Mamadalieva Zuhra Umaralievnaning
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi ramziy va majoziy obrazlar sistemasi”.
10.00.02. – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2DSc/Fil164
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16.
Ilmiy konsultant: Boqijon To‘xliev, filologiya fanlari doktori, professor.
        Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Jaloliddin Olimjonovich filologiya fanlari doktori, Karimova Faridaxon Isakovna filologiya fanlari doktori, Ergashev Qodirjon Otajonovich filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridagi ramziy va majoziy obrazlarni bir butun sistema sifatida o‘rganish, bu orqali ularning hayotiy va irfoniy mazmunini tahlil etish hamda badiiy funksiyalarini  yoritishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ramz va majoz tushunchalarining yuzaga kelishi, hayotiy asoslari va badiiy adabiyotga ko‘chib o‘tishi, ma’lum bir adabiy-estetik vazifani bajarishi, shuningdek, diniy-irfoniy manbalari, badiiy asar tagqatlamini chuqur va ta’sirchan qilishdagi kuchi kabi masalalar nazariy asoslandi; 
Alisher Navoiy “Xamsa” dostonlaridagi ramziy va majoziy obrazlar yaxlit tizim asosida kompleks tahlil qilindi, bosh va asosiy qahramonlar, yetakchi personajlar, tarixiy va epizodik obrazlar, detal obrazlar kabi guruhlarga bo‘lib o‘rganildi, obrazlarning Navoiygacha bo‘lgan xamsachilikdagi, shuningdek, o‘zbek folklori va  mumtoz adabiyotdagi tarixi yoritildi; 
Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi ramziy va majoziy obrazlarning botiniy ma’no xususiyatlari, chunonchi, ularning tasavvufiy talqinlari izohlangan, sharhlangan, bu obrazlarning badiiy-estetik funksiya va tamoyillarining xarakterli jihatlari belgilangan va ularning dostonlardagi ifoda imkoniyatlari kengayganligi isbotlangan;
Navoiyning “Xamsa”dagi ramziy va majoziy obraz yaratishdagi poetik mahorati lirik merosiga qiyosan tahlil etilib, har bir obraz, timsolning anglatgan ma’nosi dalillangan, natijada  obrazlarning tasavvufiy-irfoniy hamda ramziy va majoziy funksiyalari o‘zaro aloqadorlikda tadqiq etilgan, “Xamsa” dostonlari turkiy adabiyotda syujet, obraz, mazmun takomilini mujassam etgan  ulkan liro-epik asar ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018–2020-yillarda bajarilgan PZ-20170926459 “Navoiyshunoslik tarixi” (XX – XXI asrlar) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 2-noyabrdagi  01/2317-son ma’lumotnomasi).  Natijada loyiha Navoiy shaxsi, uning ma’rifiy qarashlari, shuningdek, obrazli fikrlashi, ramz va majoziy obrazlari olami bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan boyitilgan. 
Xuddi shu universitetda 2017–2020-yillarda amalga oshirilgan PZ-20170927147 – “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 2-noyabrdagi  01/2316-son ma’lumotnomasi) loyihaning nazariy qismi  ilmiy xulosalar, dallillar bilan boyitilishiga xizmat qilgan.
Muqimiy nomidagi Qo‘qon  davlat  pedagogika  institutida 2022-yilda bajarilgan f.f.d., professor Z.Qobilova rahbarligidagi AL-322103020 raqamli “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha veb-sayt va platforma yaratish”  mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2024-yil 25-yanvardagi  92/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha an’anaviylik va voriysiylik nuqtayi nazaridan mukammallashgan. 
Turkiy-o‘zbek mumtoz adabiyoti va she’riyatida davrlar mobaynida takomillashib kelgan obraz-timsollarning g‘oyaviy-badiiy asoslari hamda Alisher Navoiy ijodidagi o‘rnini ochib berish borasida amalga oshirilgan nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tojik milliy-madaniy markazi Jizzax viloyati Kegashi huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining grant loyihasida (grant raqami-30-30.06-21. Loyiha nomi “Alisher Navoiy asarlari – barcha xalqlarning bebaho mulki”)  tashkil etilgan kurslar yuzasidan  darslar, seminarlar tashkil qilishda foydalanilgan (Jizzax viloyat tojik milliy-madaniy markazining 21.12.2023 yildagi 53-sonli ma’lumotnomasi). Natijada forsiy-turkiy adabiyotda salmoqli o‘ringa ega bo‘lgan ramziy va majoziy obrazlari takomili aniqlanib, o‘zbek mumtoz adabiyotida davrlar mobaynida takomillashib borgan ramziy va majoziy obrazlar qiyofasi va Alisher Navoiy she’riyatida aks etgan mazkur obrazlarining g‘oyaviy-badiiy asoslari hamda  shoir ijodidagi o‘rni va ahamiyati teran ochib berishga muvaffaq bo‘lingan.
Mustaqillik yillarida yaratilgan Alisher Navoiy ma'rifiy qarashlarining ilmiy, adabiy-badiiy talqinlari, xususan uning ijodidagi ramziy va majoziy obrazlar olami haqida bildirilgan munosabatlar, ilmiy-amaliy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi tomonidan “Navoiyxonlik” adabiy suhbatlari dasturini tuzishda, “Jizzax oqshomlari” she’riyat kechalari, “Sangzor mavjlari” adabiy to‘garagining  rejalarini ishlab chiqishda keng foydalanildi. (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limining 2023-yil 1-iyundagi 17-sonli ma’lumotnomasi) Natijada to‘garak a’zolari va yosh ijodkorlarning Alisher Navoiy ma'rifiy qarashlari, ijodidagi obrazlar olami bilan yaqindan tanishishlariga imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish