Raupova Muhayyo Nasirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi
haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjimada transformatsiya hodisasi: lingvokulturologik tadqiq”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2286.
Ilmiy rahbar: Bakieva Gulandom Hisomovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil 27.01.
Rasmiy opponentlar: Siddikova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori, professor,
Rustamova Shahnoza Abdurahimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjimada transformatsiya hodisasini tadqiq qilish va ularni qo‘llashning lingvokulturologik xususiyatlarini aniqlash, tarjimada transformatsiyalarning qo‘llanilish xususiyatlarini ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan materiallarni chog‘ishtirma tahlil qilish, tarjima jarayonida qo‘llanadigan transformatsiyalar bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
har ikkala tilda tarjima transformatsiyalari olib borilgan ilmiy-nazariy asos va konseptual yondashuv asnosida lingvistik: fonetik (transkripsiya, transliteratsiya), sintaktik (transpozisiya, inversiya), leksik (so‘z o‘zlashtirish, kalka, ekvivalentlik) hamda ekstralingvistik: lingvokulturologik (madaniy, funksional ekvivalentlik), pragmatik (eksplikatsiya, iplikatsiya) jihatdan tasniflanishi aniqlangan;
tarjimaning semiosiologik va onomasiologik tamoyillaridan va ekvivalentlik, adekvatlik, muqobillik kabi turlaridan foydalanish natijasida matnning ma’no va mazmun jihatdan o‘zgarishida ingliz tilida fe’l, kishilik olmoshi, shaxsi noma’lum gaplar, o‘zbek tilida atoqli ot, sifat, tilning tasviriy vositalarini qo‘llash yuqori chastotaga ega ekanligi isbotlangan;
o‘zida xalqning turmush tarzi, madaniyati, dunyoqarashini aks ettirgan milliy-madaniy leksik birliklar va denotativ hamda konnotativ ma’nolarni mujassam etgan “matn” – “janr” – “funksional uslub” triadasining o‘zaro bog‘liqligi natijasida tarjima jarayonida transformatsiyalarni qo‘llashning obektiv va subektiv jihatlarini inobatga olgan holda ingliz va o‘zbek tillarida leksik, grammatik, stilistik, pragmatik tarjima transformatsiyalariga ehtiyoj sezilarli darajada yuqoriligi isbotlangan;
ingliz tili flektiv, o‘zbek tili agglyutinativ tillar guruhiga mansubligi nuqtayi nazaridan har ikkala tilda tarjima jarayonida transformatsiyalarning faol ishtiroki –tarjimonning tilni bilishi va matn mazmunini idrok etishiga, turli tillarning qarindoshlik jihatidan uzoq-yaqinligiga, asliyat matniga xos so‘zlarning kam yoki ko‘plik darajasiga va boshqa bir qator lingvistik hamda ekstralingvistik omillarga bog‘liqligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjimada transformatsiya hodisasining lingvokulturologik xususiyatlarini tadqiq qilish asosida:
har ikkala tilda tarjima transformatsiyalari olib borilgan ilmiy-nazariy asos va konseptual yondashuv asnosida lingvistik: fonetik (transkripsiya, transliteratsiya), sintaktik (transpozisiya, inversiya), leksik (so‘z o‘zlashtirish, kalka, ekvivalentlik) hamda ekstralingvistik: lingvokulturologik (madaniy, funksional ekvivalentlik), pragmatik (eksplikatsiya, iplikatsiya) jihatdan tasniflanishiga doir ilmiy yangilik va amaliy tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Erudit” innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 8-sentyabrdagi 10/1671-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan lug‘atda til sistemalarining uzoq-yaqinligining tarjima transformatsiyalariga ta’siri hamda transformatsiyalar sof holda kamroq, aralash holda ko‘proq uchrashi tarjima munosabati bilan aloqaga kirishgan tillarning tipologik jihatlarining mukammal yoritilishiga xizmat qilgan;
tarjimaning semiosiologik va onomasiologik tamoyillaridan va ekvivalentlik, adekvatlik, muqobillik kabi turlaridan foydalanish natijasida matnning ma’no va mazmun jihatdan o‘zgarishida ingliz tilida fe’l, kishilik olmoshi, shaxsi noma’lum gaplar, o‘zbek tilida atoqli ot, sifat, tilning tasviriy vositalarini qo‘llash yuqori chastotaga ega ekanligi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bajarilgan “Dunyo dinlari” elektron dasturi va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 2022-yil 28-dekabrdagi 02-2612-son ma’lumotnomasi). Natijada tarjima transformatsiyalarining lingvokulturologik xususiyatlarining aniq tahlili asosida olingan ilmiy xulosa va takliflar loyiha doirasida elektron dastur va mobil ilova yaratishda ilmiy-nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan.
o‘zida xalqning turmush tarzi, madaniyati, dunyoqarashini aks ettirgan milliy-madaniy leksik birliklar va denotativ hamda konnotativ ma’nolarni mujassam etgan “matn” – “janr” – “funksional uslub” triadasining o‘zaro bog‘liqligi natijasida tarjima jarayonida transformatsiyalarni qo‘llashning obektiv va subektiv jihatlarini inobatga olgan holda ingliz va o‘zbek tillarida leksik, grammatik, stilistik, pragmatik tarjima transformatsiyalariga ehtiyoj sezilarli darajada yuqoriligi kabi xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” radiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Hidoyat sari” radiodasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2023-yil 14-martdagi 04-36-404-son ma’lumotnomasi). Natijada ommaviy auditoriyaning tarjima turlari, transformatsiyalari haqidagi bilimlarining oshishiga xizmat qilgan.