Safarov Firuz Sulaymonovichning filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek adabiy tilida so‘z va qo‘shimcha ma’nodoshligi” 10.00.01 – O‘zbek tili
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.2.DSc/Fil404
Ilmiy maslahatchi: Zikrillaev G‘ani Nasrullaevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09
Rasmiy opponentlar: Yusupova Ra’no Norboevna, filologiya fanlari doktori, professor; Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor; Eltazarov Jo‘liboy Donaboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek adabiy tilidagi so‘z va qo‘shimcha ma’nodoshligi, ma’nodosh birliklarning qo‘llanishdagi farqini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek adabiy tilining sho‘ro va istiqlol davridagi ijtimoiy vazifasi va me’yorlashtirilishini tahlil qilish asosida o‘zbek adabiy tilining grammatika, punktuatsiya bo‘limlari me’yorini tilimizning o‘ziga xos xususiyati asosida isloh qilish lozimligi, o‘zbek adabiy tili qurilishining bosh xususiyati tejamkorlik ekanligi asoslangan;
til ruhiy-ijtimoiy hodisa sifatida qaralganidan har bir tilning qurilishi o‘ziga xos ekanligidan kelib chiqib o‘zbek adabiy tilida so‘z va qo‘shimchaning ma’nodosh bo‘lishi, qo‘shimchaga ma’nodosh so‘zning muayyan ma’no (shaxs, son-miqdor, shart, istak, o‘xshatish)ni ta’kidlash lozim bo‘lganda qo‘llanishi, ta’kid nazarda tutilmaganda so‘z va qo‘shimchaning qo‘llanishi ortiqcha, noo‘rin ekanligi dalillangan;
shaxs ma’nosini bildiruvchi so‘z va qo‘shimchalar ma’nodoshligi, shaxs ma’nosini bildiruvchi so‘z (olmosh, ot)ning bu ma’noni ta’kidlash, oydinlashtirish uchun qo‘llanishi, ta’kid nazarda tutilmaganda tuslovchi qo‘shimchaning o‘zi qo‘llanib, so‘z tejalishi ochib berilgan;
son-miqdor ma’nosini bildiruvchi so‘z va qo‘shimcha ma’nodoshligi, ko‘plik ma’nosi lug‘aviy vosita bilan ifodalanganda ko‘plik qo‘shimchasi (-lar)ning tejalishi, ko‘plik qo‘shimchasining bu ma’noni ta’kidlash uchun qo‘llanishi aniqlangan;
shart ma’nosini bildiruvchi yordamchi so‘z (agar, bordi-yu, mabodo, basharti, magar) va grammatik shakl (-sa, -gan bo‘lsa, -ayotgan bo‘lsa, -adigan bo‘lsa) ma’nodoshligi, yordamchi so‘zning bu ma’noni ta’kidlash uchun qo‘llanishi, ta’kid nazarda tutilmaganda grammatik shaklning o‘zi qo‘llanib, yordamchi so‘zning tejalishi isbotlangan;
istak ma’nosini bildiruvchi yordamchi so‘z (koshki, qani edi, qani endi, qaniydi, shoyad, zora) va grammatik shakl (-sa, -sa edi, -sa ekan) ma’nodoshligi, yordamchi so‘zning istak ma’nosini kuchaytirish uchun qo‘llanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek adabiy tilida so‘z va qo‘shimcha ma’nodoshligini tahlil qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek adabiy tilining sho‘ro va istiqlol davridagi ijtimoiy vazifasi va me’yorlashtirilishini tahlil qilish asosida o‘zbek adabiy tilining grammatika va punktuatsiya bo‘limlari me’yorini tilimizning o‘ziga xos xususiyati asosida isloh qilish lozimligi, o‘zbek adabiy tili qurilishining bosh xususiyati tejamkorlik ekanligi haqidagi fikrlardan AL ‒ 2104591 raqamli “Yuridik terminlar elektron tezaurusi va innovatsion multimedia platformasini yaratish” innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 4-martdagi 7/938-22-02-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron tezaurus va multimedia platformasidagi ko‘pgina yuridik termin izohi mukammallashtirilgan.
o‘zbek adabiy tilida so‘z va qo‘shimcha ma’nodoshligi, ma’nodosh vositalarning o‘xshashligi va farqi, qo‘shimchaga ma’nodosh so‘zning muayyan ma’no (shaxs, shart, istak, o‘xshatish)ni ta’kidlash lozim bo‘lganda qo‘llanishi, ta’kid nazarda tutilmaganda so‘z va qo‘shimchaning qo‘llanishi ortiqcha, noo‘rin ekanligi, so‘z va qo‘shimchaning tejab ishlatilishi tilning sofligiga, nutq madaniyatining o‘sishiga xizmat qilishi haqidagi fikrlardan OT-F1-18 raqamli “Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 23-yanvardagi 39-01-167-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihadagi muloqot odatida so‘z va qo‘shimchani tejab ishlatishga doir jihatlar tavsifi ilmiy jihatdan boyitilgan.
shaxs ma’nosini bildiruvchi so‘z va qo‘shimchalar ma’nodoshligi, shaxs ma’nosini bildiruvchi so‘z (olmosh, ot)ning bu ma’noni ta’kidlash, oydinlashtirish uchun qo‘llanishi, ta’kid nazarda tutilmaganda tuslovchi qo‘shimchaning o‘zi qo‘llanib so‘z tejalishi, son-miqdor ma’nosini bildiruvchi so‘z va qo‘shimcha ma’nodoshligi, ko‘plik ma’nosi lug‘aviy vosita bilan ifodalanganda ko‘plik qo‘shimchasi (-lar)ning tejalishi, ko‘plik qo‘shimchasining bu ma’noni ta’kidlash uchun qo‘llanishi haqidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2022‒2023-yillarda bajarilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-maydagi 828-sonli ma’lumotnomasi).
shart ma’nosini bildiruvchi yordamchi so‘z (agar, bordi-yu, mabodo, basharti, magar) va grammatik shakl (-sa, -gan bo‘lsa, -ayotgan bo‘lsa, -adigan bo‘lsa) ma’nodoshligi, yordamchi so‘zning bu ma’noni ta’kidlash uchun qo‘llanishi, ta’kid nazarda tutilmaganda grammatik shaklning o‘zi qo‘llanib, yordamchi so‘zning tejalishi haqidagi xulosalardan Buxoro telekanalining “Sakkizinchi mo‘jiza”, “Asrlarning asraganlari”, “Assalom Buxoro” ko‘rsatuvlarida foydalanildi (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 6-maydagi 01-03-74 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va dolzarbligi ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etgan.
istak ma’nosini bildiruvchi yordamchi so‘z (koshki, qani edi, qani endi, qaniydi, shoyad, zora) va grammatik shakl (-sa, -sa edi, -sa ekan) ma’nodoshligi, yordamchi so‘zning istak ma’nosini kuchaytirish uchun qo‘llanishi haqidagi xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022‒2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 13-iyundagi 262-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Yangi O‘zbekistonda “Marifatli jamiyat” barpo etishda o‘zbek nutqi madaniyatini oshrishga xizmat qilgan.