Abduvahobova Muqaddam Abdug‘opir qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va fransuz tillarida “Oila” konseptining verballashuvi” (filologiya fanlari). 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5277
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohidjon Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ishanjanova Munosib Said-Axmadovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillar instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va fransuz tillarida “oila”/“famille” konseptining verballashuvini yoritish, mazkur konseptning  milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
antropotsentrik paradigma va tilshunoslikdagi konsept kategoriyasining ilmiy-nazariy asosini yoritish asosida turli lingvomadaniyatdagi, ya’ni  o‘zbek va fransuz tillaridagi “oila”/“famille” konseptining verballashuvi, uning lisoniy xususiyatlari ochib berilgan;
o‘zbek va fransuz tillaridagi “oila”/“famille” konseptual maydoni, konseptosferasini tashkil etgan oila/famille, tarbiya/éducation, sevgi/amour, farzand/enfant kabi lisoniy birliklar misolida chog‘ishtirma aspektda asoslab berilgan;
o‘zbek va fransuz tillaridagi “oila” konsepti, uning konseptosferasi ota/le père, ona/la mère,  og'il/le fils, qiz/la fille, aka/le frère, uka/le petit frère, opa/la soeur, singil/la petite soeur kabi lug‘aviy birliklarning assotsiativ  talqini orqali dalillangan;
turli lingvomadaniyatga oid o‘zbek va fransuz tillarida “oila” konseptini namoyon etuvchi lingvomadaniy birliklar bu konseptining voqelanishida xizmat qiluvchi xalq maqollari va frazeologik birliklarning o‘rni ochib berilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va fransuz tillarida “oila”/“famille” konseptining verballashuvi yuzasidan olib borilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va fransuz tillaridagi “oila”/“famille” konseptual maydoni, konseptosferasini tashkil etgan oila/famille, tarbiya/éducation, sevgi/amour, farzand/enfant kabi lisoniy birliklar misolida chog‘ishtirma aspektda asoslab berilganligi to‘g‘risidagi xulosa va tavsiyalaridan 2022–2024-yillarga mo‘ljallangan Farg‘ona davlat universiteti “English access microscholarship program” xalqaro loyiha doirasida samarali va keng foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2025-yil 7-yanvardagi 04/42-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari chog‘ishtirma tilshunoslikka doir nazariy xulosalar va samarador tahliliy materiallar bilan boyigan;
antropotsentrik paradigma va tilshunoslikdagi konsept kategoriyasining ilmiy-nazariy asosini yoritish asosida turli lingvomadaniyatdagi, ya’ni  o‘zbek va fransuz tillaridagi “oila”/“famille” konseptining verballashuvi, uning lisoniy xususiyatlari ochib berilganligi to‘g‘risidagi xulosa va tavsiyalaridan 2023–2024-yillarga mo‘ljallangan “2023 KA 171 Mobility Higher Education studens (Erasmus+)” nomli grant doirasida samarali va keng foydalanilgan (Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika institutining 2025-yil 16-yanvardagi 44/04-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘aviy birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari ochilgan, grant loyihaning ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish