Usmanova Sevara Sultanovnaning
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tarixiy romanlarida malika obrazining qiyosiy-tipologik tahlili” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Fil530
Ilmiy maslahatchi: Kasimov Abdugapir Abdikarimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), professor Vositov Valijon Abduvaxobovich, ikkinchi rasmiy opponent sifatida filologiya fanlari doktori (DSc), professor Xajieva Feruza Melsovna, uchinchi rasmiy opponent sifatida filologiya fanlari doktori (DSc), professor To‘raeva Bahora Bahriddinovna
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tarixiy romanlarida malikalar obrazini yaratishda tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima tasvirini qiyosiy tahlil etish hamda milliy ruhiyat masalalarining o‘zaro uyg‘unligi asosida Sharq va G‘arb adabiyotidagi farqli jihatlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va ingliz tarixiy romanlarining shakllanish bosqichlari, tadrijiy takomilini o‘rganish orqali roman poetikasida tarixiy shaxs obrazining badiiy tadriji aniqlangan;
tarixiy romanlarga xos moziy haqiqati va badiiy to‘qimaning qiyosiy tahlili malika biografiyasiga ijodkor munosabati hamda saroy xonimlari shaxsiyati va taqdiri badiiy talqinlari asosida dalillangan;
Sharq va G‘arbda malikalar nafaqat hukmdorlar rafiqasi yoki shahzodalar onasi, balki saroy hamda hukumat ishlarida ham maslakdosh sifatida namoyon bo‘lishi, Evropa malikalari rasman taxt vorisi sifatida faoliyat olib borishi, Sharqda esa davlat boshqaruvi hukmdorlar tomonidan amalga oshirilishi, tarixiy romanlar syujetida malikalarning ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqidagi tarixiy haqiqatlar adiblar estetik ideali asosida badiiy to‘qimalar orqali tasvirlanishi ko‘rsatilgan;
o‘zbek va ingliz yozuvchilarining Bibixonim, Gavharshodbegim, Elizabetta I, Viktoriya obrazlari tasviri orqali tarixiy romanlarda milliy xarakter yaratishdagi badiiy psixologizmdan foydalanish mahorati ijodkorlar individual uslubi orqali isbotlangan;
o‘zbek va ingliz yozuvchilarining romanchilikdagi an’anaviylik va novatorligi, ularning individual mahorati hamda poetik uslubini tadqiq etish orqali tarixiy romanlarning nasr taraqqiyotidagi o‘rni asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tarixiy romanlarida malika obrazining qiyosiy-tipologik tahlili tadqiqi asosida olingan ilmiy natijalardan:
o‘zbek va ingliz tarixiy romanlarining shakllanish bosqichlari, tadrijiy takomilini o‘rganish orqali roman poetikasiga tarixiy shaxs obraziga xos xususiyatlar aniqlangan va ularning badiiy tadriji ko‘rsatilgan xulosalardan
F3-2019081773-raqamli “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 20-martdagi 1/04-202-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy qimmati oshgan;
tarixiy romanlarga xos moziy haqiqati va badiiy to‘qimaning qiyosiy tahlili malika biografiyasiga ijodkor munosabati hamda saroy xonimlari shaxsiyati va taqdiri badiiy talqinlari haqidagi xulosalardan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 7-apreldagi № 01/4-1288-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-amaliy ahamiyati oshishiga erishilgan;
o‘zbek va ingliz romanlaridagi tarixiy shaxs obraziga xos xususiyatlar malikalar tasvirining farqli va mushtaraklik jihatlari hamda asarlardagi umuminsoniy g‘oya va milliy ruhiyat tasviri haqidagi ilmiy xulosalardan “English Access Microscholarship program” xalqaro loyihasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2025-yil 5-martdagi 04-1996-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy mukammallashuviga erishilgan;
o‘zbek va ingliz yozuvchilarining tarixiy romanlarda milliy xarakter yaratishda badiiy psixologizmdan foydalanish mahorati Bibixonim, Gavharshodbegim, Elizabetta I, Viktoriya ijodkorlar individual uslubi asosidagi xulosalaridan “Developing British and American literature” darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2022-yil 30-dekabr 429-sonli buyrug‘i). Natijada darslik ilmiy-nazariy materiallar bilan boyitilgan;
o‘zbek va ingliz yozuvchilarining romanchilikdagi an’anaviylik va novatorligi, ularning individual mahorati va poetik uslubini tadqiq etish orqali tarixiy romanlarning nasr taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi xulosalardan Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasining “Mindonobod Satellite Access Microscholarship Program” S-U2800-21-GR-3126 xalqaro amaliy loyihasida foydalanilgan (Farg‘ona tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi 62-mumiy o‘rta ta’lim maktabining 2025-yil 3-martdagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy-nazariy materiallar bilan boyitilgan;
tarixiy romanlarning badiiy-psixologik talqinida shaxs va jamiyat munosabatlari ifodasi hamda ayol ruhiyati tasvirida ijodiy individuallikni aniqlashga oid ilmiy yangiliklarni “O‘zbekiston” teleradiokanalida
2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “Adabiy jarayon”, “Bedorlik”, “Jahon adabiyoti”, “O‘zbek nasri” nomli dasturlar ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil 18-fevraldagi 05-09-198-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning xalqchilligi ortgan.