Mirzaeva Nargizoy Sanjarovnaning    
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uy” konseptining lingvokulturologik tadqiqi (ingliz, o‘zbek va rus tillari materiallari asosida), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3871.
Ilmiy rahbar: Tursunova Odinaxon Azimjanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamova Shaxnoza Kaxramonovna, filologiya fanlari doktori, v.b. professor: Toirova Nargiza Isaqovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz, o‘zbek va rus tillarida “uy” konseptining lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
chog‘ishtiralayotgan tillarda “uy” konseptini hosil qiluvchi ingliz tilida home, homeland, family, o‘zbek tilida esa uy, vatan, oila, rus tilida dom, rodina, dinastiya - dom Romanovix va boshqa lisoniy birliklarining semantik, sinonimik munosabatlari dalillangan;
“uy” konseptining umumiy belgi-xususiyatlari, semantikasi, lisoniy reprezentlari ro‘yxati tuzilib, yadro va periferiya a’zolari aniqlangan; 
o‘zbek, ingliz va rus tillarida uy konseptining denotativ va konnotativ ma’nolari lingvokulturologik jihatdan misollar orqali asoslangan;
leksik-semantik, konseptual ma’no va tushuncha o‘rtasidagi “uy” konseptining lingvokulturologik mohiyati tahlil etilib, leksemalarning ingliz tilida 12 ta, o‘zbek tilida 10 ta, rus tilida 9 ta mavzuviy guruhlari mavjudligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek, ingliz va rus tillarida “uy” konseptining lingvokulturologik xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida: 
chog‘ishtirilayotgan tillarda “uy-home-dom” konseptining umumiy belgi-xususiyatlari, semantikasi, lisoniy reprezentlari ro‘yxati hamda tadqiqotning markazi ya’ni yadro va periferiya a’zolari kabi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kushlar akademiyasida 2021 – 2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligining 2023-yil 18-oktyabrdagi 10/2064-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar fundamental loyiha doirasida dastur, elektron resusrlar, nazariy va amaliy materiallar tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
o‘zbek, ingliz va rus tillarida uy konseptining denotativ va konnotativ jihatdan misollar orqali asoslanishiga oid xulosalari hamda ifoda etuvshi til birliklarining badiiy matnlarda, maqol va matallardagi struktural modellarining ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi universal va unikal jihatlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2021 – 2022-yillarda bajarilgan Innovatsion I-OT-2021-65 “e-ziyorattourizm” elektron platformasini yaratish doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 2023-yil 16-noyabrdagi 05-720-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, uy konseptining denotativ va konnotativ ma’nolaridagi lingvokulturologik talqinlarning ilmiy ta’minoti mukammallashtirildi;
leksik-semantik, konseptual ma’no va tushuncha o‘rtasidagi “uy” konseptining lingvokulturologik mohiyati hamda “uy” konseptual maydonini tashkil qiluvshi lisoniy birliklarning stilistik hamda pragmatik, leksik-semantik jihatlari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlar seriyasida (2023-yil avgust va sentyabr oylari) foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 18-oktyabrdagi 04-36-1562-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “uy” konseptining mohiyatini oshib beruvshi leksemalarning sinonimlar tarkibini tasniflash kabi ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan birga eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortishiga xizmat qilgan;
chog‘ishtiralayotgan tillarda “uy” konseptini hosil qiluvchi ingliz tilida home, homeland, family, o‘zbek tilida esa uy, vatan, oila, rus tilida dom, rodina, dinastiya - dom Romanovix va boshqa lisoniy birliklarining semantik, sinonimik munosabatlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2021–2022-yillarda bajarilgan Innovatsion I-OT-2021-65 “e-ziyorattourizm” elektron platformasini yaratish doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 2023-yil 16-noyabrdagi 05-720-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, uy konseptining hosil qiluvchi lisoniy birliklarining semantik, sinonimik munosabatlarning ilmiy saviyasini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish