Shoxujaeva Zebo Safoevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish iqtisodiy samaradorligini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslari”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Iqt373
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xushmatov Norqul Sadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” MTU, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Murtozaev Olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov Suxrob Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish iqtisodiy samaradorligini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suvdan foydalanishdagi farqlarni inobatga oluvchi “hududiy to‘g‘rilovchi koeffisient”, suv filtratsiyasini hisobga oluvchi “texnologik koeffisient” hamda suv tejash darajasini hisobga oluvchi “suv tejamkorlik koeffisient”laridan foydalanish orqali qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish iqtisodiy samaradorligini baholash yuzasidan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
suv xo‘jaligi tizimida kadrlar salohiyatini yuksaltirish, o‘zgarib boruvchi bozor talabi asosida mutaxassislar kasbiy malakasini oshirish maqsadlariga yo‘naltirilgan davlat-xususiy sheriklik tamoyilidagi “Ta’lim-mehnat-kasbiy rivojlanish markazi” ((Center EWPD) Education-Work-Professional development))”ni tashkil etish mexanizmi asoslangan;
suvdan foydalanish samaradorligini oshirishda virtual xizmatlar orqali quyi va lokal bo‘g‘inlarda suv iste’molchilari bilan o‘zaro aloqa o‘rnatish, ekin maydonlari bo‘yicha suv taqsimoti va ekin turlari kesimida suvtejamkor texnologiyalar qo‘llanilishini monitoring qilishga xizmat qiluvchi elektron platforma va onlayn boshqarish modeli taklif etilgan;
tomchilatib sug‘orish texnologiyasining paxta hosildorligiga ta’sirini EViews dasturi, ko‘p omilli empirik model va suvtejamkor texnologiyalardan foydalanish darajasini baholash asosida 2030 yilgacha bo‘lgan davr uchun prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
suv tanqisligi ortib borishi sharoitida qishloq xo‘jaligida suv tejamkor texnologiyalarni qo‘llash borasida moliyaviy, tashkiliy va muhanidislik muammolarini birgalikda, manfaatli hamkorlik asosida hal qilishni ko‘zda tutuvchi, suvdan foydalanish yagona tizimida (irrigatsiya-meloratsiya tarmoqlari, ekin maydonlari konturlari bo‘yicha) o‘zaro yaxlit joylashgan fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklari ishtirokida “Suvdan foydalanish kooperativi” tashkil qilish va kooperatsiya munosabatlarini shakllantirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya ishi mavzusi doirasida olingan ilmiy natijalar asosida:
suvdan foydalanishdagi farqlarni inobatga oluvchi “hududiy to‘g‘rilovchi koeffisient”, suv filtratsiyasini hisobga oluvchi “texnologik koeffisient” hamda suv tejash darajasini hisobga oluvchi “suv tejamkorlik koeffisienti”laridan foydalanishni inobatga olgan holda qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish iqtisodiy samaradorligini baholash yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashkilotlari tomonidan joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi ma’lumotnomasi, №05/06-04-393, 12.08.2024 y.). Ushbu tavsiyalar hududlar va suv iste’molchilari kesimida suvdan foydalanish holatini tabaqali baholash imkonini beradi va natijada Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligida suvdan samarali foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun xizmat qiladi.
faoliyati suv xo‘jaligi bilan bog‘liq kadrlar salohiyatini yuksaltirish, o‘zgarib boruvchi bozor talabi asosida mutaxassislar kasbiy malakasini oshirish maqsadlariga yo‘naltirilgan davlat-xususiy sherikligi asosidagi “Ta’lim-mehnat-kasbiy rivojlanish markazi”ni (Centet EWPD) Education-Work-Professional development)” tashkil etish bo‘yicha taklif Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi ma’lumotnomasi, №05/06-04-393, 12.08.2024 y.). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish orqali sohada kadrlar salohiyati oshadi va qo‘yilgan talablar asosida ishga joylashtirish masalasi ijobiy hal qilinadi;
on-layn rejimda suv iste’molchilari ekin maydonlariga suv sarfi, suv taqsimoti va ekin turlari kesimida tejamkor texnologiyalarning qo‘llanilish holatini monitoring qilish maqsadida yaratilgan elektron platformadan foydalanish bo‘yicha taklif Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga tatbiq etish uchun qabul qilingan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi ma’lumotnomasi, №05/06-04-393, 12.08.2024 y.). Takliflar suv resurslarini boshqarishni raqamlashtirish, tegishli virtual xizmatlar bilan integratsiyalashuv orqali iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan kompleks va tizimli chora-tadbirlarni shakllantirishga imkon beradi;
tomchilatib sug‘orish texnologiyasining paxta hosildorligiga ta’sirini baholash uchun EViews dasturi asosida ko‘p omilli emperik modeli tuzilib, uning yordamida suvtejamkor texnologiyalardan foydalanishning 2030 yilgacha bo‘lgan prognozi amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi ma’lumotnomasi, №05/06-04-393, 12.08.2024 y.). Ushbu model orqali olingan natijalarga ko‘ra, tejamkor texnologiyalardan foydalanilganda 2030 yilga borib prognoz bo‘yicha deyarli 2,0 marta suv resurslarini tejash imkoni yaratiladi;
qishloq xo‘jaligida suvdan tejamli foydalanishda moliyaviy, tashkiliy va muhandislik muammolarini manfaatli hamkorlik asosida hal qilishni ko‘zda tutuvchi, o‘zaro bog‘liq irrigatsiya-meloratsiya tarmoqlari, ekin maydonlari yaxlit konturlari doirasida suv iste’molchilarining kooperatsiya munosabatlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar vazirlik tashkilotlari tomonidan amaliyotda foydalanish uchun qabul qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi ma’lumotnomasi, №05/06-04-393, 12.08.2024 y.). Ushbu taklifning jorish etilishi xo‘jaliklar kesimida suv sarfi hisob-kitobini yuritish va tejamkor usullarni qo‘llash samaradorligini o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida oshirishni ta’minlaydi.