Toshev Furqat Nishonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tizza bo‘g‘imi artrozini kompleks konservativ davolash usullari», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3397.
Ilmiy rahbar: Irismetov Murodjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Urinbaev Payzulla Urinbaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor; Novikov Konstantin Igorevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni Saqlash vazirligining “Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: tizza bo‘g‘imi osteoartrozi bilan kasallangan bemorlarda trombotsitlarga boy qon plazmasini qo‘llash orqali davolash samaradorligini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotoba tiza bo‘g‘imi artrozini davolash uchun tavsiya etilgan usuldan foydalanish bemorlarda shish, giperemiya va bo‘g‘imlarda og‘riqlar darajasining pasayishi bilan namoyon bo‘ladigan klinik samaradorligi isbotlangan;
ilk marotoba tadqiqotga kiritilgan bemorlar zararlangan tizza bo‘g‘imida trombotsitlarga boy plazma qo‘llanilganda bo‘g‘im tog‘ayi degenerativ jarayonlarni remissiyasi va uning dinamikada qayta tiklanib borishi isbotlangan;
ilk marotoba tizza bo‘g‘imi artrozida trombotsitlarga boy plazma qo‘llanilgandan so‘ng sinovial suyuqlikning tarkibiy qismlari va tog‘ay to‘qimalarida yallig‘lanish elementlarining pasayishi aniqlangan;
bemorlarda dalillarga asoslangan tibbiyot nuqtai nazaridan, tizza bo‘g‘im teoartrozlarining klinik bosqichlarida trombotsitlarga boy plazma yuborish orqali bo‘g‘im faoliyatining anatomo-funksional holati yaxshilanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2025 yil 15 yanvardagi 11/31– son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk marotoba osteoartrozi davolash uchun tavsiya etilgan usuldan foydalanish bemorlarda shish, giperemiya va bo‘g‘imlarda og‘riqlar darajasining pasayishi bilan namoyon bo‘ladigan klinik samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Travmatologiya va ortopediya amaliyotida trombotsitar autoplazmaning tizza bo‘g‘imini osteoartrozlarini standart davolash kompleksiga qo‘shilishi, bemorlarni davolash sifati va samaradorligini oshirishi, davolash muddatining qisqartirishi va kasallik remissiya davrining uzayishiga hamda kasallikning erta va kechki asoratlarini oldini olish uchun imkon yaratgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (13.10.2023 y.; №117-1), Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (05.01.2023 y.; №83) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Tizza bo‘g‘imi osteoartrozlari bilan zararlangan bemorlarda zararlanish alomatlarini erta tashxislash, asosiy kasallikning asoratlarini oldini olish, kasallik oqibatini o‘z vaqtida bashorat qilishning takomillashtirilgani bemorlarning tezroqsog‘ayib ketishi,bemorlarning shifoxonada bo‘lish kunlarining qisqarishi, shu orqali bemorlarning hayot sifati va ularning sog‘lomlashtirish holatini oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: tizza bo‘g‘imi osteoartrozlari bilan zararlangan bemorlarda autotrombotsitar massa (ATM) qo‘llanilgandan so‘ng bo‘g‘im sinovial suyuqligining biokimyoviy tarkibini baholash ushbu patologik holat bemorlarning holatiga ta’sirini qiyosiy baholashni o‘rganishga bag‘ishlangan. Natijada ushbu uslubiy tavsiyanoma tizza bo‘g‘imi osteoartrozlari bilan zararlangan bemorlarda sinovial suyuqlikning biokimyoviy holatini baholash uchun klinik va biokimyoviy tadqiqotlar samaradorligini oshirish imkonini berdi va shu bilan birgalikda bu ilmiy tadqiqotlar uchun uchun ajratilganmablag‘ni tejash imkonini berdi. 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1480000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 880000 so‘mga tejalishi imkonini bergan. Xulosa: Tizza bo‘g‘imi artrozlarini kompleks davolashda autotrombotsitar massani qo‘llash uchun ishlab chiqarilgan algoritm kasallikning og‘irlik darajasini aniqlash, tavsiya etilgan terapiyani optimallashtirish va davolash samaradorligini oshirish uchun imkon yaratdi.
ikkinchi ilmiy yangilik:ilk marotoba tadqiqotga kiritilgan bemorlar zararlangan tizza bo‘g‘imida trombotsitlarga boy plazma qo‘llanilganda bo‘g‘im tog‘ayi degenerativ jarayonlarni remissiyasi va dinamikada qayta tiklanib borishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati:tizza bo‘g‘imi osteoartrozlarini standart davolash kompleksiga trombotsitar autoplazmaning qo‘shilishi, an’naviy davolash usullari bilan taqqoslaganda klinik samaradorligining yuqoriligi travmatologiya va ortopediya amaliyoti uchun eng muhim ahamiyatli ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (13.10.2023 y.; №117-1), Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (05.01.2023 y.; №83) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Tizza bo‘g‘imi osteoartrozlari bilan zararlangan bemorlarda zararlanish alomatlarini erta tashxislash, asosiy kasallikning asoratlrini oldini olish, kasallik oqibatini o‘z vaqtida bashorat qilishning takomillashtirilgani bemorlarning tezroqsog‘ayib ketishi,bemorlarning shifoxonada bo‘lish kunlarining qisqarishi, shu orqali bemorlarning hayot sifati va ularning sog‘lomlashtirish holatini oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: tizza bo‘g‘imi osteoartrozlari bilan zararlangan bemorlarda ATM qo‘llanilgandan so‘ng bo‘g‘im sinovial suyuqligining biokimyoviy tarkibini baholash ushbu patologik holat bemorlarning holatiga ta’sirini qiyosiy baholashni o‘rganishga bag‘ishlangan. Natijada ushbu uslubiy tavsiyanoma tizza bo‘g‘imi osteoartrozlari bilan zararlangan bemorlarda sinovial suyuqlikning biokimyoviy holatini baholash uchun klinik va biokimyoviy tadqiqotlar samaradorligini oshirish imkonini berdi va shu bilan birgalikda bu ilmiy tadqiqotlar uchun uchun ajratilganmablag‘ni tejash imkonini berdi. 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1480000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 880000 so‘mga tejalishi imkonini bergan. Xulosa: Tizza bo‘g‘imining yallig‘lanish kasalliklarini autotrombotsitar massani qo‘llab davolash va standart davolashning klinik-ekonomik natijalari shuni ko‘rsatdiki, yallig‘lanish klinik belgilarining yo‘qolib ketishi hamda sinovial suyuqlik ko‘rsatkichlarining me’yorlashuvi, tizza bo‘g‘imi harakatining mo‘’tadillashuvi, sinovial suyuqlik tarkibi biokimyoviy holatining me’yorlashuvi kasallikning og‘ir darajasini davolashda kompleks davoda autotrombotsitar massa qo‘llanilishi davolash samardorligini oshirganligidan dalolat berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk marotoba tizza bo‘g‘imi artrozida trombotsitlarga boy plazma qo‘llanilgandan so‘ng sinovial suyuqlikning tarkibiy qismlari va tog‘ay to‘qimalarida yallig‘lanish elementlarining pasayishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati:tizza bo‘g‘imi osteoartrozlarini davolash kompleksiga autotrombotsitar massaning qo‘llanilishi, davolash usulini optimallashtirish bilan bir qatorda kasallikning erta profilaktikasi hamda asoratlarini oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (13.10.2023 y.; №117-1), Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (05.01.2023 y.; №83) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Tizza bo‘g‘imi osteoartrozlari bilan zararlangan bemorlarda zararlanish alomatlarini erta tashxislash, asosiy kasallikning asoratlrini oldini olish, kasallik oqibatini o‘z vaqtida bashorat qilishning takomillashtirilgani bemorlarning tezroqsog‘ayib ketishi,bemorlarning shifoxonada bo‘lish kunlarining qisqarishi, shu orqali bemorlarning hayot sifati va ularning sog‘lomlashtirish holatini oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: tizza bo‘g‘imi osteoartrozlari bilan zararlangan bemorlarda ATM qo‘llanilgandan so‘ng bo‘g‘im sinovial suyuqligining biokimyoviy tarkibini baholash ushbu patologik holat bemorlarning holatiga ta’sirini qiyosiy baholashni o‘rganishga bag‘ishlangan. Natijada ushbu uslubiy tavsiyanoma tizza bo‘g‘imi osteoartrozlari bilan zararlangan bemorlarda sinovial suyuqlikning biokimyoviy holatini baholash uchun klinik va biokimyoviy tadqiqotlar samaradorligini oshirish imkonini berdi va shu bilan birgalikda bu ilmiy tadqiqotlar uchun uchun ajratilganmablag‘ni tejash imkonini berdi. 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1480000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 880000 so‘mga tejalishi imkonini bergan. Xulosa: Bemorlarda tizza bo‘g‘imi osteoartrozining yuqori darajada tarqalganligi sababli, ushbu kasallikning dastlabki belgilarini aniqlash uchun har oylik dispanser kuzatuvini o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bemorlarda dalillarga asoslangan tibbiyot nuqtai nazaridan, tizza bo‘g‘im teoartrozlarining klinik bosqichlarida trombotsitlarga boy plazma yuborish orqali bo‘g‘im faoliyatining anatomo-funksional holati yaxshilanishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati:trombotsitar autoplazma bilan tizza bo‘g‘imi osteoartrozlarini davolash sifati va samaradorligioshganligi, davolash muddati qisqarganligi, remissiya davri uzayganligi, bo‘g‘im osteoartrozlarini davolash kompleksiga autotrombotsitar massadan foydalanishning kiritilishi davolashni optimallashtirish bilan bir qatorda kasallikning erta va kechki asoratlarining oldini olish imkonini yaratganligi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (13.10.2023 y.; №117-1), Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (05.01.2023 y.; №83) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Tizza bo‘g‘imi osteoartrozlari bilan zararlangan bemorlarda zararlanish alomatlarini erta tashxislash, asosiy kasallikning asoratlrini oldini olish, kasallik oqibatini o‘z vaqtida bashorat qilishning takomillashtirilgani bemorlarning tezroqsog‘ayib ketishi,bemorlarning shifoxonada bo‘lish kunlarining qisqarishi, shu orqali bemorlarning hayot sifati va ularning sog‘lomlashtirish holatini oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: tizza bo‘g‘imi osteoartrozlari bilan zararlangan bemorlarda ATM qo‘llanilgandan so‘ng bo‘g‘im sinovial suyuqligining biokimyoviy tarkibini baholash ushbu patologik holat bemorlarning holatiga ta’sirini qiyosiy baholashni o‘rganishga bag‘ishlangan. Natijada ushbu uslubiy tavsiyanoma tizza bo‘g‘imi osteoartrozlari bilan zararlangan bemorlarda sinovial suyuqlikning biokimyoviy holatini baholash uchun klinik va biokimyoviy tadqiqotlar samaradorligini oshirish imkonini berdi va shu bilan birgalikda bu ilmiy tadqiqotlar uchun uchun ajratilganmablag‘ni tejash imkonini berdi. 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1480000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 880000 so‘mga tejalishi imkonini bergan. Xulosa: Tizza bo‘g‘imi osteoartrozi bilan kasallangan bemorlarda klinik va MRT nazorati davolash uchun zaruriy bo‘lib, har 6 oyda Autotrombotsitar massani qo‘llagan holda 2 chi davolash kursini takroriy o‘tkazish lozim.