Muxiddinova Dilafruz Zoxriddinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XX asr arab yangi hikoyachiligining shakllanishi va rivojlanishi», 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Fil37.
Ilmiy rahbar: Xodjaeva Ra’no Umarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.28.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Saidbek, filologiya fanlari doktori, professor; Inomxo‘jaev Rahmonxo‘ja, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Misr, Suriya, Falastin, Iordaniya, Iroq, Livan kabi arab mamlakatlari hikoyachiligining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, janr dinamikasi va uning yangi shakllari, yangi poetik va uslubiy izlanishlarning qiyosiy-tarixiy, qiyosiy-tipologik tahlil qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi:
Misr, Suriya, Livan, Iroq, Falastin, Iordaniya kabi arab mamlakatlari adabiyotidagi hikoya janrining evolyusiyasi qiyosiy-tipologik, qiyosiy-tarixiy jihatdan tahlil etilib, hikoya janrining XX asr davomidagi taraqqiyot yo‘li ishlab chiqilgan;
XX asrda ijod qilgan arab yozuvchilarining hikoyalarini tahlil etish asosida jahon adabiy jarayonidagi zamonaviy yo‘nalish va oqimlarning ta’siri va moslashuv jarayoni dalillangan.
zamonaviy arab hikoyachiligida o‘rta asr arab nasriga xos poetik an’analarning yangicha ifoda tarzi, qadimgi sharq xalqlari hamda yunon miflariga ijodiy yondashuv masalasi asoslangan.
qadimgi diniy manbalarda keltirilgan qissalarning mavzu va obrazlarining yangicha talqinda berilganligi isbotlangan;
zamonaviy arab hikoyachiligida “qisqa hikoya”, “uzun hikoya”, “eng qisqa hikoya” kabi shakllarining mavzu ko‘lami va poetikasi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
XX asr arab yangi hikoyachiligining shakllanishi va rivojlanish tamoyillari tadqiqoti bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
zamonaviy arab adabiyoti tarixida ijodiy metodlar almashinuvi bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy natijalar F-1-139-son «Sharq xalqlari adabiyoti tarixi va janrlar tipologiyasi» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirish va muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 15 fevraldagi 0313/158-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi arab adabiyoti tarixida zamonaviy yo‘nalish va oqimlarning shakllanishi va milliy adabiyotda moslashish jarayoni, arab adabiyotshunosligida zamonaviy terminlar bilan ta’minlashga xizmat qilgan;
arab yozuvchilari hikoyalarining poetik xususiyatlari tahlilidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi amaliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanali davlat unitar korxonasi 2017 yil 31 maydagi 01-17/602-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqotga tortilgan Najib Mahfuz ijodi «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining «Dunyo adabiyoti» ko‘rsatuvida jahon adabiyoti namoyandalarining ijodiy faoliyatini yoritishga asos bo‘lgan;
zamonaviy arab yozuvchilarining ijodiy faoliyatining badiiy-estetik xususiyatlari tahlili va asarlarining tarjimalari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Mahalla» teleradiokanalida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Mahalla» teleradiokanalining 2017 yil 30 maydagi 04-27-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotga tortilgan arab hikoyanavislaridan Ahmad Abdulla Mitvaliy ijodi hamda uning «Chiroq» hikoyasi «Mutolaa zavqi» turkum eshittirishlarini tayyorlashda manba bo‘lib xizmat qilgan.