Panjieva Nasiba Narmaxmatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i): «Ingliz tilidagi stilistik usullarni konseptuallashtirish va kategoriyalashtirish», 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2020.4.DSc/Fil255.
Ilmiy maslahatchi: Ashurova Dilyarom Umarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Gadoeva Mavlyuda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Kasimova Rano Raxmatullaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent, Pardaeva Zulfiya Jo‘raevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilidagi stilistik usullarning kognitiv- konseptual mohiyatini asoslash va ularni kategoriyalash va konseptuallashtirish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilidagi stilistik usullarning kategoriyalashishi ikoniklik va til tejamkorligi (metafora, metonimiya, metaforik epitet, antonomaziya, allyuziya, ramz, metaforik perifraza, iborali epitet va badiiy o‘xshatish), ortiqchalik (takrorning barcha turlari, perifraza, ramz, gradatsiya, stilistik konvergensiya), qarama-qarshilik (ironiya, antiteza, oksimoron, so‘z o‘yini, xiazm) kabi kognitiv tamoyillar negizida shartlanganligi isbotlangan;
stilistik usullar tizimi kognitiv asosga ega ekanligi haqidagi konsepsiya ishlab chiqilgan hamda stilistik usullarning kognitiv-konseptual mohiyati ularning: a) turli bilim tuzilmalarni (lisoniy va nolisoniy) reprezentallashtirish; b) yangi ma’nolarni yaratish potensiali (stilistik usullar komponentlarining konseptual integrasiyasi); c) kognitiv funksiyalarning polifunksionalligi; d) ijtimoiy-madaniy, milliy-madaniy o‘ziga xosligida namoyon bo‘lishi asoslangan;
badiiy matnda stilistik usullar: a) yangi ma’no yaratish; b) ramziylik; c) muallifning modalligini ifoda etish; d) konseptlar tizimini qurish; e) personaj obrazini yaratish; f) individual muallif olam manzarasini reprezentallashtirish kabi kognitiv funksiyalarni bajarishi aniqlanib ularning polifunksional tabiatga ega ekanligi dalillangan;
stilistik usullarning madaniy, aksiologik va milliy-madaniy o‘ziga xosligi ularni umumbashariyat va milliy-madaniy qadriyatlarni uzatuvchi madaniy model sifatida talqin etilishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
stilistik usullarni kognitiv talqin qilishda konseptual va freym tahlillari, konseptual integratsiya va interferensiya usullariga asoslangan majmuaviy kognitiv-stilistik tahlil ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilidagi stilistik usullarni konseptuallashtirish va kategoriyalashtirish tadqiqini amalga oshirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
stilistik usullarni kognitiv talqin qilishda konseptual va freym tahlillari, konseptual integratsiya va interferensiya usullariga asoslangan majmuaviy kognitiv-stilistik tahlil jarayonidan foydalanish maqsadga muvofiqligi haqidagi nazariy xulosalar Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2021-yillarda bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” mavzuidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 6-apreldagi №04/1-889-son ma’lumotnomasi). Natijada stilistik usullarning kognitiv-lingvistik tabiati, ularning shakllanishi va faoliyatining lingvokognitiv mexanizmlari haqidagi nazariy g‘oyalarni kengaytirish va to‘ldirish imkonini berdi va umuman, kognitiv tuzilmalar va madaniy modellar kabi stilistik usullarning fanlararo integratsiyalashuvi istiqbolini belgilovchi lingvokognitiv-madaniy yondashuvlar nuqtai nazaridan stilistik usullar nazariyasini yanada rivojlantirishga yordam bergan;
ingliz tilidagi stilistik usullarning kategoriyalashishi ikoniklik va til tejamkorligi (metafora, metonimiya, metaforik epitet, antonomaziya, allyuziya, ramz, metaforik perofraza, badiiy o‘xshatish), ortiqchalik (takrorning barcha turlari, perifraza, ramz, gradatsiya, stilistik konvergensiya), qarama-qarshilik (ironiya, antiteza, oksimoron, so‘z o‘yini, hiazm) kabi kognitiv tamoyillar negizida shartlanganligiga doir nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida amalga oshirilgan 2012-2013-yillarda bajarilgan Ya-1-06 “Professional tarjimonlar tayyorlash sifatini nazorat qilishni tashkil etishda vakolatli yondashuv” mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 23-noyabrdagi №04/11-8364-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilayotgan motivatsion material loyiha mazmunini boyitish uchun xizmat qilgan;
stilistik usullar tizimi kognitiv asosga ega ekanligi haqidagi konsepsiya ishlab chiqilgan hamda stilistik usullar kognitiv-konseptual mohiyati ularning: a) turli bilim tuzilmalarni (lisoniy va nolisoniy) representallashtirish; b) b) yangi ma’nolarni yaratish potensiali (stilistik usullar komponentlarining konseptual integratsiyasi); v) kognitiv funksiyalarning polifunksionalligi; d) ijtimoiy-madaniy, milliy-madaniy o‘ziga xosligida namoyon bo‘lishi asoslanganligi bilan bog‘liq xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+ CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy talim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari universitetining 2024-yil 05-apreldagi №735/02-son maʼlumotnomasi). Natijada ingliz tilining lingvistik va madaniy xususiyatlarini boyitish, shuningdek, samarali va ekspressiv muloqotni rivojlantirishga xizmat qilgan;
badiiy matnda stilistik usullar: a) yangi ma’no yaratish; b) ramziylik; c) muallifning modalligini ifoda etish; d) konseptlar tizimini qurish; e) personaj obrazini yaratish; f) individual muallif olam manzarasini representallashtirish kabi bir qator kognitiv funksiyalarni bajarishi aniqlanib ularning polifunksional tabiatga ega ekanligi xamda stilistik usullarning madaniy, aksiologik va milliy-madaniy o‘ziga xosligi ularni umumbashariyat va milliy-madaniy qadriyatlarni uzatuvchi madaniy model sifatida talqin etilishi joizligi bilan bog‘liq xulosa va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali”ning “Bolalar va biz”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli teledasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokanali”ning 2023-yil 30-oktyabrdagi №04-36-1619-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar mazmunini jahon bolalar adabiyoti, ayniqsa, zamonaviy adabiyotlarni tarjima qilish muammolariga oid qiziqarli ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan.
stilistik usullarning madaniy, aksiologik va milliy-madaniy o‘ziga xosligi ularni umumbashariyat va milliy-madaniy qadriyatlarni uzatuvchi madaniy model sifatida talqin etilishiga sabab bo‘lishi xulosalardan Termiz davlat universitetida amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 617309-EPP-1-2020-1-SK-EPPKA2-CBHE-JP “TRIGGER: “Markaziy Osiyoda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash uchun qulay muhit yaratish orqali universitet talabalari o‘rtasida innovatsion yondashuvlar, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Termis davlat universitetining 2023-yil 28-yanvardagi №06/12-314-son maʼlumotnomasi). Natijada bitiruvchilarda inson nutqining madaniy, aksiologik va milliy-madaniy o‘ziga xosligiga oid xulosalar ular tafakkurida umumbashariyat va milliy-madaniy qadriyatlarni rivojlantirishga xizmat qilgan.