Alimuxamedov Rixsitilla Abdurashidovichning

doktorlikdissertatsiyasihimoyasihaqidae’lon

 

I. Umumiyma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qadimgi turk-moniy adabiyoti manbalari»,10.00.10–Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /LA №0001317/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Fil114.

Ilmiy maslahatchi: Sodiqov Qosimjon Pozilovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, 14.07.2016.Fil.09.01.

Rasmiy opponentlar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, professor; Zeki Kaymaz, filologiya fanlari doktori, Ege universiteti professori (Turkiya); Ishoqov Mirsodiq Mirsultonovich, tarix fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotningmaqsadi: qadimgi turk-moniy muhitida yaratilgan yozma yodgorliklarni manbashunoslik va matnshunoslik nuqtai nazaridan asoslash, yozuv va savodxonlik, ularning janr xususiyatlari, tuzilishi va turkiy adabiyot tarixida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

turkiy, jumladan o‘zbek adabiyotshunosligiga «turk-moniy adabiyoti» tushunchasi hamda turk-moniy adabiyoti ulkan bir adabiy jarayon ekanligi, janr tizimi mukammal bosqichga erishgani isbotlangan;

turk-moniy muhitida yaratilgan badiiy adabiyot namunalari birinchi bor monografik planda manbashunosligi va matnshunosligi asoslangan;

turk-moniy manbalarida qo‘llangan ko‘k-turk, uyg‘ur va turkiy tilga moslashtirilgan moniy yozuvi turlarining tanlanishi, kitobat ishi va savodxonlik darajasi dalillangan;

turk-moniy adabiy manbalarining turkiy adabiyot tarixidagi tutgan o‘rni va keyingi davr turkiy adabiyotiga ta’siri isbotlangan;

turk-moniy adabiyotining boshqa davr adabiyotidan mazmuni, tuzilishi va farqli jihatlari hamda keyingi davr adabiy jarayonlariga qo‘shgan hissasi dalillangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Qadimgi turk-moniy adabiyoti manbalarining tahlili bo‘yicha olingan natijalar asosida:

O‘rta Osiyo yozuv madaniyati muammolari echimlari O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining 2014 yil 28 dekabrdagi 36/1 I/Ch-son buyrug‘iga muvofiq muzeyning «O‘zbekiston hududida V–VIII asrlarda davlat tuzilmalari» hamda «IX–XII asrlarda fan va madaniyatning yuksalishi» nomli ekspozisiyalari bo‘limlarida O‘rta Osiyo hududida iste’molda bo‘lgan va turkiy xalqlarning yozuv madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan yozuv turlari va ularda bitilgan asarlarni yoritib berishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2016 yil 28 noyabrdagi 3/1255-1424-son ma’lumotnomasi). Ekspozisiyada ilmiy natijaning qo‘llanilishi ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo hududida qo‘llangan yozuvlar, ularning yozuv madaniyati va turkiy xalqlar turmushida tutgan o‘rnini ko‘rsatish va aniq baholash imkonini bergan;

qadimgi turkiy davlatlarda qo‘llangan xoqon va xonlarning unvonlaridagi moniy dini bilan bog‘liq atamalarning qo‘llanishi va interpretatsiyasi F1-136 raqamli «Ilk va o‘rta asrlarda yaratilgan turkiy hujjatlarning o‘zbek davlatchiligi tarixidagi o‘rni (diplomatika, sfragistika, paleografiya va matn interpretatsiyasi masalalari)» (2012–2016) mavzuidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida qadimgi turkiy hujjatlarda qo‘llangan unvonlarning ildizini, ularning anglatgan ma’nosini yoritib berish imkonini bergan. Jumladan, qadimdan an’ana bo‘lib kelayotgan unvonlarning tuzilishi keyingi davrda yaratilgan unvonlarda ham davom ettirilgani hamda takomillashtirilgani materiallar orqali dalillangan;

turk-moniy muhitida yaratilgan badiiy asarlardan olingan natijalar F1-139 raqamli «Sharq xalqlari adabiyoti tarixi va janrlar tipologiyasi» (2012–2016) mavzuidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida qadimgi turkiy adabiyotda turli janrlarning, jumladan alqov, tavbanoma va duo mazmunidagi asarlarning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti, ularning janr xususiyatlarini isbotlash imkonini bergan. Jumladan, turkiy adabiyotda alqov (gimn), tavbanoma va duo mazmunidagi asarlarning paydo bo‘lishida turk-moniy alqovlari, tavbanomalari va duolarining ahamiyati matnlar tahlilidan olingan misollar orqali isbotlangan;

asarlarning ilmiy tavsifi va tahlilidan olingan natijalar F1-FA-0-55746 «Markaziy Osiyo xalqlari adabiy qo‘lyozma yodgorliklarini tadqiq etish. O‘zbekiston shoir va yozuvchilari arxivini to‘plash va ularni ilmiy tavsiflab nashrga tayyorlash» (2012–2016) nomli fundamental loyihasida adabiy manbalarning ilmiy, tekstologik tadqiqi va ilmiy nashrlarini yaratish bo‘yicha keltirgan ilmiy-nazariy qarashlaridan loyiha doirasida nashr etilgan «To‘tinoma» tipidagi asarlarning qiyosiy-tipologik va tekstologik tadqiqi hamda «Alisher Navoiy. Xamsat ul-mutaxayyirin» kitoblarida foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 12 oktyabrdagi FTK-03-13/684-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi qadimgi turkiy unvonlarda kechgan atamalarni yoritish, turkiy adabiyotda adabiy janrlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishini ochib berish, matnlarning mazmunini yangicha talqin etish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish