Qahhorov Abdulla G‘afur o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quyosh nurida ishlaydigan neodim kiritilgan tolali lazerlar», 01.04.11 – Lazer fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/FM1161.
Ilmiy rahbar: Payziev Shermakhamat Dalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.09.2020.FM.55.04.
Rasmiy opponentlar: Sapaev Usmon Qalandarovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent;
Vapaev Murodbek Ergashovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, PhD.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Birlamchi konsentratorli va konsentratorsiz quyosh nuri bilan ishlaydigan bir hamda ko‘p yadroli optik tolali lazerlarning turli konfiguratsiyalari uchun Monte Karlo fotonlarni kuzatishga asoslangan simulyasiya usuli yordamida, lazer chiqish quvvati va samarodorligini oshirish, optimal tolali lazerlar konfiguratsiyalarini aniqlash bo‘yicha yangi echimlarni taklif qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Monte-Karlo foton yo‘lini kuzatish usuli yordamida birlamchi konsentratorsiz quyosh nuri bilan damlanadigan bir yadroli optik tolali lazerning simulyasion modeli ishlab chiqilgan;
birlamchi konsentratorsiz, qoplama diametri 125 μm, yadro diametri 16 μm va uzunligi 190 m bo‘lgan bir yadroli kvars optik tola uchun lazer chiqish quvvati 1 mW bo‘lib, quyosh nuridan lazer nurlanishiga o‘tkazish samaradorligi 1.4∙10-3 % ekanligi Monte Karlo foton yo‘lini kuzatish usuli yordamida aniqlangan;
chiziqli parabolik konsentrator orqali quyosh nuri bilan damlanadigan Nd3+-kiritilgan bir yadroli kvars optik tolali lazerlar simulyasiya modeli ishlab chiqilgan. Simulyasion model yordamida umumiy quvvat taqsimoti, lazer chiqish quvvati va lazer umumiy samaradorligi aniqlangan;
ilk bor yuzasi 1 m2 bo'lgan chiziqli parabolik konsentratordan foydalanilganda tushayotgan quyosh nurlanishi quvvati 900 W bo‘lganda, uzunligi 193 m bo‘lgan to‘qqiz yadroli optik tola uchun lazerning chiqish quvvati 15.65 W, umumiy samaradorligi 1.74% ekanligi ko‘rsatildi;
ilk bor tolalar radiusi bo‘ylab harorat taqsimotini hisobga olgan holda, fokusi halqa shaklidagi Frenel linzalasi asosidagi birlamchi konsentratorli tolali lazerning simulyasiya modeli ishlab chiqilgan;
ilk bor birlamchi konsentrator vazifasini bajaruvchi fokusi halqa shaklidagi Frenel linza orqali bir va ko‘p yadroli optik tolali quyosh lazerlari simulyasion usul yordamida umumiy samaradorligi eng yuqori qiymati 9 ta yadroli optik tola uchun 2 % ga, eng yuqori chiqish quvvati 20.36 W ga tengligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quyosh nurida ishlaydigan tolali lazerlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
optik tolali quyosh lazerlarning simulyasiya natijalar xorijiy nashrlardagi bir qator tadqiqotlarda (1. Liu, J., Zheng, B., Yang, J., Li, B., Tang, J., He, H., Zhang, Q., Zhang, X. and Wang, P., 2024. A novel Nd3+-doped fiber fabricated by curable nanocomposites for 916 nm laser. Optics & Laser Technology, 177, p.111042; 2. Küblböck, M., Will, J. and Fattahi, H., 2024, Solar lasers: Why not?, APL Photonics, 9(5); 3. Meehan, B., 2024, A Comprehensive Materials Approach to Thermal Management in Fiber Lasers. A PhD Dissertation (Clemson University, Canada);) foydalanilgan. Olingan natijalardan foydalanish, mualliflarga hozirgi kunda tolali lazerlarning o‘zgartirish samaradorligi bo‘yicha erishilgan natijalardan sezilarli darajada oshirish mumkinligini asoslash imkonini bergan.
optik tolali quyosh lazeri tizimida sodir bo‘ladigan fizik jarayonlarni modellashtirishda olingan natijalari O‘zR FA Konstruktorlik byuro va Tajriba ishlab chiqarish Ilmiy texnik markazida 2021-2024 yillarda olib borilgan “Quyosh uskunalari parametrlarini optimallashtirish va ishlatish uchun hisob modellarini yaratish va tadqiq qilish” byudjet mavzusidagi fundamental tadqiqotlar ilmiy-texnikaviy vazifalarini bajarishda, xususan: Frenel linzasi yordamida mujassamlashgan quyosh nurining hajmiy yutilishini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining 2024-yil 17-dekabrdagi № 2/1255-2801 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish, quyosh nuri energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirishda quyosh kollektoridagi konvektiv va nurlanish orqali issiqlik almashinuv jarayonini tadqiq qilish imkonini bergan.