Xolboboeva Aziza Sherboboevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillaridagi reklama diskursining antroposentrik mohiyati”, 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (ingliz tili), (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2023.3.DSc/Fil663 . 
      Ilmiy maslahatchi: Bakieva Gulandom Hisamovna filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/.27.01.
    Rasmiy opponentlar: Xudayberganova Durdona Sidikovna filologiya fanlari doktori, professor; Siddiqova Iroda Abduzuhurovna filologiya fanlari doktori, professor; Normurodova Nozliya Zarilovna filologiya fanlari doktori,dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz va o’zbek tillaridagi reklama diskursining antropotsentrik mohiyatini ochib berishdan iborat .
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ontologik nuqtayi nazardan antropotsentrizm “inson” to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalanadigan ba’zi lisoniy birliklarning xususiyati sifatida ingliz va o‘zbek tillaridagi reklama diskursi lingvistik jihatdan turli aspektlar orqali idrok etilishi, ingliz va o‘zbek reklama diskursidagi asosiy farq til uslubi va madaniy ta’sirda namoyon bo‘lishi chog‘ishtirma tahlil va tasviriy metod negizida dalillangan; 
kod-switching, metaforik vositalar, pragmatik strategiyalar hamda multimodal yondashuvlar negizida reklama matnlarining lingvistik xususiyatlarini korpus lingvistikasi, psixolingvistika va diskurs tahlili nuqtayi nazaridan tadqiq etilishi reklama tilining rivojlanish dinamikasini chuqurroq tushunishga xizmat qilishi aniqlangan;
GEShtalt prinsiplari vositasida reklamada vizual elementlar uyg‘unlashib, diqqatni jalb qilish va xotirada saqlanish samaradorligini oshirishi, Blending nazariyasi orqali esa reklama matnida yangi ma’nolar paydo qilishi, tomoshabinda murakkab va ta’sirchan semantik effekt hosil qilib, reklamani tez va oson qabul qilishga yordam berishi kognitiv nazariyalar, xususan, GEShtalt, blending va freym nazariyasi negizida dalillangan;
ingliz reklama matnlarida elliptik tuzilmalar, parataktik birikmalar va imperativ gaplar ustunlik qilishi, o‘zbek reklama diskursida esa redundantlik, takrorlash va anaforik birliklar orqali muloqotning ekspressiv ta’siri oshishi, ingliz tilidan olingan yangi so‘z va iboralar reklama tilining kreativligiga hissa qo‘shib, ijobiy reklama imijini modellashtirishi hamda persuatsiv effekt  hosil qilishi diskursiv tahlil asosida ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi reklamalarda gender tasviri ko‘pincha stereotipik bo‘lib, o‘zbek reklamasida ayollar ko‘pincha uy bekasi, g‘amxo‘r ona yoki go‘zallik timsoli sifatida; erkaklar esa muvaffaqiyatli tadbirkor, kuchli va ishonchli rahbar sifatida; ingliz reklamasida esa ayollar moda, kosmetika, uy-ro‘zg‘or buyumlari reklamalarida markaziy o‘rinda bo‘lsa, erkaklar texnologiya va biznes sohalarida ko‘proq aks ettirilishi chog‘ishtirma tahlil orqali dalillangan; 
ingliz tilidagi reklamalar individualistik qadriyatlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, innovatsiyaga, dinamik va samaradorlikka urg‘u berishi, o‘zbek reklama diskursi esa ko‘proq milliy an’analarga asoslangan bo‘lib, samimiylik va jamoaviylikni targ‘ib qilishi, har ikkala tildagi reklama diskursida raqamli texnologiyalar va neyroreklama brendlarning mijozlar bilan yanada yaqin aloqa o‘rnatishiga xizmat qilishi, sun’iy intellekt, AR/VR, chatbotlar, neyrolingvistik dasturlash kabi texnologiyalar reklamani interaktiv va ta’sirchan qilishi kross-madaniy va statistik tahlil asosida isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o’zbek tillaridagi reklamaning antropotsentrik mohiyatini chog‘ishtirma tadqiq etish jarayonida olingan natijalar asosida:
ontologik nuqtayi nazardan antropotsentrizm “inson” to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalanadigan ba’zi lisoniy birliklarning xususiyati sifatida ingliz va o‘zbek tillaridagi reklama diskursi lingvistik jihatdan turli aspektlar orqali idrok etilishi, ingliz va o‘zbek reklama diskursidagi asosiy farq til uslubi va madaniy ta’sirda namoyon bo‘lishi chog‘ishtirma tahlil va tasviriy metod negizida dalillanganiga oid xulosalardan O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2021–2022-yillarda bajarilgan “O‘zbekistonning geografik obektlari uchun ko‘p tildagi elektron lug‘at yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 15-dekabrdagi 04-696-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif qilingan tavsiya va xulosalar amaliy loyiha mazmunining takomillashishiga xizmat qilgan;
kod-switching, metaforik vositalar, pragmatik strategiyalar hamda multimodal yondashuvlar negizida reklama matnlarining lingvistik xususiyatlarini korpus lingvistikasi, psixolingvistika va diskurs tahlili nuqtayi nazaridan tadqiq etilishi reklama tilining rivojlanish dinamikasini chuqurroq tushunishga xizmat qilishi aniqlangani xususidagi mulohazalardan Guliston davlat universiteti va Arkansas (AQSh) Spring International Language Center hamkorligida amalga oshirilgan “English language capacity building project” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Guliston davlat universitetining 2023-yil 1-iyundagi 158-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan elektron manbalar mundarijasi boyitilgan; 
GEShtalt prinsiplari vositasida reklamada vizual elementlar uyg‘unlashib, diqqatni jalb qilish va xotirada saqlanish samaradorligini oshirishi, Blending nazariyasi orqali esa reklama matnida yangi ma’nolar paydo qilishi, tomoshabinda murakkab va ta’sirchan semantik effekt hosil qilib, reklamani tez va oson qabul qilishga yordam berishi kognitiv nazariyalar, xususan, GEShtalt, blending va freym nazariyasi negizida dalillangani borasidagi nazariy taklif va tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2020–2023-yillarda bajarilgan A-OT-2019-10 “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 15-iyuldagi 04/1-1841-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy matnlarda o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatishda lisoniy va nolisoniy faktorlarning  turli madaniyatlarda o‘ziga xosligini aniqlashga va ularning shakllanish tamoyillarini yoritishga erishilgan;
ingliz reklama matnlarida elliptik tuzilmalar, parataktik birikmalar va imperativ gaplar ustunlik qilishi, o‘zbek reklama diskursida esa redundantlik, takrorlash va anaforik birliklar orqali muloqotning ekspressiv ta’siri oshishi, ingliz tilidan olingan yangi so‘z va iboralar reklama tilining kreativligiga hissa qo‘shib, ijobiy reklama imijini modellashtirishi hamda persuatsiv effekt  hosil qilishi diskursiv tahlil asosida ochib berilgan xulosa va materiallardan O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Milliy PR-markazi” faoliyatida samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasining 2024-yil 18-iyuldagi 01-03/582-son ma’lumotnomasi). Natijada reklama diskursini ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida anglashga narrativlikni qo‘llash orqali amalga oshirilishi aniqlanishiga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi reklamalarda gender tasviri ko‘pincha stereotipik bo‘lib, o‘zbek reklamasida ayollar ko‘pincha uy bekasi, g‘amxo‘r ona yoki go‘zallik timsoli sifatida; erkaklar esa muvaffaqiyatli tadbirkor, kuchli va ishonchli rahbar sifatida; ingliz reklamasida esa ayollar moda, kosmetika, uy-ro‘zg‘or buyumlari reklamalarida markaziy o‘rinda bo‘lsa, erkaklar texnologiya va biznes sohalarida ko‘proq aks ettirilishi chog‘ishtirma tahlil orqali dalillangan hamda  ingliz tilidagi reklamalar individualistik qadriyatlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, innovatsiyaga, dinamik va samaradorlikka urg‘u berishi, o‘zbek reklama diskursi esa ko‘proq milliy an’analarga asoslangan bo‘lib, samimiylik va jamoaviylikni targ‘ib qilishi, har ikkala tildagi reklama diskursida raqamli texnologiyalar va neyroreklama brendlarning mijozlar bilan yanada yaqin aloqa o‘rnatishiga xizmat qilishi, sun’iy intellekt, AR/VR, chatbotlar, neyrolingvistik dasturlash kabi texnologiyalar reklamani interaktiv va ta’sirchan qilishi kross-madaniy va statistik tahlil asosida isbotlangan xulosa va takliflardan Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2022–2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada keng foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil, 16-oktyabrdagi o4/1-2883-son ma’lumotnomasi-son ma’lumotnomasi).  Natijada reklama diskursi konseptualizatsiyasi orqali mahsulot yoxud xizmatni yangicha idrok etish ko‘nikmasi shakllantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish