Rustamova Adash Eshankulovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Oliy ta’lim muassasalarida chet tilini pedagogik diagnostika metodikasi orqali o‘qitishni takomillashtirish konsepsiyasi (ingliz tili misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Ped651.
Ilmiy maslahatchi: Bakieva Gulandom Xisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02.
Rasmiy opponentlar: Sobirova Gulnoza Sadikovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sharipova Dilora Jumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Obidova Gulmira Kuzibaevna pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida chet tilini pedagogik diagnostika metodikasi orqali o‘qitishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik diagnostika predmetining “minimal talab, etkazuvchi, individuallashtiruvchi, aniqlovchi” kabi strukturaviy-xususiy funksional jihatlari, uning “ta’limiy, diagnostik, boshqaruv, analitik, prognozlash, korreksiyalash, baholash” singari integrativ vazifalari, baholash me’zonlaridagi “ob’ektivlik, ishonchlilik, puxtalik” kabi sifat indikatori hamda boshqaruv vazifasiga xos bo‘lgan “boshlang‘ich, korreksiyalovchi, umumlashtiruvchi” determinantlarini tizimli tahlil qilish asosida diagnostik ta’limning konseptual modeli va u bilan uzviy bog‘liq submodellarni ishlab chiqishning nazariy-metodologik va amaliy-me’yoriy asoslari aniqlashtirilgan;
talabalarning tinglab tushunish ko‘nikmalarida “ekstralingvistik, lingvistik, psixologik”; yozish ko‘nikmalarida “an’anaviy, fonetik, morfologik, ideografik”; o‘qish ko‘nikmalarida “antisipatsiya, taxminiy fahmlash, mantiqiy tushunish”; gapirish kompetensiyasida “reproduksiya, tanlov, birlashtirish, tuzish, intuisiya, diskursivlik” kabi qiyinchiliklari aniqlashtirilgan va mazkur defisitlar talabalarning ichki motivatsion resurslari, affektiv holati, hamda metakognitiv ong jarayonlariga kompleks tarzda ta’sir ko‘rsatib, ularning o‘z-o‘zini baholash, refleksiya va individual psixik barqarorligi kabi psixodinamik holatini belgilovchi muhim prognostik faktor sifatida ilmiy dalillangan;
pedagogik diagnostikaning tashkiliy-tayyorgarlik, amalga oshirish, diagnostik va reflektiv bosqichlaridagi metodologik asoslardan kelib chiqib, oliy ta’lim tizimida chet tilini o‘qitishda diagnostik yondashuvni nazariy-metodik jihatdan takomillashtirish maqsadida integral “Diagnostik ta’lim modeli” hamda ushbu jarayonda faol sub’ekt sifatida ishtirok etuvchi o‘qituvchining kasbiy-diagnostik ko‘nikmalari va kompetensiyalarini aks ettiruvchi “Pedagogning diagnostik-kasbiy bilimlari submodeli”, shuningdek, baholash va monitoring jarayonlarini qamrab oluvchi “Diagnostik baholash submodeli” konseptual asosda ishlab chiqilgan;
talabalarning chet tilini o‘zlashtirish jarayonida yuzaga keluvchi lingvistik va diskursiv kompetensiyalardagi defisitlarni aniqlash, hamda ularni didaktik intervensiya va refleksiv-korreksion mexanizmlar orqali minimallashtirishga qaratilgan pedagogik diagnostika tizimining koreksiyalovchi komponenti ta’lim jarayonining samaradorligini optimallashtiruvchi muhim metodologik asos sifatida nazariy jihatdan asoslab berilgan;
pedagogik diagnostikaning prognoz komponenti talabalar uchun chet til ta’limining keyingi bosqichlaridagi muvaffaqiyat darajasini oldindan bashorat qilish va o‘quv jarayonining mahsuldorligini strategik rejalashtirish imkonini yaratib, bu jarayon prediktiv tahlil, prognostik modellashtirish va psixopedagogik monitoring orqali amalga oshirilgan, natijada o‘quv jarayoni sifat ko‘rsatkichlarini optimallashtirish, talabalarning lingvistik va kommunikativ kompetensiyalarini barqaror rivojlantirish va ularning metakognitiv faoliyatini rag‘batlantiruvchi muhim determinant sifatida xizmat qilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida chet tilini pedagogik diagnostika metodikasi orqali o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar, ishlab chiqilgan metodik va amaliy tavsiyalar asosida:
pedagogik diagnostika predmetining “minimal talab, etkazuvchi, individuallashtiruvchi, aniqlovchi” kabi strukturaviy-xususiy funksional jihatlari, uning “ta’limiy, diagnostik, boshqaruv, analitik, prognozlash, korreksiyalash, baholash” singari integrativ vazifalari, baholash me’zonlaridagi “ob’ektivlik, ishonchlilik, puxtalik” kabi sifat indikatori hamda boshqaruv vazifasiga xos bo‘lgan “boshlang‘ich, korreksiyalovchi, umumlashtiruvchi” determinantlarini tizimli tahlil qilish asosidagi ma’lumotlardan Samarqand davlat chet tililar institutida Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-SBHE-JP SLASS: “Somputational Linguistiss at Sentral Asian universities” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tililar institutining 2023-yil 22-oktabrdagi 38-03/1488-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning chet tilidagi bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishda zarur manba bo‘lib xizmat qilgan;
talabalarning tinglab tushunish ko‘nikmalarida “ekstralingvistik, lingvistik, psixologik”; yozish ko‘nikmalarida “an’anaviy, fonetik, morfologik, ideografik”; o‘qish ko‘nikmalarida “antisipatsiya, taxminiy fahmlash, mantiqiy tushunish”; gapirish kompetensiyasida “reproduksiya, tanlov, birlashtirish, tuzish, intuisiya, diskursivlik” kabi qiyinchiliklari aniqlashtirilgan va mazkur defisitlar talabalarning ichki motivatsion resurslari, affektiv holati, hamda metakognitiv ong jarayonlariga kompleks tarzda ta’sir ko‘rsatib, tavsiyalaridan Namangan davlat universitetida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasining Alumni Outreach Grans Program dasturi doirasida amalga oshirilgan va bajarilgan S-UZ800-20-IN-0106 raqamli “Virtual Workshop on Sollobarative Astion Research for English Teachers” amaliy loyihasida foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2023-yil 6-dekabrdagi 38-03/1488-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chet tilini o‘qitishda talabalarning til va nutq malakalarida uchraydigan kamchiliklarni aniqlash va ularni o‘quv faoliyati davomida tuzatishga erishildi;
pedagogik diagnostikaning tashkiliy-tayyorgarlik, amalga oshirish, diagnostik va reflektiv bosqichlaridagi metodologik asoslardan kelib chiqib, oliy ta’lim tizimida chet tilini o‘qitishda diagnostik yondashuvni nazariy-metodik jihatdan takomillashtirish maqsadida integral “Diagnostik ta’lim modeli” hamda ushbu jarayonda faol sub’ekt sifatida ishtirok etuvchi o‘qituvchining kasbiy-diagnostik ko‘nikmalari va kompetensiyalarini aks ettiruvchi “Pedagogning diagnostik-kasbiy bilimlari submodeli”, shuningdek, baholash va monitoring jarayonlarini qamrab oluvchi “Diagnostik baholash submodeli” konseptual asosda ishlab chiqilgan tavsiyalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida 2020-2022 yillarda amalga oshirilgan “English Access Microscholarship program” nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tililar institutining 2024-yil 2-avgustdagi 1494/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chet tilini o‘qitishda mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni o‘quv faoliyati davomida korreksiyalashga erishildi;
talabalarning chet tilini o‘zlashtirish jarayonida yuzaga keluvchi lingvistik va diskursiv kompetensiyalardagi defisitlarni aniqlash, hamda ularni didaktik intervensiya va refleksiv-korreksion mexanizmlar orqali minimallashtirishga qaratilgan pedagogik diagnostika tizimining koreksiyalovchi komponenti xususidagi tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 14-martdagi 04/11-1978-sonli ma’lumotnomasi). Natijada chet tildan dars beruvchi professor-o‘qituvchilarning dars o‘tish jarayonida va undan keyin paydo bo‘ladigan ta’limiy qiyinchiliklarning oldi olinishiga erishildi;
pedagogik diagnostikaning prognoz komponenti talabalar uchun chet til ta’limining keyingi bosqichlaridagi muvaffaqiyat darajasini oldindan bashorat qilish va o‘quv jarayonining mahsuldorligini strategik rejalashtirish imkonini yaratib, bu jarayon prediktiv tahlil, prognostik modellashtirish va psixopedagogik monitoring orqali amalga oshirilgan, natijada o‘quv jarayoni sifat ko‘rsatkichlarini optimallashtirish, talabalarning lingvistik va kommunikativ kompetensiyalarini barqaror rivojlantirish va ularning metakognitiv faoliyatini rag‘batlantiruvchi muhim determinant sifatida xizmat qilganligi Samarqand teleradiokompaniyasining “Davlat dasturi amalda” radio dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand teleradiokompaniyasining 2023-yil 12-dekabrdagi 05-36-1864-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chet tilini o‘qitishda pedagogik diagnostika metodikasi samaradorligi xususida ommaga keng ma’lumot berilgan.