Tojiboev Jaxongir Umidjon o‘g‘lining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kreativ yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi (pedagogika fanlari misolida)”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4401
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Siddiqov Baxtiyor Saidqulovich pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07. 
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich pedagogika fanlari doktori, professor; 
Siddiqov Ilyos Baxromovich, Falsafa fanlari doktori (DSc), professor, 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kreativ yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kreativ yondashuv asosida talabalarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari badiiy-estetik talab, me’yor va baholar bevosita badiiy ongda sifat o‘zgarishlariga olib keladigan mikro muhitdan makro muhitga o‘tishni ta’minlaydigan bifurkatsiya nuqtasiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonni amalga oshirishning motivatsion-qadriyatli, axborotli-bilishga doir bosqichlari “talaba – kreativlikka yo‘naltirilgan badiiy-estetik faoliyat – professor-o‘qituvchi” triadasiga muvofiq boshqaruv uslubining empatik tinglash, badiiy-estetik voqelikni adekvat ifoda etish texnikalarining optimalligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
kreativ yondashuv asosida talabalarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirish modelinining amaliy komponenti o‘qitishning individuallashgan, guruhli, ommaviy shakllariga muvofiq maxsus tanlangan vaziyatlarni tahlil etish, guruhiy munozara, mustaqil ish, o‘z-o‘zini tashxis etish topshiriqlarini bajarish jarayonida muammoli badiiy-estetik masalalarni muhokama qilish kabilarni o‘z ichiga qamrab oluvchi universal strategiyani ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kreativ ta’lim texnologiyasi Bushning 7 bosqichli strategiyasiga muvofiq morfologik matrisa, girlyand assotsatsiyalar, ijodiy munozarani tashkil etish, tadqiqotchilik o‘yinlarini pedagogik fanlarni o‘qitish jarayoni bilan adaptiv integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. kreativ yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
Kreativ yondashuv asosida talabalarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari badiiy-estetik talab, me’yor va baholar bevosita badiiy ongda sifat o‘zgarishlariga olib keladigan mikro muhitdan makro muhitga o‘tishni ta’minlaydigan bifurkatsiya nuqtasiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120-raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 25- yanvardagi 11-05-459/04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada kreativ yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari aniqlashtirishga erishilgan. 
Bo‘lajak pedagoglarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonni amalga oshirishning motivatsion-qadriyatli, axborotli-bilishga doir bosqichlari “talaba – kreativlikka yo‘naltirilgan badiiy-estetik faoliyat – professor-o‘qituvchi” triadasiga muvofiq boshqaruv uslubining empatik tinglash, badiiy-estetik voqelikni adekvat ifoda etish texnikalarining optimalligini bevosita hisobga olish orqali  takomillashtirishga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120-raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 25- yanvardagi 11-05-459/04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada kreativ yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishning mazmuni, tuzilmasi va bosqichlari aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan
kreativ yondashuv asosida talabalarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirish modelinining amaliy komponenti o‘qitishning individuallashgan, guruhli, ommaviy shakllariga muvofiq maxsus tanlangan vaziyatlarni tahlil etish, guruhiy munozara, mustaqil ish, o‘z-o‘zini tashxis etish topshiriqlarini bajarish jarayonida muammoli badiiy-estetik masalalarni muhokama qilish kabilarni o‘z ichiga qamrab oluvchi universal strategiyani ishlab chiqish asosida takomillashtirilga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120-raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan(Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 25- yanvardagi 11-05-459/04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada kreativ yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirish modelini takomillashtirish samaradorligi oshgan.
Talabalarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kreativ ta’lim texnologiyasi Bushning eti bosqichli strategiyasiga muvofiq morfologik matrisa, girlyand assosatsiyalar, ijodiy munozarani tashkil etish, tadqiqotchilik o‘yinlarini pedagogik fanlarni o‘qitish jarayoni bilan adaptiv integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirshga odi xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120-raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 25- yanvardagi 11-05-459/04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada kreativ yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni takomillashtirishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish