Rasulova Soxiba Ulug‘bekovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Amerika ilk romantizmi prozasining tili va badiiy xususiyatlari (Vashington Irving asarlari misolida)” 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil 4597
Ilmiy rahbar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01 
Rasmiy opponentlar: Umurova Go‘zal Xotamovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Samandarov Rustam Do‘syorovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Vashington Irving badiiy olamining satira va yumor vositasida aks etishida til, uslub hamda badiiyatdagi individual ifoda jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Vashington Irving satirik va yumoristik obrazlar yaratishda mubolag‘a, kinoya, tashbeh, istiora, intoq kabi til vositalaridan foydalanganligi asoslangan;
Irving ijodining “Al-Hamro” turkumiga kiruvchi asarlarida uch qiz farzand, shahzoda va malika, xoja va xizmatkor kabi sharq motivlari talqinida badiiy tilning arxaizm, istorizm, professionalizm singari stilistik vositalarini qo‘llaganligi isbotlangan;
Vashington Irving asarlari tiliga xos bo‘lgan tansiq as-sifat (bir necha jihatdan tasvirlash), jonlantirish, mubolag‘a, intoq kabi lingvopoetik vositalarning personajlar nutqida takroriyligi hamda ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni tasvirlashda tarixiy va badiiy haqiqat uyg‘unligini tarixiy shaxslar obrazi talqinida ochib berilgan hamda hayotiylik va haqqoniylikning kuchliligi dalillangan;
muallif asarlarida qahramonlar taqdiriga bevosita dahldor demokratik ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar hamda sokin, halovatli, betashvish o‘tmish va jadal, ilg‘or, notinch kelajak o‘rtasidagi ziddiyatli farqlar ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Amerika ilk romantizmi prozasi badiiy xususiyatlari va tili Vashington Irving ijodini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida: 
Vashington Irving satirik va yumoristik obrazlar yaratishda mubolag‘a, kinoya, tashbeh, istiora, intoq kabi til vositalaridan foydalanganligi asoslanganligi bo‘yicha Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturi 58545-EPP-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” grant loyihasi doirasida tilshunoslikdagi kompyuter lingvistikasiga oid atamalarning ijtimoiy-siyosiy leksik xususiyatlarini aniqlashda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 26-iyundagi1303/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda monografiyalar matnida til va nutq, lisoniy-ijtimoiy muhit personajlar tabiatining shakllanishiga salmoqli ta’sir ko‘rsatishi dalillangan. Shuningdek, ijtimoiy-etik qarashlar, qahramonlar va adib o‘rtasidagi biografik o‘xshashlik xususiyatlari til vositalari bilan bog‘liq holda tasvirlanishi ochib berilgan;
Irving ijodining “Al-Hamro” turkumiga kiruvchi asarlarida uch qiz farzand, shahzoda va malika, xoja va xizmatkor kabi sharq motivlari talqinida badiiy tilning arxaizm, istorizm, professionalizm singari stilistik vositalarini qo‘llaganligi isbotlanganligi haqida Evropa Ittifoqining “TEMPUS” dasturi Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasi doirasida dissertatsiya bo‘yicha erishilgan natijalari va ishlab chiqilgan tavsiyalaridan foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 26-iyundagi 1305/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, prozaning tili va uslubi o‘rganilayotgan jarayonda til tarqqiyotining derivatsion qonuniyatlari inobatga olinishi asarlaridagi badiiy tasvirlar, satira va yumorning ilmiy asoslab berilgani o‘zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligida jahon adabiyotining taʼsirini aniqlashga xizmat qilishi ushbu loyihani boyitishga asos bo‘lgan;
Vashington Irving asarlari tiliga xos bo‘lgan tansiq as-sifat (bir necha jihatdan tasvirlash), jonlantirish kabi lingvopoetik vositalarning personajlar nutqida takroriyligi hamda ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni tasvirlashda tarixiy va badiiy haqiqat uyg‘unligini tarixiy shaxslar obrazi talqinida ochib berilib, hayotiylik va haqqoniylikning kuchliligi dalillanganligi bo‘yicha Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida dissertatsiya ilmiy xulosalari va ilmiy natijalaridan foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 26-iyundagi 1304/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiq etilgan mavzu doirasida badiiy tasvirlar xususiyati lingvistik, matndagi madaniy tamoyillar lingvokulturologik va asardagi sharqona mavzularning badiiy-estetik xususiyatlari yozuvchi shaxsiy dunyoqarashidagi o‘zgarishlar, turli ijtimoiy-tarixiy qarashlar to‘qnashuvi kabi omillar taʼsirida asarlarda hayot haqiqatlari lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari, struktural qirralari til birliklarining funksional aspekti bilan bog‘liqligi ochib berilishiga erishilgan;
muallif asarlarida qahramonlar taqdiriga bevosita dahldor demokratik ijtimoiy- siyosiy o‘zgarishlar hamda sokin, halovatli, betashvish o‘tmish va jadal, ilg‘or, notinch kelajak o‘rtasidagi ziddiyatli farqlar ochib berilgan xulosalaridan O‘zbekiston MTRK Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK  Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 12-iyuldagi 01-07/190 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, Irving asarlarida ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni qahramonlarning taqdiri va ruhiy holatiga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatishi  orqali, u zamonaviy va tarixiy davrlar o‘rtasidagi keskin farqlarni yoritishi ko‘rsatuv ssenariysini ilmiy va ommabop ma’lumotlar bilan boyitilishiga zamin yaratdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish