Yusupova Shohzoda Yunus qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida  o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini shakllantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Artikbaeva Zamira Allayarovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Rahmatova Feruza Abulkosimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini shakllantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini shakllantirishga metodik tayyorgarligining didaktik imkoniyatlari mazmunga doir informatsion va amaliy blok komponentlarni kiritish hamda boshqaruvga doir tashkiliy, nazorat va  korreksion blok komponentlarni didaktik komponentlarga maqsadli moslashtirish asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini shakllantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish modeli iqtisodiy vaziyatlarga asoslangan integrativ ta’limning shaxsga yo‘naltirilganlik darajasini oshirish hamda xalqaro tajribalar asosida talabalarning iqtisodiy savodxonligining  rivojlanganlik dinamikasini tadqiq qilish hamda o‘quv jarayonida iqtisodiy savodxonlik tushunchalarini adaptiv optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini shakllantirish metodikasi maqsadli nazariy bilimlarga ega bo‘lish,  rejalashtirish, tahlil qilish jarayonlarining integrativ xususiyatlarini frontal yaxlitlash hamda  pedagogik nazorat darslarini hamkorlikda o‘qitish jarayoni bilan integrallashuvini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini shakllantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligi ilyustrativ, innovatsion, interfaol sifatlarni maqsadli tarkib toptirish, mazmunli muvofiqlashtirish va o‘zaro izchilligini ratsional ta’minlash hamda motivatsion, kognitiv, kreativ-jarayonli bosqichlarning natijadorligini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini shakllantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini shakllantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashga doir ishlanmalar “Boshlang‘ich ta’limda moliyaviy savodxonlik” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent Davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024 yil 27 dekabrdagi 5/4.1 – sonli qaroriga asosan berilgan 2024-645U-534 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini shakllantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirish imkoni yaratilgan. 
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini shakllantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish modeli tizimlilik, ko‘rgazmalilik va uzviylik kabi tamoyillardan foydalanish hamda ijodkorlik,  intensiv ko‘rsatkichlarini xalqaro tajribalarga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Boshlang‘ich ta’limda moliyaviy savodxonlik” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent Davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024 yil 27 dekabrdagi 5/4.1 – sonli qaroriga asosan berilgan 2024-645U-534 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini shakllantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishning modelini takomillashtirish imkoni oshirilgan. 
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini shakllantirishga o‘rgatish jarayoni integrativ ta’lim strategiyalariga doir o‘quv topshiriqlarining intensiv majmuasini rivojlantiruvchi maqsadga mos ravishda bosqichma-bosqich qo‘llash asosida takomillashtirish bo‘yicha ma’lumotlar “Boshlang‘ich ta’limda moliyaviy savodxonlik” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent Davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024 yil 27 dekabrdagi 5/4.1 – sonli qaroriga asosan berilgan 2024-645U-534 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini shakllantirishga an’anaviy kommunikativ metodlarning elektron didaktik vositalar bilan uzviy aloqasini ta’minlash asosida metodik tayyorgarligini takomillashtirishga erishilgan. 
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini shakllantirishga metodik tayyorgarligi motivatsion, kognitiv va kreativ-jarayonli bosqichlarining xalqaro talablarga mosligi hamda natijadorligini ta’minlash asosida takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’limda moliyaviy savodxonlik” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent Davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024 yil 27 dekabrdagi 5/4.1 – sonli qaroriga asosan berilgan 2024-645U-534 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini shakllantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligini aniqlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish