Abduxalilova Gulbaxor Karabaevnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm sohasiga oid leksikaning lingvopragmatik aspekti (o‘zbek va ingliz tillari misolida)”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
 Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3226.
 Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori, professor.
 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Bir martalik ilmiy kengash.
 Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Kadirbekova Durdona Xikmatullaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
 Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. o‘zbek va ingliz tillari turizm sohasiga oid leksik birliklarning struktur-semantik, derivatsion hamda pragmatik xususiyatlarini lingvomadaniy aspektda tadqiq qilishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
turizm sohasi leksikasining muayyan semantik ma’nolari, ularning mavzuviy guruhlarini tasniflash orqali “Tog‘ turizmi”, “Xazina izlash turizmi”, “Apiturizm”,  “Safari turizmi”, “Hordiq turizmi”, “Sanoat turizmi”, “Qabr toshi turizmi”, “To‘y turizmi”, “Biznes turizmi”, “Kosmik turizm” kabi mikromaydonlarni hosil qilishi isbotlangan; 
 turizm sohasiga oid leksikaning derivatsion tamoyillari asosida affiksatsiya, suffiksatsiya va sirkumfiksatsiya yordamida yasalish usullarining samaradorligi, ularning sodda va murakkab turlari, so‘z birikmasi va abbreviatsiya tarzidagi shakllari struktural jihatdan tasnifi hamda leksik-semantik xususiyatlari aniqlangan;
 zamonaviy turizm sohasiga oid predmet, tarixiy hodisa, makon, inshoot, taom, jarayon nomlari kabi ma’noviy guruhlarini voqelantiruvchi leksik birliklar bilan bog‘liq kontekstual xususiyatlar, jumladan, ma’no ko‘chishi va turg‘un birikmalar – iboralarning matnda ekspressivlikni oshirishdagi o‘rni lingvopragmatik tahlil orqali asoslangan; 
turizm sohasiga oid leksikaning milliy-madaniy xususiyatlari bo’yoqdorlik darajasi qadimiylik, tarixiylik, va milliylik belgilarini o‘zida aks ettirishi umumiylik va xususiylikni belgilovchi realiyalar orqali dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turizm sohasi leksikasining pragmatik jihatdan o’xshash va o’ziga xos xususiyatlarining tadqiqi yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy takliflar, amaliy tavsiyalar va xulosalar asosida:
 turizm sohasi leksikasining muayyan semantik ma’nolari, ularning mavzuviy guruhlarini tasniflash orqali “Tog‘ turizmi”, “Xazina izlash turizmi”, “Apiturizm”, “Safari turizmi”, “Hordiq turizmi”, “Sanoat turizmi”, “Ziyorat turizmi”, “To‘y turizmi”, “Biznes turizmi”, “Kosmik turizm” kabi mikromaydonlarni hosil qilishi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar nomoddiy milliy merosini rivojlantirish sho‘basi tomonidan o‘zbek xalqining boy milliy til an’analari, nomoddiy madaniy merosi, ijtimoiy qadriyatlarimizning millatlararo munosabatlarini yo‘lga qo‘yish va aloqalarni mustahkamlash borasida amalga oshirilgan “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 25-sentyabrdagi 01-12-06-783-son ma’lumotnomasi). Natijada turizm sohasi bilan bog‘liq predmet, tarixiy hodisa, makon, inshootlar, taomlar va jarayonlar, ularni voqealantiruvchi leksik birliklarning pragmatik belgilari haqidagi ilmiy-metodik tavsiyalar loyiha ishlanmalarining takomillashuviga xizmat qilgan; 
turizm sohasiga oid leksikaning derivatsion tamoyillari asosida affiksatsiya, suffiksatsiya va sirkumfiksatsiya yordamida yasalish usullarining samaradorligi, ularning sodda va murakkab turlari, so‘z birikmasi va abbreviatsiya tarzidagi shakllari struktural jihatdan tasnifi hamda leksik-semantik xususiyatlari aniqlangani; zamonaviy turizm sohasiga oid predmet, tarixiy hodisa, makon, inshoot, taom, jarayon nomlari kabi ma’noviy guruhlarini voqelantiruvchi leksik birliklar bilan bog‘liq kontekstual xususiyatlar, jumladan, ma’no ko‘chishi va turg‘un birikmalar – iboralarning matnda ekspressivlikni oshirishdagi o‘rni va pragmatik xususiyatlari asoslangani borasidagi ilmiy xulosa va nazariy umumlashmalardan “Xorazm tarixi va madaniyati doimiy ekspozisiyasi” muzeyida foydalanilgan (Xorazm Ma’mun akademiyasining 2024-yil 24-sentyabrdagi 26/1-24-son ma’lumotnomasi). Natijada turizm sohasiga oid leksikaning milliy-madaniy xususiyatlari, shuningdek, ilmiy-metodik tavsiyalar turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun muhim manba sifatida xizmat qilgan;
turizm sohasiga oid leksikaning milliy-madaniy xususiyatlari bo’yoqdorlik darajasi qadimiylik, tarixiylik, va milliylik belgilarini o‘zida aks ettirishi umumiylik va xususiylikni belgilovchi realiyalar orqali dalillangani xususidagi taklif va mulohazalardan “O‘zbekiston teleradiokanali”da efirga uzatiladigan “Assalom, O‘zbekiston!”, “Yurtim jamoli” kabi turkum ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 2-oktyabrdagi 06-28-941-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar globallashuv jarayoni ta’sirida shakllangan turizm sohasi bilan bog‘liq leksik birliklarning pragmatik belgilaridan unumli foydalanish, jumlalarni publisistik nutqda samarali ifodalash to‘g‘risida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish