Mamaraimova Dildora Bahtiyarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilini oqitishda turizm sohasidagi talabalar–bo‘lajak mutaxassislarning leksik kompetensiyasini takomillashtirish”, 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2729.
Ilmiy rahbar: Axmedova Layloxon Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
           Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02.
Rasmiy opponentlar: Isroilova Dildora Muxtorovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamirbaeva Dina Jaksibaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
            Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
            Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini interfaol texnologiyalardan foydalanib o‘qitish asosida ishbilarmonlik turizmi sohasidagi talabalar – bo‘lajak mutaxassislarning leksik kompetensiyasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: kasbiy terminlarni konstruktiv muhokama qilish ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qiluvchi “Inkremental (bosqichma-bosqich) leksik o‘zlashtirish mexanizmi (Incremental mechanism of lexical acquisition)” lingvostatistik tahlil asosida faol lug‘at minimumini belgilash va lingvistik hamda lingvodidaktik yondashuvlar asosida ishlab chiqilib, uning amaliy qo‘llanilishi natijasida talabalarning kasbiy muloqotda soha terminlarini to‘g‘ri va samarali qo‘llash malakalari takomillashtirilgan;
               leksikani o‘qitishda vujudga keluvchi fossilizatsiya (qotib qolish), interferensiya, muloqot texnikasi, chet tilidagi bilimlarni o‘zlashtirish va qo‘llash hamda kommunikativ to‘siqlar kabi psixologik omillarni engish bosqichlari kognitiv, emotsional va kommunikativ yondashuvlarni uyg‘unlashtirishga asoslangan integratsiyalangan lingvopsixologik model orqali asoslanib, natijada mazkur omillarni engishning ongli anglash, emotsional tayanchni shakllantirish, strategik yondashuvni qo‘llash va muloqot faolligini oshirish kabi bosqichlari aniqlangan;
              samaradorlikka erishishga xizmat qiluvchi “VADEMEKUM” mashqlar tizimi muhim vosita ekanligi, turizm terminlar tizimining majburiylik, leksikografik o‘rganilganlik, talabalarning turizm bo‘yicha nazariy bilimlarini hisobga olish kabi faol leksik minimum mezonlari hamda interfaol texnologiyalar (“Progressiv bahs”, “Akvarium”, Empatiya metodi (shaxsiy analogiya))ni o‘zaro vertikal integratsiya qilish asosida dalillangan;
              B2 darajadagi leksik kompetensiyani takomillashtirishning innovatsion ta’lim modeli ishlab chiqilib, uning samaradorligi leksik kompetensiyasining lingvistik, metodologik va psixologik komponentlarini takomillashtirish bo‘yicha funksional mexanizm (kognitiv-integrativ mexanizm, kommunikativ-pragmatik mexanizm)lar orqali, hamda nofilologik ta’lim muassasalarida leksikani o‘qitish mazmunining tarkibiga kognitiv-kommunikativ komponentni qo‘shish asosida isbotlangan. 
IV.Tadqiqotning natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘qitishda ishbilarmonlik turizmi sohasidagi talabalar – bo‘lajak mutaxassislarda leksik kompetensiyani oshirish bo‘yicha olingan natijalar, ishlab shiqilgan metodik va amaliy tavsiyalar asosida:            talabalarda biznes-turizmga oid kasbiy terminlarni konstruktiv muhokama qilish ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qiluvchi “Inkremental (bosqichma-bosqich) leksik o‘zlashtirish mexanizmi (Incremental mechanism of lexical acquisition)” lingvostatistik tahlil asosida faol lug‘at minimumini belgilash va lingvistik hamda lingvodidaktik yondashuvlar asosida ishlab chiqilib, uning amaliy qo‘llanilishi natijasida talabalarning kasbiy muloqotda soha terminlarini to‘g‘ri va samarali qo‘llash malakalari takomillashtirishga oid ilmiy natijasidan “English-Russian educational dictionary of tourism terms” inglizcha-ruscha tematik lug‘ati yaratilgan (Publisher: GlobeEdit, ISBN: 978-620-0-64177-9, Dodo Books Indian Ocean Ltd. and OmniScriptum S.R.L Publishing Group, Republic of Moldova, Europe, 2023). Natijada turizm terminlari ishbilarmonlik turizm sohasidagi talabalar-bo‘lajak mutaxassislarning leksik kompetensiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
             leksikani o‘qitishda vujudga keluvchi fossilizatsiya (qotib qolish), interferensiya, muloqot texnikasi, chet tilidagi bilimlarni o‘zlashtirish va qo‘llash hamda kommunikativ to‘siqlar kabi psixologik omillarni engish bosqichlari kognitiv, emotsional va kommunikativ yondashuvlarni uyg‘unlashtirishga asoslangan integratsiyalangan lingvopsixologik model orqali asoslanib, natijada mazkur omillarni engishning ongli anglash, emotsional tayanchni shakllantirish, strategik yondashuvni qo‘llash va muloqot faolligini oshirish kabi bosqichlari aniqlanganligi borasidagi natijalardan “English for Tourism” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 29-iyundagi “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida”gi DGU 40883 raqamli guvohnomasi va Termiz davlat universitetining 2023-yil 11-oktyabrdagi 366-PO‘-sonli buyrug‘i asosidagi 366-PO‘-037-son nashr guvohnomasi) hamda interfaol texnologiyalar asosida ingliz tilini o‘qitishda ishbilarmonlik turizmi bo‘yicha talabalar-bo‘lajak mutaxassislarning leksik kompetensiyasini oshirish bo‘yicha takliflar “61010400 – Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)” yo‘nalishining malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 1-dekabrdagi 02/01-01-175-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanma va malaka talablari mazmuni ilmiy-nazariy tavsiyalar asosida boyitilgan;
              samaradorlikka erishishga xizmat qiluvchi “VADEMEKUM” mashqlar tizimi muhim vosita ekanligi, turizm terminlar tizimining majburiylik, leksikografik o‘rganilganlik, talabalarning turizm bo‘yicha nazariy bilimlarini hisobga olish kabi faol leksik minimum mezonlari hamda interfaol texnologiyalar (“Progressiv bahs”, “Akvarium”, Empatiya metodi (shaxsiy analogiya))ni o‘zaro vertikal integratsiya qilish asosida dalillanganligiga doir natijalaridan Termiz davlat universitetida  2021-2025-yillarda amalga oshirilishi mo‘ljallangan 617309-EPP-1-2020-1-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “Triggering innovative approaches and entrepreneurial skills for studens through creating conditions for graduate’s employability in Central Asia – TRIGGER” nomli loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 19-iyuldagi “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida”gi DGU 41452 raqamli guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “ Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining 2024-yil 29-iyuldagi “Mualliflik huquqi obektlarini deponentlash to‘g‘risida”gi 007859 raqamli guvohnomasi hamda Termiz davlat universitetining 2024-yil 8-avgustdagi 06/12-2613-son ma’lumotnomasi). Natijada ishbilarmonlik turizmi sohasidagi talabalar – bo‘lajak mutaxassislarning faol lug‘at boyligini va leksik kompetensiyani oshirishga erishilgan.
             B2 darajadagi leksik kompetensiyani takomillashtirishning innovatsion ta’lim modeli ishlab chiqilib, uning samaradorligi leksik kompetensiyasining lingvistik, metodologik va psixologik komponentlarini takomillashtirish bo‘yicha funksional mexanizm (kognitiv-integrativ mexanizm, kommunikativ-pragmatik mexanizm)lar orqali, hamda nofilologik ta’lim muassasalarida leksikani o‘qitish mazmunining tarkibiga kognitiv-kommunikativ komponentni qo‘shish asosida isbotlanganligi xususidagi mulohazalardan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli eshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 23-oktyabrdagi 04-36-1575-son ma’lumotnomasi). Natijada turizm sohasi mutaxassislari va talabalariga ingliz tilidan samarali foydalanish, kommunikativ madaniyatlararo, lingvomadaniy va tayanch kasbiy kompetensiyalarni o‘rgatishning mazmunli va muvozanatli yondashuvini tushuntirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish