Xolmatov Oybek Umarjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “E.M.Remark va O‘.Hoshimov romanlarida urush kishilari obrazining qiyosiy-tipologik talqini”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2021.4.PhD/Fil2132.
Ilmiy rahbar: Kasimov Abdugapir Abdikarimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sadikov Zoxid Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Rasulova Umida Yo‘ldosh qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Erix Mariya Remark va O‘tkir Hoshimov romanlarida aks ettirilgan urush kishilari obrazini qiyosiy-tipologik asosda tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
badiiy adabiyot taraqqiyotida urush kishilari obrazining paydo bo‘lish asoslari, mazkur qahramonlarga xos mubolag‘adorlik, ramziylik, individuallik kabi poetik xususiyatlar hamda davriy jihatdan farqlanishlar aniqlangan;
Erix Mariya Remark va O‘tkir Hoshimov romanlaridagi urush kishilari tasviri qiyosiy-tipologik tasnif asosida tizimlashtirilib, XX asr nemis va o‘zbek harbiy prozasida patsifizm g‘oyasining yetakchi xususiyat kasb etganligi ilmiy asoslangan;
“Ush og‘ayni” va “Tushda keshgan umrlar” romanlarida yo’qotilgan avlod muammosi qahramon ruhiyati va tafakkuridagi o’zgarishlar negizida yoritilgani, askar obrazi dinamikasi urushga raddiyani namoyon etishda hal qiluvshi ahamiyatga egaligi isbotlangan;
“G‘arbiy frontda o’zgarish yo’q” va “Tushda keshgan umrlar” romanlarida dushman obrazi sarkazm hamda paradoks usullari vositasida talqin etilib, g‘oyaviy-falsafiy jihatdan “asl dushman” masalasini fosh etish funksiyasini bajarganligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. E.M.Remark va O‘.Hoshimov romanlarida urush kishilari obrazini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
badiiy adabiyot taraqqiyotida urush kishilari obrazining paydo bo‘lish asoslari, mazkur qahramonlar tasviridagi mubolag‘adorlik, ramziylik, individuallik kabi poetik xususiyatlar hamda davriy jihatdan farqlanishlar asosidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 4-sentyabrdagi 359/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy ahamiyati ortdi;
Erix Mariya Remark va O‘tkir Hoshimov romanlaridagi urush kishilari tasviri qiyosiy-tipologik tasnif asosida tizimlashtirilib, XX asr nemis va o‘zbek harbiy prozasida patsifizm g‘oyasining yetakchi xususiyat kasb etganligi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-043429 raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo’limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 21-noyabrdagi №545-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida loyiha materiallari urush mavzusining nemis va o‘zbek harbiy prozasidagi talqinlari, urush kishilari obraziga xos poetik xususiyatlarning qiyosiy tahliliga doir xulosalar vositasida ilmiy asoslar va samarador tahliliy materiallar bilan boyidi;
“Ush og‘ayni” va “Tushda keshgan umrlar” romanlarida “yo’qotilgan avlod” muammosi qahramon ruhiyati va tafakkuridagi o’zgarishlar negizida yoritilgani, askar obrazi dinamikasi urushga raddiyani namoyon etishi bo‘yicha ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali ijodkorlari tomonidan 2024-yil uchinchi choragida efirga uzatilgan “Bir asar tarixi” radioeshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 13-sentyabrdagi №14-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Tushda kechgan umrlar” romani haqida berilgan ma’lumotlar, romanda ifodalangan obrazlarga xos xususiyatlar to‘g‘risidagi nazariy xulosalari eshittirishning mazmunini boyitishga xizmat qildi;
E.M.Remark va O‘.Hoshimov romanlarida dushman obrazi sarkazm va paradoks usullari vositasida talqin etilib, g‘oyaviy-falsafiy jihatdan “asl dushman” masalasini fosh etish funksiyasini bajarganligi to‘g‘risidagi tahlil va xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida 2019–2021-yillarda bajarilgan “EMI (English as a Medium of Instruction)” xalqaro loyiha doirasida samarali va keng foydalanilgan. Natijada bajarilgan ishlar yangi ilmiy tahlillar va xulosalar bilan boyitilib, loyihaning ilmiy-nazariy ahamiyati ortdi.