Begmatova Sohiba Mustafoevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kadzuo Isiguro distopik romanlarining badiiy o‘ziga xosligi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2206.
Ilmiy rahbar: Muxammedova Nilufar Eliboevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sadiqov Zohidjon Yoqubjonovich, filologiya fanlari doktori, professor (Kengash a’zosi); Xajieva Feruza Melsovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Kadzuo Isiguro distopik asarlari badiiy o‘ziga xosligini badiiylik mezonlari asosida ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
distopiya janrining shakllanish va tadrijiy taraqqiyoti, ularning badiiy o‘ziga xos va universal jihatlari, distopiyaning ijtimoiy va psixologik vazifalari ilmiy-nazariy manbalar asosida dalillangan;
Kadzuo Isiguro romanlari badiiy olamida mujassamlashgan Angliya va Yaponiya madaniyatlarining milliy manzarasi, yozuvchi ijodining shakllanish omillari, muallif biografiyasi, distopik asar yozish mahorati va uslubi hayotiy haqiqatga sodiqlik hamda chuqur mushohada mezonlari asosida isbotlangan;
muallifning hikoya qilish uslubining jozibadorligini ta’minlovchi ishonchsiz roviylar, cheklangan dunyoqarash, retrospeksiya, ichki monolog texnikasi hamda badiiy detallarning aniqligi va asar g‘oyasiga xizmat qilishi, syujet qurilishi va obrazlar tizimini yaratishdagi mahorati poetika mezonlari negizida izohlangan;
Kadzuo Isiguro distopik romanlarida shaxs va jamiyat mavzusi, umuminsoniy g‘oyalar, global muammolar adib g‘oyasining mantiqiyligi va ijodiy fantaziyasining kengligi, umumlashtirish va tipiklashtirish qobiliyati mezoni asosida mazmun hamda shakl unsurlarining dialektik birligiga ko‘ra tavsiflangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kadzuo Isiguro distopik romanlari badiiyatini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
Kadzuo Isiguro romanlari badiiy olamida mujassamlashgan Angliya va Yaponiya madaniyatlarining milliy manzarasi, yozuvchi ijodining shakllanish omillari, muallif biografiyasi, distopik asar yozish mahorati va uslubi hayotiy haqiqatga sodiqlik hamda chuqur mushohada mezonlari asosida dalillanganiga oid ilmiy-nazariy qarashlar va tahlillar hamda xulosalardan Erasmus+ dasturining 2020-1-DE01-KA107-005433-Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Boxumdagi Rur universiteti (Germaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi) xalqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 14-iyundagi IRD/23135-son ma’lumotnomasi). Natijada Kadzuo Isiguro distopik romanlari syujeti qurilishi, obrazlar tizimini yaratishdagi mahorati, adibning novatorlik mahorati, umuminsoniy mavzular talqini va ularning badiiy-estetik ahamiyat kasb etishi haqidagi nazariy ma’lumotlar loyihaning mazmun-mohiyatini boyitgan;
utopiya, antiutopiya va distopiya janrlarining shakllanish hamda tadrijiy taraqqiyoti, ularning badiiy o‘ziga xos va universal jihatlari ilmiy-nazariy manbalar asosida dalillanib, ilk bor ingliz adabiyotida mavjud distopik roman nazariyasi o‘zbek adabiyotshunosligiga olib kirilganiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 13-martdagi 01-03/385-maʼlumotnomasi). Natijada distopiya va antiutopiya tushunchalari o‘rtasidagi terminologik farq masalasi, distopiya janrida yozilgan asarlarda tillar va madaniyatlararo to‘qnashuv, zamon va makon mutanosibligi borasida badiiy-konseptual yaxlitlikda chiqarilgan ilmiy-nazariy umumlashma xulosalar badiiy asar tarjimasi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
adibning distopik romanlarining badiiy o‘ziga xosligi va uning distopik asar yozishdagi mahorati, xususan, Kadzuo Isiguro romanlari badiiy olamida mujassamlashgan Angliya va Yaponiya madaniyatlarining milliy manzarasi, yozuvchi ijodining shakllanish omillari, muallif biografiyasiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ibtido” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2024-yil 3-maydagi 06-28-541-maʼlumotnomasi). Natijada Kadzuo Isiguroning distopik asar yozish mahorati va uslubi hayotiy haqiqatga sodiqlik hamda chuqur mushohada mezonlari insoniyat yaratilishi ibtidosidan hozirgi zamonaviy davr muammolarini teran fikrlash imkonini bergan;
Britaniya adabiyotida distopik asarlarning yaratilishiga ta’sir qilgan omillar va ularning tarixiy evolyusiyasi, hozirgi adabiy jarayonlarda distopik asar ilmiy fenomeniga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-yil 1-iyundan 2025-yil 31-maygacha bajarilishi mo‘ljallangan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihada keng foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 2-iyuldagi №01/377-son ma’lumotnomasi). Natijada distopiya janrining ingliz adabiyotida shakllanish va tadrijiy taraqqiyoti, ularning badiiy o‘ziga xos va universal jihatlari ilmiy-nazariy manbaalar asosida o‘rganish hamda tahlil qilish imkoniyati yaratilgan.