Olimova Nargizaxon Odilbek qizining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘qimachilik sanoati korxonalarini innovatsion rivojlanishida inson kapitalini boshqarish (Andijon viloyati misolida)”, 08.00.13 – Menejment, 08.00.10-“Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt1937
         Ilmiy rahbar: Xalilov Nurullo Xamidillaevich: iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD),  dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03. 
Rasmiy opponentlar: Xankeldieva Go‘zal Sherovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor (DSc);  Rejapov Xayrullo  Xikmatullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor (DSc).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik sanoati korxonalarini innovatsion rivojlanishida inson kapitalini boshqarishga  qaratilgan amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 uslubiy yondashuvga ko‘ra, “inson kapitalini boshqarishda innovatsion rivojlanish” tushunchasi inson kapitalini funksional mukammallashtirish va takomillashtirish orqali boshqaruv samaradorligiga erishishi asoslantirilgan; 
uslubiy yondashuvga ko‘ra, ekspert baholash natijalari asosida mahalliy toqimchilik sanoati korxonalari o‘rtasida “etalon korxonalarni” tashkil etish taklifi asoslangan; 
to‘qimachilik sanoati korxonalarini innovatsion rivojlantirishda milliy brend mahsulotlar va xizmatlar, raqamli dasturiy mahsulotlarning jahon bozorlariga kirishini tashkil etish taklifi asoslangan;
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati tarmog‘idagi korxonalarining inson kapitalini takomillashtirish asosida 2028-yilgacha bo‘lgan davrdagi sof foydaning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik sanoati korxonalarini innovatsion rivojlanishida inson kapitalini boshqarishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “inson kapitalini boshqarishda innovatsion rivojlanish” tushunchasi inson kapitalini funksional mukammallashtirish va takomillashtirish orqali boshqaruv samaradorligiga erishishi asoslantirilganligi tog‘risidagi ilmiy taklifidan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat 60411200-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi talabalari uchun “Operatsion menejment” nomli darslik tayyorlashda foydalanilgan. Mazkur darslik Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024-yil 27-dekabrdagi 938-K-sonli buyrug‘iga asosan, ro‘yxatga olish raqami 938-017 bilan chop etishga ruxsat berilgan guvohnoma.
uslubiy yondashuvga ko‘ra, ekspert baholash natijalari asosida mahalliy toqimchilik sanoati korxonalari o‘rtasida “etalon korxonalarni” tashkil etish  taklifidan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat 60411200-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi talabalari uchun “Operatsion menejment” nomli darslik tayyorlashda foydalanilgan. Mazkur darslik Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024-yil 27-dekabrdagi 938-K-sonli buyrug‘iga asosan, ro‘yxatga olish raqami 938-017 bilan chop etishga ruxsat berilgan guvohnoma.
to‘qimachilik sanoati korxonalarini innovatsion rivojlantirishda milliy brend mahsulotlar va xizmatlar, raqamli dasturiy mahsulotlarning jahon bozorlariga kirishini tashkil etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyulidagi PF165-sonli “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonining 4-bob 4.2-paragrafida foydalanilgan. Natijada “Khantex-group” MChJda   eksport  hajmi 2023-yilda 2019-yiga nisbatan 13,4 foizga,   “Xo‘jabod Fayz-M” MChJda eksport hajmi 2023-yilda 2018-yiga nisbatan 2,84 foizga, “Saxovat teks” MChJda eksport hajmi 2023-yilda 2018-yiga nisbatan 11,04 foizga oshgan; (Asos: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 15-maydagi 03/25-1031-sonli ma’lumotnomasi);
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati tarmog‘idagi korxonalarining inson kapitalini takomillashtirish asosida 2028-yilgacha bo‘lgan davrda sof foydaning prognoz parametrlari ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi “2022-2026-yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi VMQ-204-sonli qarorining II-ilovasida foydalanilgan. Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida innovatsion faoliyatni rivojlanishiga hamda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarida inson kapitalini boshqarish hisobiga innovatsion salohiyatni oshirishga erishish imkoniyati yaratilgan. Natijada “Saxovat teks”, “Xo‘jaobod Fayz M” va “Khantex group” MChJlarda sof foyda hajmi 2028-yilgachaga 2023-yilga nisbatan 7,8 mlrd. so‘mga, 10,0 mlrd. so‘mga va 52,4  mlrd. so‘mga oshirish imkoni yaratilgan. (Asos: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 15-maydagi 03/25-1031-sonli ma’lumotnomasi).Yuqoridagi keltirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar to‘qimachilik sanoati korxonalarini innovatsion rivojlanishida inson kapitalini boshqarishni takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, tarmoq faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy tadbirlarni, qisqa va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan strategiya va dasturlarni ishlab chiqishda keng foydalanish mumkin hamda mazkur soha faoliyatini kompleks rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish