Chorieva Muxlisa Jumamurodovnaning
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tilidagi “pride” va o‘zbek tilidagi “g‘urur” konsepti tarkibi, munosabatlari va leksikografik talqini” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5395
Ilmiy rahbar: Axmedova Mehrinigor Bahodirovna, filologiya fanlar doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Namangan davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori, professor Siddiqov Qosim Abilovich. O‘zbekiston jahon tillari universitetini filologiya fanlari doktori, professor Oybek Axmedov Saporboevich. Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida “g‘urur” konsepti tarkibi, munosabatlari va leksikografik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
inson kognitiv va madaniy-lisoniy faoliyatining verballashuvi jarayonida “g‘urur” konseptini ifodalovchi birliklarining ma’no o‘zgarishlari (ijobiy, neytral va salbiy konnotatsiyalar) doirasida mantiqiy qiymat kasb etishi hamda turli matnlarda ushbu birliklarning sinonimik va antonimik munosabatlar doirasida kontekstual va derivatsion mazmun kasb etishi aniqlangan;  
har ikkala til kommunikativ jarayonida voqelanadigan “pride” va “g‘urur” konseptlari shakl va mazmun chegaralarining kengayish, torayish, soddalashish va murakkablashuv kabi leksikografik hamda badiiy diskursiv o‘zgarishlari har ikkala tilda ham ma’no doirasi, qo‘llanish muhiti va uslubiy qimmatida namoyon bo‘lishi asoslangan;
“g‘urur” konsepti birliklarining tarixiy-etimologik, o‘z va o‘zlashma qatlamga oid mikrosistemalar kabi shakliy strukturalarini aniqlash orqali ularning sodda va murakkab; bir komponentli, ikki komponentli va ko‘p komponentli turlari mavjudligi hamda ingliz tilida sodda tub va sodda yasama; o‘zbek tilida esa sodda tub, sodda yasama, qo‘shma va juft kabi yasalish usullarining ustuvorlik kasb etishi aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi turli lug‘atlarda “g‘urur” konseptini ifodalovchi vositalar, ya’ni leksema, ibora, maqollarni tavsiflash muammolari echimini ta’minlash orqali ushbu vositalarning leksikografik talqini takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilidagi “pride” va o‘zbek tillarida “g‘urur” lisoniy konseptining tarkibi, munosabatlari hamda leksikografik xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
      inson kognitiv va madaniy-lisoniy faoliyatining verballashuvi jarayonida “g‘urur” konseptini ifodalovchi birliklarining ma’no o‘zgarishlari (ijobiy, neytral va salbiy konnotatsiyalar) doirasida mantiqiy qiymat kasb etishi hamda turli matnlarda ushbu birliklarning sinonimik va antonimik munosabatlar doirasida kontekstual va derivatsion mazmun kasb etishiga oid nazariy xulosalardan “Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazida 61-01/09-son “Milliy qadriyatlar - yoshlar ardog‘ida” nomli fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazining 2024-yil 3-dekabrdagi №ML01/01-76-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar va tezislarda milliy g‘urur tushunchasiga bog‘liq atamalarning terminologik tahliliga bag‘ishlangan misollardan foydalanish ilmiy loyihaning dolzarbligini oshirishga xizmat qilgan;
      har ikkala til kommunikativ jarayonida voqelanadigan “pride” va “g‘urur” konseptlari shakl va mazmun chegaralarining kengayish, torayish, soddalashish va murakkablashuv kabi leksikografik hamda badiiy diskursiv o‘zgarishlari har ikkala tilda ham ma’no doirasi, qo‘llanish muhiti va uslubiy qimmatida namoyon bo‘lishiga oid ilmiy xulosalardan Germaniya akademik almashinuv xizmati DAAD loyihasi tomonidan moliyalashtirilgan ID-57663348- “European Perspectives in Dialogue: Central Asia and Western Research – Muloqotda Evropa istiqbollari: Markaziy Osiyo va G‘arb tadqiqotlari” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 23-dekabrdagi №06/7918-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda “milliy g‘urur” tushunchasini shakllantirish, xorijlik hamkorlarga “g‘urur” konseptining o‘zbek millati ongida ma’no talqini ochib berilgan;
     “g‘urur” konsepti birliklarining tarixiy-etimologik, o‘z va o‘zlashma qatlamga oid mikrosistemalar kabi shakliy strukturalarini aniqlash orqali ularning sodda va murakkab; bir komponentli, ikki komponentli va ko‘p komponentli turlari mavjudligi hamda ingliz tilida sodda tub va sodda yasama; o‘zbek tilida esa sodda tub, sodda yasama, qo‘shma va juft kabi yasalish usullarining ustuvorlik kasb etishiga doir xulosa va natijalardan  “g‘urur” konsepti atamalarining o‘zbekcha-inglizcha, inglizcha-o‘zbekcha lug‘ati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (ISBN 978-9910-04-759-6). Natijada mazkur lug‘at “60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish”, “5111400 – Xorijiy til va adabiyot”, “60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari dars jarayonlarini tashkil etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan;
     ingliz va o‘zbek tillaridagi turli lug‘atlarda “g‘urur” konseptini ifodalovchi vositalar, ya’ni leksema, ibora, maqollarni tavsiflash muammolari echimini ta’minlash orqali ushbu vositalarning leksikografik talqiniga bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “Dolzarb mavzu” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 17-dekabrdagi №01-09-184-son ma’lumotnomasi). Natijada “g‘urur” konsepti lingvistik xususiyatlari haqidagi xulosalari teletomoshabinlarning ushbu masalalar yuzasidan bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish