Barnoev Rustam Istamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Azot dioksididan kelib chiqqan o‘pka fibrozining qizilo‘ngach devorlarining morfologik parametrlariga ta’siri va ularni tuzatish», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4207.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedova Sayyora Muxammedovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: H.A.Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘pka fibrozi shakllangan organizmlarda qizilo‘ngach qavatlarida bo‘ladigan o‘zgarishlarni aniqlash va qizilo‘ngachdagi morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 ilk bor eksperimental o‘pka fibrozi ta’sirida oq zotsiz kalamushlar qizilo‘ngachining postnatal davridan boshlab o‘n ikki oylik davrigacha morfometrik ko‘rsatkichlarini  bosqichma-bosqich olib borish asoslangan;
birinchi marta eksperimental o‘pka fibrozining qizilo‘ngachning boshlangich qismidan yakuniy qismigacha uning qavatlarida ta’siri sababli yuz beradigan gistomorfologik o‘zgarishlar o‘rganilgan va kayta tiklanish xususiyatlari barcha yosh guruxlarda isbotlangan;
eksperimental o‘pka fibrozining turli bosqichlarida oq zotsiz kalamushlarning o‘pka fibrozi kasalligini modellashtirish jarayonida qizilo‘ngachi gistokimyoviy tahlili barcha yoshdagi gurux xayvonlarda o‘zgarishi aniqlangan;
ilk bor o‘pka fibrozi sababli yuzaga keladigan oq zotsiz kalamushlarning qizilo‘ngach qavatlaridagi patologik jarayonlarni bartaraf etish maqsadida birinchi marta tibbiyot amaliyotida anor donagining moyi samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 26 noyabr` №09/35-son ma’lumotnomasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish to‘g‘risida Buxoro davlat tibbiyot institutining 2024 yil 6 maydagi 04-4277-sonli xati Ekspert kengashiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor eksperimental o‘pka fibrozi ta’sirida oq zotsiz kalamushlar qizilo‘ngachining postnatal davridan boshlab o‘n ikki oylik davrigacha morfometrik ko‘rsatkichlarini bosqichma-bosqich olib borish asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘pka fibrozida yuzaga keladigan o‘zgarishlar qizilo‘ngachning qavatlaridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlari natijasidagi patologik holat inobatga olinishi, davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat Buxoro tumanida (buyruq 4.06.2024 yil № 1285-2-32-TB/2024-son) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali (buyruq 16.10.2024 yil 122-son) amaliyotga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabr` №09/35 sonli yig‘ilishi bayonnomasiga asosan ilmiy –tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i buyicha  xulosa). Ijtimoiy samaradorligi: Olingan tadqiqot ma’lumotlarini amalga oshirish o‘pka fibrozida qizilo‘ngach devorining morfologik tuzilishini, ko‘rinishini o‘rganish natijasida qizilo‘ngach devorida patologik holatning kelib chiqish patogenezi, morfogenezi va xarakterli o‘ziga xos patomorfologik belgilarini aniqlash imkonini beradi. Ma’lumotlariga asoslangan holda xastalikni erta tashxislash, davolash, hayot sifatini yaxshilash va asoratlarni kamaytirish usullarini ishlab chiqish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Azot dioksididan kelib chiqqan o‘pka fibrozining qizilo‘ngach devoridagi morfologik o‘zgarishlar bilan xastalangan bemorlarning klinik-morfologik ma’lumotlari asosida bashoratlashga sarf xarajatlarga shifoxonaning byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan tashxislash uchun 100000 so‘mga iqtisod qilish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini berdi. Xulosa: Azot dioksididan kelib chiqqan o‘pka fibrozining qizilo‘ngach devoridagi morfologik o‘zgarishlari natijasidagi patologik holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 100000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 70000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: “Azot dioksididan kelib chiqqan o‘pka fibrozining qizilo‘ngach devorlarining morfologik parametrlariga ta’siri va ularni tuzatish” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2024-yil 4-oktyabrdagi 04/8987-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: birinchi marta eksperimental o‘pka fibrozining qizilo‘ngachning boshlangich qismidan yakuniy qismigacha uning qavatlarida ta’siri sababli yuz beradigan gistomorfologik o‘zgarishlar o‘rganilgan va kayta tiklanish xususiyatlari barcha yosh guruxlarda isbotlangan. Ilmiy yangilikning mohiyati: sog‘lom oq zotsiz kalamushlarda qizilo‘ngach qavatlariga limfoid tuzilmalarning hujayra tarkibi o‘rganilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: eksperimental tadqiqot natijalari oq zotsiz kalamushlarda yoshga qarab fibrozlanish jarayonining morfometrik parametrlariga ta’siri aniqlandi. O‘pka fibrozi paytida qizilo‘ngach qavatlaridagi mushaklar va hujayralarning o‘zgarishi samaradorligini aniqlashga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat Buxoro tumanida( buyruq 4.06.2024 yil № 1285-2-32-TB/2024-son) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali  (buyruq 16.10.2024 yil 122-son) amaliyotga tatbiq etilgan.( O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabr` №09/35 sonli yig‘ilishi bayonnomasiga asosan ilmiy –tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i buyicha  xulosa). Ijtimoiy samaradorligi: ilk bor eksperimental o‘pka fibrozining qizilo‘ngach qavatlariga ta’siri sababli unda yuz beradigan gistomorfologik o‘zgarishlari aniqlandi. Gistomorfologik jihatlari asosida bu patologiyaning kelib chiqishi, rivojlanishi va klinik-morfologik ahamiyatini baholanganligi kasallikni tashxislash hamda pulmonolog va gastroenterolog shifokorlarga samarali davolash taktikasini tanlash imkoni berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Azot dioksididan kelib chiqqan o‘pka fibrozining qizilo‘ngach devoridagi to‘qima va hujayralarida to‘qimalararo bo‘shliqda interstisial shishlarning paydo bo‘lishi, hujayralarning gipertrofiyasi, qon tomirlar to‘laqonligi, qon tomirlar devoridagi o‘zgarishlar, to‘qimalar oralig‘ida qo‘shuvchi, yog‘ to‘qimalarning paydo bo‘lishi kuzatildi. Sarf xarajatlarga shifoxonaning byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan tashxislash uchun 100000 so‘mga iqtisod qilish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.  Xulosa: Azot dioksididan kelib chiqqan o‘pka fibrozining qizilo‘ngach devoridagi morfologik o‘zgarishlari natijasidagi gistomorfologik patologiyalar holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 100000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 70000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: “Azot dioksididan kelib chiqqan o‘pka fibrozining qizilo‘ngach devorlarining morfologik parametrlariga ta’siri va ularni tuzatish” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2024-yil 4-oktyabrdagi 04/8987-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: eksperimental o‘pka fibrozining turli bosqichlarida oq zotsiz kalamushlarning o‘pka fibrozi kasalligini modellashtirish jarayonida qizilo‘ngachi gistokimyoviy tahlili barcha yoshdagi gurux xayvonlarda o‘zgarishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning mohiyati: eksperimental o‘pka fibrozida oq zotsiz kalamushlarning qizilo‘ngach devoridagi morfometrik o‘zgarishlarni sog‘lom kalamushlarning ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash o‘rganilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: qizilo‘ngach muskul qavat va epiteliy hujayralarining o‘zgarishi oddiy va eksperimental sharoitlarda o‘rganilganligini inobatga olinishi, bemorlarni tashxislash rejasiga o‘zgartirishlar kiritilishi imkoni beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat Buxoro tumanida( buyruq 4.06.2024 yil № 1285-2-32-TB/2024-son) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali  (buyruq 16.10.2024 yil 122-son) amaliyotga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabr` №09/35 sonli yig‘ilishi bayonnomasiga asosan ilmiy–tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i buyicha  xulosa).  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat. Eksperimental o‘pka fibrozining turli bosqichlarida qizilo‘ngach gistokimyoviy tahlilarda  qizilo‘ngach devori to‘qimasida patologiyalarning kelib chiqishi, rivojlanishi va klinik-morfologik ahamiyatini baholanganligi kasallikni tashxislash hamda pulmonolog va gastroenterolog shifokorlarga samarali davolash taktikasini tanlash imkoni berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Azot dioksididan kelib chiqqan o‘pka fibrozining qizilo‘ngach devoridagi to‘qima va hujayralarida to‘qimalararo bo‘shliqda shishlar maydonining kamayganligi, yallig‘lanish elementlarining kamayishi, xar xil kattalikda o‘zgarish bergan hujayralar, o‘choqli yog‘li distrofik belgilar, siyrak kollagen tolalar o‘sishi, qo‘shuvchi to‘qimaning keng maydonni egallashi kabi patomorfologik belgilar yuzaga kelishiga imkon bergan. Sarf xarajatlarga shifoxonaning byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan tashxislash uchun 100000 so‘mga iqtisod qilish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan. Xulosa: Azot dioksididan kelib chiqqan o‘pka fibrozining qizilo‘ngach devoridagi morfologik o‘zgarishlari natijasidagi gistokimyoviy patologiyalar holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 100000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 70000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: “Azot dioksididan kelib chiqqan o‘pka fibrozining qizilo‘ngach devorlarining morfologik parametrlariga ta’siri va ularni tuzatish” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2024-yil 4-oktyabrdagi 04/8987-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘pka fibrozi sababli yuzaga keladigan oq zotsiz kalamushlarning qizilo‘ngach qavatlaridagi patologik jarayonlarni bartaraf etish maqsadida birinchi marta tibbiyot amaliyotida anor donagining moyi samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning mohiyati: erta postnatal ontogenezning turli davrlarida tajribaviy o‘pka fibrozini modellashtirishdan so‘ng oq zotsiz kalamushlarning qizilo‘ngach devoridagi morfometrik o‘zgarishlari aniqlangan.  Ilmiy yangilikning ahamiyati: tajribaviy o‘pka fibrozini modellashtirishdan so‘ng oq zotsiz kalamushlarning qizilo‘ngach devoridagi morfometrik o‘zgarishlarini o‘z vaqtida aniqlab tashxislash, bu o‘z navbatida, asoratlar rivojlanishi omilini kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtirib, yotoq kunini qisqartirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat Buxoro tumanida (buyruq 4.06.2024 yil № 1285-2-32-TB/2024-son) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali  (buyruq 16.10.2024 yil 122-son) amaliyotga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabr` №09/35 sonli yig‘ilishi bayonnomasiga asosan ilmiy–tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i buyicha  xulosa). Ijtimoiy samaradorligi: Anor donagi moyi bilan davolanilgandan so‘ng qizilo‘ngach devori to‘qima va hujayralarida to‘qimalararo bo‘shliqda shishlar maydonining kamayganligi, yallig‘lanish elementlarining kamayishi, xar xil kattalikda o‘zgarish bergan hujayralar, o‘choqli yog‘li distrofik belgilar, siyrak kollagen tolalar o‘sishi, qo‘shuvchi to‘qimaning keng maydonni egallashi kabi patomorfologik belgilar yuzaga kelishiga imkon bergan. Bu patologiyaning kelib chiqishi, rivojlanishi va klinik-morfologik ahamiyatini baholanganligi kasallikni tashxislash hamda pulmonolog va gastroenterolog shifokorlarga samarali davolash taktikasini tanlash imkoni bergan. Iqtisodiy samaradorligi:  Azot dioksididan kelib chiqqan o‘pka fibrozining qizilo‘ngach devoridagi  morfologik o‘zgarishlarni baxolashda. Anor donagi moyi bilan davolanilgandan so‘ng qizilo‘ngach devori to‘qima va hujayralarida to‘qimalararo bo‘shliqda olingan bevosita natijalar ushbu usullarni qo‘llash etarlicha yuqori terapevtik ta’sir qilganligini aytib o‘tish lozim sarf xarajatlarga shifoxonaning byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan tashxislash uchun 100000 so‘mga iqtisod qilish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan. Xulosa: Azot dioksididan kelib chiqqan o‘pka fibrozining qizilo‘ngach devoridagi  morfologik o‘zgarishlarni muvofiqlashtirishni amalga oshirish uchun anor donagi moyi bilan davolanilgandan so‘ng mexanizmini ishlab chiqilganligi hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishilishiga imkon bergan. Bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 100000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 70000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: “Azot dioksididan kelib chiqqan o‘pka fibrozining qizilo‘ngach devorlarining morfologik parametrlariga ta’siri va ularni tuzatish” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2024-yil 4-oktyabrdagi 04/8987-sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish