Nazarova Nargiz Mardonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olamning lisoniy manzarasida “yaxshilik” va “yomonlik” konsepti masalasi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B023.3.PhD/Fil3971  
Imiy rahbar: Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzahidova Muyassar Inamjanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Azamov Omadjon Burxonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi olamning lisoniy manzarasida “yaxshilik” va “yomonlik”  konseptining lingvokulturologik, pragmatik xususiyatlari va amaliy ahamiyatini ochib berishdan iborat.  
III.   Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“yaxshilik” va “yomonlik”ning konseptual qarama-qarshiligida “yaxshilik” ning o‘zagi axloq, rahm-shafqat, sevgi va adolat kabi, “yomonlik”ning yadrosi shafqatsizlik, xudbinlik va zo‘ravonlik kabi  jihatlar bilan bog‘liqligi, yadro doirasida leksik darajalanish birliklarini uning sinonimlari tashkil etishi aniqlangan;
“yaxshilik” va “yomonlik” konseptlarining turli millat vakillari ongida namoyon bo‘lish usullari o‘rtasidagi semantik munosabatlarning markaziy va muhim o‘lchovlari – nemis tilida yaxshilik konsepti “das Gut”, o‘zbek tilida esa “yaxshilik”  otlari bilan ifodalanishi, ikkala tilda ham ushbu konseptning “yaxshi, ijobiy, yaxshilikka qaratilgan” kabi ma’nolari o‘xshash, nemis tilida o‘ziga xoslik “das Gut” asosiy leksemasida “mulk”, “tovar, yuk”, “material, mahsulot”, “rudali tosh” va “asbobsozlik” kabi semalarning mavjudligida ekanligi ochib berilgan;
“yaxshilik” va “yomonlik” falsafiy tushunchalarining leksikografik tavsifi – tarixiy kontekst, etimologiya, sinonim, antonim kabilar– aniqlanishi orqali “yaxshi” va “yomon” tushunchalarining kesishish maydoni ilmiy-kognitiv tavsiflanib, konseptual qarama-qarshilik semantikasi asosida “yaxshilik – yomonlik” konseptual oppozisiyasining yadrosi va yadro zonasini aks ettirishi asoslangan;
“yaxshilik” va “yomonlik” tushunchalari ushbu etnik guruhlarning axloqiy dunyoqarashiga ta’sir etuvchi madaniy istiqbol, e’tiqod tizimlari va qadriyatlardan iborat ekanligi, tajriba, vaziyat kontekstlari, hissiy holat, vaqt va ijtimoiy rollar tahlili fazilat va illatning o‘zgaruvchan ta’riflari real hayotda qanday kontekstlashtirilganligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Olamning lisoniy manzarasida “yaxshilik” va “yomonlik”  konsepti masalasi” mavzusida olib borilgan tadqiqot asosida: 
dissertatsiyaning muloqotda yaxshilik va yomonlikning aks etish xususiyatlari: murakkab jumlalardan, parallelizmdan, ritorik savollardan, yuridik diskursda shaxssiz va shaxsi noma’lum konstruksiyalardan foydalanish; “yaxshilik” va “yomonlik” falsafiy tushunchalarining leksikografik tavsifi aniqlanishi orqali “yaxshi” va “yomon” tushunchalarining kesishish maydoni ilmiy-kognitiv asoslanib, konseptual qarama-qarshilik semantikasi asosida “yaxshilik – yomonlik”  konseptual oppozisiyasining yadrosi va yadro zonasi, uning o‘zbek va nemis millati vakillari ongida namoyon bo‘lish usullari misollar tahlillari “yaxshi” va “yomon” tushunchalarni almashtirishdan foydalanish xususiyatlariga doir xulosa va natijalaridan Andijon davlat universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan “PZ-20170926286. O‘zbek sud amaliy lingvistikasi tadqiqi” davlat amaliy-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 14-dekabrdagi №39-01-2733-son ma’lumotnomasi). Natijada tilning muayyan aktida qo‘llaniluvchi ayrim birliklarining o‘ziga xosliklari ochib berilgan. 
  Dissertatsiyasining “yaxshilik” va “yomonlik”  konseptlari o‘rtasidagi semantik munosabatlar tizimli o‘rganilib, ularning markaziy va muhim  o‘lchovlari qiyoslanishi, misollar tahlili orqali “yaxshilik-yomonlik”ning  konseptual spektri turli mentalitetda  o‘ziga xos namoyon bo‘lishini ajratishga doir xulosa va natijalaridan Andijon davlat universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan “№ IL-402104213. O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada ixtisoslashgan atamalar tavsifida foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 14-dekabrdagi №39-01-2731-son ma’lumotnomasi). Natijada xususiy diskurs tavsifida qo‘llaniluvchi ayrim birliklarining oziga xosliklari ochib berilgan. 
Tadqiqotning “yaxshilik” va “yomonlik” falsafiy tushunchalarining leksikografik tavsifi aniqlanishi orqali “yaxshi” va “yomon” tushunchalarining kesishish maydoni ilmiy asoslash hamda konseptual qarama-qarshilik semantikasi asosida “yaxshilik – yomonlik” konseptual oppozisiyasining yadrosi va yadro zonasi aniqlanib, uning  o‘zbek va nemis millati vakillari ongida namoyon bo‘lish usullariga doir natijalari va materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali  DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarida (2023-yil noyabr va dekabr oylari) foydalanilgan ( O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 25-dekabrdagi 04-36-1964-son ma’lumotnomasi).  Natijada, eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan, radiotinglovchilar “yaxshilik” va “yomonlik” konseptining  o‘zbek millatida shakllanishi, qo‘llanishi va ahamiyati lingvokulturologik va pragmatik yondashuv asosida aniqlash, “yaxshilik” va “yomonlik” konseptining nemis millatida shakllanishi, qo‘llanishi va ahamiyati lingvokulturologik va pragmatik yondashuv asosida aniqlash kabi  o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lganlar.

Yangiliklarga obuna bo‘lish