Amanov Akmal Aripjonovichning
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8595
Ilmiy rahbar: Lutfullaev Po‘latxon Muhibullaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash (PhD).
Rasmiy opponentlar: Sobirova Maxbuba Yusupdjanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Qambarova Dildora Ibragimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi talabalarining madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
madaniyatlararo muloqot kompetensiyasining tarkibiy komponentlari – kognitiv (Bilimga oid), affektiv (Hissiy-emotsional), amaliy (Ko‘nikma va malakalar), metakognitiv (Refleksiya va o‘zini anglash) va motivatsion (Ichki rag‘bat) komponentlari, ularni shakllantirishga xizmat qiluvchi o‘quv jarayonining struktura-mantiqiy asoslari hamda chet tilini o‘rganish kontekstida madaniyatlararo anglashuvni ta’minlaydigan til birliklarining funksional talqini yangicha nazariy yondashuv asosida ishlab chiqish negizida xorijiy til (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishida “madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi” tushunchasining lingvistik, lingvodidaktik va pedagogik mazmuni aniqlashtirilgan;
xorijiy tillarni o‘qitishda talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy va milliy tajribalarni o‘rganish hamda ularni qiyosiy tahlil qilish jarayonida mavjud yondashuvlarning umumiy va farqli jihatlari aniqlanib, ularning samaradorlik darajasini belgilovchi mezonlar asosida klassifikatsiyasi taklif qilindi, shuningdek, bu tajribalarning mahalliy auditoriyaga moslashtirish imkoniyatlari asoslab berildi;
bosqichma-bosqich riovjlantirishga xizmat qiluvchi didaktik jarayonning motivatsion, kognitiv, faoliyatga yo‘naltirilgan (praktik), refleksiv, kommunikativ, integrativ kabi mexanizmlari, strukturaviy elementlari va funksional bog‘liqliklari aniqlanib, ularning samaradorligini oshiruvchi omillarni tizimlashtirish asosida talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan;
til va madaniyatni integratsiyalashgan holda o‘rgatish imkonini beruvchi, bosqichma-bosqich qo‘llaniladigan, kommunikativ vaziyatlarga asoslangan amaliy mashg‘ulotlar majmuasini shakllantirish hamda ularning mazmuniy-tuzilmaviy xususiyatlari va o‘quv jarayonidagi samaradorlik ko‘rsatkichlari ilmiy asosda aniqlash orqali bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik tavsif, topshiriqlar tizimi va o‘quv texnologiyalarini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarga ingliz tilini o‘qitishda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
madaniyatlararo muloqot kompetensiyasining tarkibiy komponentlari – kognitiv (Bilimga oid), affektiv (Hissiy-emotsional), amaliy (Ko‘nikma va malakalar), metakognitiv (Refleksiya va o‘zini anglash) va motivatsion (Ichki rag‘bat) komponentlari, ularni shakllantirishga xizmat qiluvchi o‘quv jarayonining struktura-mantiqiy asoslari hamda chet tilini o‘rganish kontekstida madaniyatlararo anglashuvni ta’minlaydigan til birliklarining funksional talqini yangicha nazariy yondashuv asosida ishlab chiqish negizida xorijiy til (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishida “madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi” tushunchasining lingvistik, lingvodidaktik va pedagogik mazmuniga doir taklif va tavsiyalardan Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti o‘quv jarayoni doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining 2025-yil 14-iyuldagi 1639-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy til o‘qituvchilarining o‘z darslariga zamonaviy madaniyatlararo metodlarni moslashtirish ko‘nikmalari rivojlandi;
xorijiy tillarni o‘qitishda talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy va milliy tajribalarni o‘rganish hamda ularni qiyosiy tahlil qilish jarayonida mavjud yondashuvlarning umumiy va farqli jihatlari aniqlanib, ularning samaradorlik darajasini belgilovchi mezonlar asosida klassifikatsiyasi taklif qilindi, shuningdek, bu tajribalarning mahalliy auditoriyaga moslashtirish imkoniyatlari asoslashga doir takliflardan Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar institutida bajarilgan 101129076-sonli “EMPOWER: Women Entrepreneurship, Empowerment, employability and self-confidence” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar institutining 2025-yil 14-iyuldagi 1638-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning madaniyat va til o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunishga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyati samaradorligi ortdi;
bosqichma-bosqich rivojlantirishga xizmat qiluvchi didaktik jarayonning mexanizmlari, strukturaviy elementlari va funksional bog‘liqliklari aniqlanib, talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish modelini amaliyotga tatbiq etishga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli eshittirishlarining 2025 yil yanvar va may oylaridagi sonlari senariysida tadqiqot yuzasidan suhbatlar bo‘lib o‘tdi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 18-iyuldagi 05-09-1176-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning madaniy ong, kommunikativ sezgirlik va muloqotdagi kontekstual moslashuv qobiliyatlari izchil shakllanishi bo‘yicha takliflar keng jamoatchlik e’tiboriga havola etilgan;
til va madaniyatni integratsiyalashgan holda o‘rgatish imkonini beruvchi, kommunikativ vaziyatlarga asoslangan amaliy mashg‘ulotlar majmuasi va ularning mazmuniy-tuzilmaviy xususiyatlari ilmiy asosda aniqlangan holda metodik tavsif, topshiriqlar tizimi va o‘quv texnologiyalari ishlab chiqishga doir takliflar “Xorijiy tillarni o‘qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i guvohnomasi, ro‘yhatga olish raqami 429-370). Natijada, talabalar mustaqil fikrlash, madaniyatlararo vaziyatlarda tilni kontekstga mos qo‘llash va o‘zga madaniyat vakillari bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar.