-11–yuqori sinf o‘quvchilari uchun ingliz va fransuz tili darslik mavzulariga amaliy materiallar tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’lim Vazirligining 2017 yil 15 noyabrdagi №01/11-01/07-1627-son ma’lumotnomasi). Tahlil natijalari o‘rta maktab o‘quvchilarini ingliz va fransuz tillarini o‘qitishda va tilni mukammal o‘zlashtirishiga asos bo‘lgan.
obrazli va motivlashgan frazeologizmlar to‘g‘risidagi natijalar bakalavriat va magistraturaning Davlat ta’lim standartlari mazmuniga kiritilgan («O‘zstandart» agentligining 2014 yil 18 sentyabrdagi 50-son buyrugi bo‘yicha OzDst 36.1410:2014 raqami bilan ro‘yxatga olingan). Taklif etilgan materiallar ingliz va fransuz xalqlarining madaniyati va mentalitetini samarali o‘rganishga muhim manba bo‘lgan.
frazeologik birliklarning ideografik talqinidan «Mening Samarkandim» dasturini hamda Samarqand «STV» teleradiokompaniyasining turkum ko‘rsatuv va eshittirishlarini tayyorlashda foydalanildi («Master Media Production» jamiyatining 2017 yil 20 oktyabrdagi №188-con ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari va tavsiyalar asosida teleradiokompaniyaning eshittirish va ko‘rsatuvlariga amaliy material sifatida xizmat qildi.