Sharopova Feruza Valievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ona tili ta’limida o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning nazariy va metodik asoslari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3688.
Ilmiy rahbar: Mavlonova Klaraxon Maxmutovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shohidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Adilova Saodat Abduraximovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.   
Yetakchi tashkilot: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: ona tili ta’limida o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablari 9-sinf o‘quvchilarining publisistik, badiiy va ilmiy-ommabop uslubdagi matnlarni o‘qib tushunish malakasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ma’lumotni idrok etishga ta’sir qiluvchi ma’lumotni yuborish – kodlash, uni idrok qilib, tushunish – dekodlash kabi psixolingvistik faktorlar va pedagogik omillarning uzviy bog‘liqligi asosida dalillangan;
o‘quvchilarda matniy kompetensiyani shakllantirishga qaratilgan joriy-taktik, strategik va variativ qoidalar tizimi ona tili darslarida matnni o‘qib tushunish ko‘nikmasiga kiruvchi anglash strategiyalari, tushunish shartlari va yo‘llari, kommunikativ, kognitiv-pragmatik, reflektiv, motivatsion, sokratik va integrativ yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan;
matnni o‘qib tushunish malakasini rivojlantirish metodikasi topshiriqlar mazmunini verbal va vizual tarzda tushunish, matn mohiyatini anglash, unda ifodalangan asosiy fikr, g‘oya, eksplisit, implisit ma’noni hamda matndan ko‘zlangan muallif maqsadini to‘g‘ri anglay olishga yo‘naltirish, metalingvistik qobiliyatlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ona tili ta’limida 9-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish malakasini rivojlantirish texnologiyasi monitor tushunish – so‘z, frazalarni tekshirish, so‘zlarni his qilish; xulosalash; muhim o‘rinlarni aniqlash; matn tuzilishi, xususiyatlari va uslubini aniqlash; savol berish va taxmin qilish; ma’lumotni vizuallashtirish; mavjud bilim bilan yangi ma’lumotni integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ona tili darslarida matnni o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumta’lim maktablari 9-sinf o‘quvchilarida publisistik, badiiy va ilmiy-ommabop uslubdagi matnlarni o‘qib tushunish malakasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ma’lumotni idrok etishga ta’sir qiluvchi ma’lumotni yuborish – kodlash, uni idrok qilib, tushunish – dekodlash kabi psixolingvistik faktorlar va pedagogik omillarning uzviy bog‘liqligi asosida takomillashtirishga oid ilmiy xulosa va takliflardan “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2022-yillarda bajarilgan JHBL-20-sonli “Oila, mahalla va gender tengligi mavzusida badiiy asarlarning elektron korpusini yaratish” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 20-avgustdagi 01-09/2104-son ma’lumotnomasi). Natijada turli uslubdagi matnlar mohiyatini tushunish bosqichlari va matn yuzasidan tayyorlangan topshiriqlar bilan ishlash strategiyalari amalda qo‘llanib, o‘zlashtirish samaradorligiga erishilgan;
o‘quvchilarda matniy kompetensiyani shakllantirishga qaratilgan joriy-taktik, strategik va variativ qoidalar tizimi ona tili darslarida matnni o‘qib tushunish ko‘nikmasiga oid anglash strategiyalari, tushunish shartlari va yo‘llari, kommunikativ, kognitiv-pragmatik, reflektiv, motivatsion, sokratik va integrativ yondashuvlar asosida takomillashtirilgan  topshiriqlar mazmuni va metodikasi ona tili darsliklariga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 1-iyuldagi 01/11-6-397-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili fanidan o‘quv dasturlari va darsliklari mazmuni zamonaviy yondashuvlarga asoslangan topshiriqlar tizimi bilan boyitilgan;
matnni o‘qib tushunish malakasini rivojlantirish metodikasidan: topshiriqlar mazmunini verbal va vizual tarzda tushunish, matn mohiyatini anglash, unda ifodalangan asosiy fikr, g‘oya, eksplisit, implisit ma’noni hamda matndan ko‘zlangan muallif maqsadini to‘g‘ri anglay olishga yo‘naltirish, metalingvistik qobiliyatlarga ustuvorlik berish asosida tushunish yo‘llariga oid tavsiyalardan ona tili darsliklari va o‘qituvchi kitoblarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 1-iyuldagi 01/11-6-397-son ma’lumotnomasi). Natijada matn mazmunini tushunish va topshiriqlar bilan ishlashga oid metodik ta'minot takomillashuviga xizmat qilgan;
ona tili ta’limida 9-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish texnologiyasi monitor tushunish – so‘z, frazalarni tekshirish, so‘zlarni his qilish; xulosalash; muhim o‘rinlarni aniqlash; matn tuzilishi, xususiyatlari va uslubini aniqlash; savol berish va taxmin qilish; ma’lumotni vizuallashtirish; mavjud bilim bilan yangi ma’lumotni integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan innovatsion ish turlaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 29-sentyabrdagi 04/1-2697-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili metodikasi zamonaviy tilshunoslikning muhim atamalari bilan boyitilib, nutqiy kompetensiyaning tarkibiy qismi bo‘lgan o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish strategiyasi takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish