Baymatova Gulnoza Odilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyalarini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7881.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ruzikulova Nigora Shuxratovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01. 2020. Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kenjaeva Muxayyo Otamurodovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyalarini takomillashtirish metodikasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyalarini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari mustaqil ta’lim intensivligini ta’minlashga qaratilgan amaliy harakatlarni modellashtirish, kompetentlilik paradigmasiga ko‘ra faollik va o‘zlikni anglash samaradorligini qiyosiy tavsiflash hamda kasbiy va shaxsiy rivojlanish integrativligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘zini o‘zi rivojlantirish jarayoni loyihalarni amalga oshirish yo‘llarini tanqidiy ko‘rib chiqish algoritmlarining variativligini tavsiflash, shaxsiy va jamoaviy refleksiv monitoring imkoniyatlarini mazmunan tahlil qilish hamda Critical Path Method (CPM) metodi va loyiha metodi uyg‘unligini boshqaruv madaniyati meyorlariga identiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyalarini takomillashtirish modeli ijtimoiy-madaniy yondashuvning amaliy natijadorligini tasniflashga yo‘naltirilgan faoliyatga yo‘nalganlik va ijodiy yo‘nalganlik tamoyillariga ko‘ra pedagogik shart-sharoitlarni asoslash hamda kognitiv, mustaqil va refleksiv faoliyatni tashkil etish bosqichlarining didaktik yaxlitligini ta’minlash, kasbiy rivojlanish jarayonini amaliy faoliyat natijalari bilan adekvat moslashtirish asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘zini o‘zi rivojlantirish samaradorligi pedagogik faoliyatni tashkil etishda ehtiyojlarni ta’limiy maqsadlarga ko‘ra tavsiflash, irodalilik, ongli munosabatlarning namoyon bo‘lishi jarayonini oddiydan murakkabga qarab rivojlantirish hamda o‘zini o‘zi anglash, tanqidiy baholash, nazorat qilish va refleksiv rivojlantirish mezonlarini tahliliy aniqlashtirish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyalarini takomillashtirish metodikasi yuzasidan natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyalarini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari mustaqil ta’lim intensivligini ta’minlashga qaratilgan amaliy harakatlarni modellashtirish, kompetentlilik paradigmasiga ko‘ra faollik va o‘zlikni anglash samaradorligini qiyosiy tavsiflash hamda kasbiy va shaxsiy rivojlanish integrativligini ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7586/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘zini o‘zi rivojlantirish jarayonini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘zini o‘zi rivojlantirish jarayoni loyihalarni amalga oshirish yo‘llarini tanqidiy ko‘rib chiqish algoritmlarining variativligini tavsiflash, shaxsiy va jamoaviy refleksiv monitoring imkoniyatlarini mazmunan tahlil qilish hamda Critical Path Method (CPM) metodi va loyiha metodi uyg‘unligini boshqaruv madaniyati meyorlariga identiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan  PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7586/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyalarini takomillashtirish modelini takomillashtirish samaradorligi oshgan.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyalarini takomillashtirish modeli ijtimoiy-madaniy yondashuvning amaliy natijadorligini tasniflashga yo‘naltirilgan faoliyatga yo‘nalganlik va ijodiy yo‘nalganlik tamoyillariga ko‘ra pedagogik shart-sharoitlarni asoslash hamda kognitiv, mustaqil va refleksiv faoliyatni tashkil etish bosqichlarining didaktik yaxlitligini ta’minlash, kasbiy rivojlanish jarayonini amaliy faoliyat natijalari bilan adekvat moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7586/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyalarini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirish mazmuni boyitilgan.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘zini o‘zi rivojlantirish samaradorligi pedagogik faoliyatni tashkil etishda ehtiyojlarni ta’limiy maqsadlarga ko‘ra tavsiflash, irodalilik, ongli munosabatlarning namoyon bo‘lishi jarayonini oddiydan murakkabga qarab rivojlantirish hamda o‘zini o‘zi anglash, tanqidiy baholash, nazorat qilish va refleksiv rivojlantirish mezonlarini tahliliy aniqlashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan  PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7586/04 raqamli ma’lumotnomasi).  Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘zini o‘zi rivojlantirish samaradorligini aniqlashtirish imkoni yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish