Nabieva Gulbaxor  Akbaralievaning 
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tarjima asarining lingvokulturologik tadqiqi  (G‘.G‘ulomning  “Shum bola’’ asarining nemis tilidagi tarjimasi misolida)”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya  fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil 2631 
Ilmiy rahbar: falsafa fanlari doktori, professor. Nabieva Diloro Abdulxamidovna. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Andijon davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon davlat chet tillari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12. 2022.Fil.156.01. 
Rasmiy opponentlar: Zohidjon Sodiqov  Yaqubjanovich, filologiya fanlari doktori, professor, Xoshimova  Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona  davlat universiteti . 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Nemis va o‘zbek tillarida tarjimaga lingvokulturologik yondashuvning konseptual-kognitiv va milliy-madaniy xususiyatlarini aniqlashdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy  yangiligi quyidagilardan iborat:
matn tarjimasi asosida millat tili  axloq me’yorlarda, e’tiqod va turmush tarzida o‘rnashgan milliy-xususiy, umuminsoniy, universal belgilarni tashuvchi va o‘xshash madaniy konseptlarni verballashtiruvchi madaniy qolip ekanligi  isbotlgan;
matn tarjimasining asosiy mazmunini ifodalashda so‘z turkumlarining mavqega ega ekanligi, turli birikuvlarda fikrni to‘ldirish va aniqlash, emosional- baholovchi munosabatni ifoda etish, stilistik effekt bag‘ishlash kabi qo‘shimcha bo‘yoqdorlikni ta’minlashda ularning funksional  xususiyatlari  ochib berildi;
 borliqni anglash va uni in’ikos etishda hamda borliq elementlarining  konkretlashtirishda milliy –mental madaniy va diniy mansublik kabi belgilarning muhumligi “Shum bola” dalillanadi ;
qiyoslanayotgan tillar lingvomadaniyatida tajovuzkorlik,hukmdorlik, ustunlik, mustaqillik, qat’iyat, maqsadlilik kabi maskulin va emosionallik g‘amxo‘rlik, do‘stlik, xushmuomalalik, ko‘ngilchanlik kabi feminin parametrlar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi yuzasidan:
Qiyoslanayotgan  tillar  lingomadaniyatida  tajovuzkorlik,  hukmdorlik, ustunlik, mustaqillik, qadriyat, maqsadlilik kabi  maskulin va emotsionallik, g‘amxo‘rlik,  do‘stlik , xushmuomalalik, ko‘ngilchanlik kabi  feminin parametrlar  o‘zaro  dialektik  bo‘glangan   kategoriyalar  ekanligi,  gender belgilanganlik   kasb etishi  borasida uiversitetlarning  filologik  fakultetlarida “Leksikologiya”, “Stilistika” kabi fanlar  bo‘yicha  o‘quv adabiyotlari,  o‘quv-uslubiy  majmualar  tayyorlashda  foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi  Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017- 2021 yillarda  bajarilgan  OT-FI-030-raqamli fundamental loyiha,   01-01/4001-sonli ma’lumotnomasi);
Matn tarjimasi asosida millat tili, axloq me’yorlari, e’tiqodi va turmush tarzida o‘rnashgan milliy-xususiy, umuminsoniy, universal belgilarni tashuvchi va o‘xshash madaniy konseptlarni verballashtiruvchi madaniy qolip ekanligining “Linguokulturologiya” tushunchasining tahlili,  “Sum bola” asarining o‘zbek tilidagi asliy matnlarni nemis tiliga o‘girilgan matnlarning linguokulturologik leksemalar va ularning tarjimada aks ettishi, o‘girilgan tarjimadagi kamchiliklarni bartaraf etishning qiyosiy tahlili hamda uning o‘xshash va farqli xususiyatlari borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ona tili(o‘zbek tili) fani bo‘yicha malakasini baholash hamda 14 ta fandan test tizimini ishlab chiqish loyihasi” mavzusidagi  amaliy loyihada foydalanilgan (A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining 2021-2022 yillarda mo‘ljallangan 01109-1359-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida talabalar uchun o‘zbek va nemis tillari bo‘yicha tuzilgan dastur va oʼquv qo‘llanmalarning mazmuni boyitilgan;
Tarjima asarlarning linguokulturologik tadqiqiga (“Shum bola tarjimalari misolida”) doir taklif va ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali ko‘rsatuvlar senariylarini yozishda, dasturlarni ikki tilda yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 08-martdagi 04-36-551-son ma’lumotnomasi). Natijada yangiliklarni va sohalarga oid targ‘ibot va tashviqot ishlarni o‘zbek va nemis tillarida samarali olib borishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish