Raxmonov Kamol Djamolovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hamkorlik strategiyalari asosida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02- “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (tarix)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Ped1009
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.Tar.72.07 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Ilmiy maslahatchi: Olimov Shirinboy Sharafovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Yarmatov Rahimboy Bahramovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Tursunov Ravshan Normurodovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Izbullaeva Gulchehra Valerievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Hamkorlik strategiyalari asosida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmuni kognitiv, ijtimoiy-madaniy, shaxsiy-faoliyatli, motivasion-qadriyatli, loyihaviy, texnologik asoslarga ega metapredmetli komponentlarni hamkorlik strategiyalarining intensivligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
tarix darslarini o‘qitishda hamkorlik strategiyalari talabalarning o‘quv harakatlarida faollik, muloqotchanlik, axborot almashish va uni tarixiy tadqiq etishda tezkor aloqani o‘rnatish kabi kompetensiyalarini rivojlantirishni ta’minlovchi integrativ (maxsus, psixologik-metodik, didaktik) ko‘rsatkichlari ilmiy asoslangan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi talabalarning guruhiy va jamoaviy hamkorlikdagi faoliyatini amalga oshirishga doir yangi konseptga (tarixiy-muammoli topshiriq) ega mashg‘ulotlarni pedagogik loyihalash asosida takomillashtirilgan;
hamkorlikda o‘qitish texnologiyasiga asoslangan ta’lim muhiti o‘zaro qayta aloqaga kirishuvchi sinergetik ta’sirning (ijobiy, konstruktiv, inklyuziv) darajasini baholash mezonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
hamkorlik strategiyalari asosida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimi talabalarda tarixiy tadqiqotlarni bajarish (mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil qilish va muammolarni hal qilish) ko‘nikmalari rivojlantiruvchi “Ko‘p burchakdan tahlil” (“Think-Pair-Share”) usuli (madaniy dialogli, adaptiv, reproduktiv bosqichlarini integratsiyalash) asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmuni kognitiv, ijtimoiy-madaniy, shaxsiy-faoliyatli, motivasion-qadriyatli, loyihaviy, texnologik asoslarga ega metapredmetli komponentlarni hamkorlik strategiyalarining intensivligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan tavsiyalar asosida Buxoro davlat universitetining 452-42-sonli guvohnomaga muvofiq nashr qilingan “Fan va texnika tarixi” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 22-noyabrdagi 02/01-01-127-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur darslik talabalarning nazariy bilimlarini shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirishga xizmat qilgan;
tarix darslarini o‘qitishda hamkorlik strategiyalari talabalarning o‘quv harakatlarida faollik, muloqotchanlik, axborot almashish va uni tarixiy tadqiq etishda tezkor aloqani o‘rnatish kabi kompetensiyalarini rivojlantirishni ta’minlovchi integrativ (maxsus, psixologik-metodik, didaktik) ko‘rsatkichlari ilmiy asoslangan xulosalari asosida “60220300 - Tarix” ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan hamda “Turkistonda matbuot tarixining dolzarb muammolari” nomli elektron darslik ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 22-noyabrdagi 02/01-01-127-son ma’lumotnomasi). Natijada, hamkorlik strategiyalari asosida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatiga doir pedagogik tizim takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi talabalarning guruhiy va jamoaviy hamkorlikdagi faoliyatini amalga oshirishga doir yangi konseptga (tarixiy-muammoli topshiriq) ega mashg‘ulotlarni pedagogik loyihalash asosida takomillashtirilgan ilmiy natijalaridan “Buyuk ipak yo‘li” Buxoro viloyat madaniy-ma’rifiy markazi tomonidan amalga oshirilgan “Buxoro amirligi qozixona mahkamasi tarixi” nomli ilmiy loyiha (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2022-yil 27-iyuldagi 77-12/15-sonli davlat granti)ni amalga oshirishda foydalanilgan (“Buyuk ipak yo‘li” Buxoro viloyat madaniy-ma’rifiy markazi Nodavlat notijorat tashkilotining 2024-yil 06-noyabrdagi 28/01-2024-son ma’lumotnomasi);
hamkorlikda o‘qitish texnologiyasiga asoslangan ta’lim muhiti o‘zaro qayta aloqaga kirishuvchi sinergetik ta’sirning (ijobiy, konstruktiv, inklyuziv) darajasini baholash mezonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan ilmiy natijalari hamda amaliy taklif-tavsiyalaridan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Buyuk Ipak yo‘li sivilizatsiyasida Buxoroning tutgan o‘rni”, “Jadidchilik: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” kabi bir qator ko‘rsatuvlarda unumli foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 26-noyabrdagi 02-09-188-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvlarda yosh avlodga Buxoro tarixini o‘rgatish, shuningdek, jadidlarning ta’lim tizimini va Buxoro taraqqiyparvarlarining pedagogik qarashlarini o‘rganishning muhimligi haqida fikrlar bayon etilgan;
hamkorlik strategiyalari asosida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimi talabalarda tarixiy tadqiqotlarni bajarish (mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil qilish va muammolarni hal qilish) ko‘nikmalari rivojlantiruvchi “Ko‘p burchakdan tahlil” (“Think-Pair-Share”) usuli (madaniy dialogli, adaptiv, reproduktiv bosqichlarini integratsiyalash) asosida takomillashtirilgan tavsiyalari Buxoro davlat universitetining 2023-yil 21-oktyabrdagi 556-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 556-32-sonli guvohnomaga muvofiq “XX asrda Evrosiyoda siyosiy jarayonlar: tarixi va zamonaviy tendensiyalar”, 2024-yil 2-iyuldagi 452-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 452-40-sonli guvohnomaga muvofiq “Tarix fanini o‘qitishda innovasion texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanmalari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 22-noyabrdagi 02/01-01-127-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanmalar bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning tashkiliy-funsional modelini yaratishga xizmat qilgan.