Xasanova Kamola Musadjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak ishemik kasalligida uyqu buzilishlarining polisomnografik ko‘rsatkichlari va kognitiv-bixevioral terapiyasi imkoniyatlari”, 19.00.04-Tibbiy psixologiya,14.00.06-Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3983.
Ilmiy rahbarlar: Ibodullaev Zarifboy Rajabovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Maxkamova Nargiza Utkurovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Abdimumin Ibragimovich, psixologiya fanlari doktori, professor, Nasirova Zarina Akbarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazai.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: turg‘un yurak ishemik kasalligida uyqu buzilishlarini neyro-psixologik sinamalar orqali tashxislash va kognitiv-bixevioral psixoterapiya yordamida davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurak ishemik kasalligiga olib keluvchi xavf omillari, uyqu buzilishlaridan insomniya va xurrak tufayli tungi uyquda nafas olish jarayonining vaqtinchalik yoki qisman to‘xtashi (apnoe/gipopnoe)ning birgalikda kuzatilishi polisomnografiya usulida COMISA sindromining xastalikni bashoratlashda salbiy ta’sirining o‘rnini uyqu buzilishi skrining so‘rovnomasi hamda sub’ektiv shikoyatlari modifikatsiya qilingan shkalaning natijalari asosida isbotlangan;
yurak ishemik kasalligida polisomnografiya ko‘rsatkichlaridan apnoe/gipopnoe indeksining 5/soatdan yuqori bo‘lishi trigliserid, juda past zichlikdagi lipoproteid, aterogenlik koeffisienti, nahorgi glyukoza va kreatinining qondagi miqdorining o‘zgarishi o‘rtasida o‘zaro to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik natijasida xastalik asoratlarining ortishi va o‘limning yuzaga kelishi asoslangan;
yurak ishemik kasalligida uyquning buzilishini kognitiv-bixevioral terapiya ko‘nikmalarini bemorlarda shakllantirish natijasida davomli ijobiy havo bosimi (SRAR) bilan davolashga bo‘lgan moyillik, davolanish davomiyligini oshirishi bilan birgalikda bemorlardagi qo‘rquv, tushkunlik va xavotir sindromini kamaytirish orqali nafas to‘xtashining oldini olish va davolash samaradorligini oshirish imkonining yuqoriligi isbotlangan;
sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda yurak ishemik kasalligini erta bosqichida tashxislash prediktorlari va bashoratlash ta’sir etuvchi alomatlarini ajratish orqali ularning oldini olishga qaratilgan ruhiy psixologik taktikaning samardorligini baholash tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Turg‘un YuIKda uyqu buzilishlarining klinik va neyro-psixologik ta’sirini o‘rganish va kognitiv-bixevioral psixoterapiya orqali davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: uyqu buzilishlarini erta bosqichlarda aniqlash va oldini olish maqsadida “Uyqu buzilishlarining skrining so‘rovnomasi” ishlab chiqilgan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali 26 iyul` 2024 yil 19-son buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat mintaqaviy filiali 04.07.2024 yildagi 42/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2024 yil 1 iyuldagi 01-19007-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 15 maydagi 679-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan). Ijtimoiy samaradorligi. Skrining so‘rovnoma yordamida uyqu buzilishlarining turini erta davrlarda aniqlash, psixoemotsional va kognitiv holatni baholash va keyingi yo‘nalishni tanlash, ya’ni chuqurlashtirilgan tekshiruv – PSG yoki kardiorespirator monitoringga yo‘naltirishga ehtiyojni ko‘rsatadi. Bemorlarda faqat uyqusizlik aniqlansa PSG, agar xurrak va nafas etishmovchiligiga shubha bo‘lsa kardiorespirator monitoring etarli. Iqtisodiy samaradorligi. Bemorlarda PSG tekshiruvini o‘kazish 680000 so‘mni (statsionar sharoitda tungi uyqu davrida tekshiriladi) tashkil qiladi. Kardiorespirator monitoring 212000 so‘mni tashkil qiladi (uy sharoitida ham o‘tkazish mumkin). Xulosa. Uyqu buzilishlarining turini avvaldan taxminiy aniqlab, keyin tekshiruvlarga yuborish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 468000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: YuIKda PSG ko‘rsatkichlaridan AGIning yuqori bo‘lishi xavotir-tushkunlik, kognitiv buzilishlar uchrashini va biokimyoviy tahlillarda mochevina, kreatinin, qonda nahordagi glyukoza va juda past zichlikdagi lipoproteidlar miqdorining yuqori bo‘lishi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialining 26 iyul` 2024 yil 19-son buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat mintaqaviy filialining 04.07.2024 yildagi 42/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2024 yil 1 iyuldagi 01-19007-son xulosasiga ko‘ra ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 15 maydagi 679-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan).  Ijtimoiy samaradorligi. Uyqu buzilishlaridan UOASning erta davrlarda aniqlanishi va korreksiya qilinishi qayta gospitalizatsiyaning oldini oladi. Iqtisodiy samaradorligi. Uyqu buzilishlari va og‘ir asoratlardan obstruktiv apnoe sindromini erta aniqlash va davolash qayta gospitalizatsiyaning oldini oladi. Uyqu buzilishlari va psixoemotsional holat korreksiya qilinmasa va bemor ahvoli og‘irlashsa, gospitalizatsiyaga yo‘llanma beriladi, RIKIATM da o‘rtacha davolanish davomiyligi 10 kun bo‘lib, 1 kungi davolanish narxi 960000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa. Uyqu buzilishlarini erta aniqlash va davolash har bir bemor uchun byudjet hisobidan 9600000 so‘mning tejalishiga olib keladi;
uchinchi ilmiy yangilik: YuIKda UOAS va insomniya (COMISA) komorbid holatida davolash algoritmi ishlab chiqildi va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialining 26 iyul` 2024 yil 19-son buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat mintaqaviy filialining 04.07.2024 yildagi 42/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2024 yil 1 iyuldagi 01-19007-son xulosasiga ko‘ra ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 15 maydagi 679-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan). Iqtisodiy samaradorligi. Bir bemor uchun 6 oy davomida davolanish o‘rtacha standart dorilarni qabul qilishdan tashqari psixofarmakoterapiya bilan birgalikda 7 180 000 so‘mni tashkil qiladi. Har bir bemor yuqoridagi dori vositalarini o‘rtacha 6 oy davomida qabul qilishini quyidagi formula bilan hisoblash mumkin: Dx=(Dₚ+Kq+ Uₚ)×Dm, bu erda Dx – Davolash xarajatlari, Dₚ – Psixofarmakoterapiya (antidepressant), Kₚ – Kognitiv preparatlar, Uₚ - Uyqu vositalari, Dm – Davolash muddati, Dx = (107 000+144 000+166 000) x 6 = 2 502 000 so‘m. YuIKlarida aniqlangan har bir bemorda uyqu buzilishlari, kognitiv o‘zgarishlar va psixoemotsional statusni kognitiv-bixevioral terapiya (KBT) orqali korreksiya qilinganda ya’ni davolash o‘rtacha uch marta o‘tkaziladi va bir kurs terapiya narxi 75 000 so‘mni tashkil qiladi. Keyingi bosqichlarda bemorlarga KBT usullarini uy sharoitida o‘tkazish o‘rgatiladi. KBT ning afzalligi, YuIK mavjud bemor bilan statsionar yoki ambulatoriya sharoitida 3 marta shug‘ullaniladi va ko‘nikmalarni uy sharoitida bajarish o‘rgatiladi. KBT yordamida bemorlar uy sharoitida dori vositalarisiz psixoemotsional holat, uyqu buzilishlari va kognitiv buzilishlarni korreksiya qilishlari mumkin. Taklif qilinayotgan terapiya uchun: Dx=Kₜ x Dm = 75 000 x 3 = 225 000 so‘m. Kₜ - KBT, Dm –  Davolash muddati, agar KBT ning iqtisodiy samaradorligini baholaydigan bo‘lsak:
(2502000 – 225000)  x 100%2502000
Shunday qilib, taklif qilinayotgan KBTni qo‘llash orqali har bir bemorda 6 955 000 so‘mni tejab qolishga erishiladi. Xulosa. Uyqu buzilishlarida KBTni 3 marta qo‘llash orqali 2277000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilish imkonini bergan;  
to‘rtinchi ilmiy yangilik: YuIKni oldini olish, erta tashxislash va bashorat qilish maqsadida ilk bor sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialining 26 iyul` 2024 yil 19-son buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat mintaqaviy filialining 04.07.2024 yildagi 42/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2024 yil 1 iyuldagi 01-19007-son xulosasiga ko‘ra ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 15 maydagi 679-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan). Ijtimoiy samaradorligi. Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda YuIKning kelib chiqishiga va prognoziga ta’sir etuvchi alomatlar o‘rganilib, kasallikning erta bosqichlarda yuzaga kelishining oldi olinadi va kasallik aniqlanganda erta bosqichlarda korreksiya qilinadi.  Iqtisodiy samaradorligi. YuIKda uyqu buzilishlari aniqlangan bemorlar uchun ambulator-profilaktika choralari, milliy standartlarga asoslangan holda davolash algoritmini ishlab chiqish moddiy xarajatlar miqdorini 91% ga kamayishini ko‘rsatdi. Xulosa. YuIKda uyqu buzilishlarining erta davrlarda aniqlanishi natijasida qayta gospitalizatsiya va ortiqcha mablag‘ sarflashning oldini olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish