Abduraxmonov Abiljon Abdusamatovichning 
filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy o‘zbek adabiyotida nur va rang poetikasi”, 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.2 DSc/Fil 440.
Ilmiy maslahatchi: Miliev Suvonqul, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Pardaeva Zulfiya Jo‘raevna filologiya fanlari doktori, professor; Ahmedova Shoira Nematovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi nurning adabiyotda madaniy-tarixiy hodisa sifatida tadrijiy shakllanishi, talqinidagi badiiy-estetik xususiyatlari, ifoda shakli va funksiyalarini aniqlash, rangning ma’lum ifoda, ramzda qo‘llanishi muayyan davrning ma’naviy-madaniy mahsuli va  talabi ekanligini lirik hamda epik o‘ziga xoslikda ilmiy-nazariy asoslarini ko‘rsatib berishdan iboratdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Nurning adabiyotdagi tadrijiy shakllanishi, uning talqinidagi badiiy-estetik xususiyatlarining ifoda shakli va funksiyalari muayyan davrning mahsuli sifatida ilmiy-nazariy tahlil qilinib, unga munosabat madaniy-tarixiy hodisa ekanligi isbotlangan;
Nur zamonaviy o‘zbek she’riyatida ijtimoiy-siyosiy hayot fonidagi shoirning ma’naviy-estetik idealini mujassamlashtiruvchi rolida namoyon bo‘la boshlaganligi, real hayotga in’ikos tasvirlanayotgan badiiy makonga badiiy talqinning moslashishida moddiy va ma’naviy ko‘rinishlari bilan real hayotni falsafiy-ramziy ahamiyati oshganligi, real voqelik qurshovidagi lirik qahramonning intilishlarini yoritib berishda ijodiy konsepsiyaning bosh omili, motiv, obraz, timsol ko‘rinishlarda konkret shakllanganligi, zohiriy va botiniy olam o‘rtasida vositachilik roli yaqqollashganligi dalillangan;
Nur manbalari: quyosh, oy, yulduz, chiroqning ijtimoiy-ma’naviy hayot tasvirida tabiiy xususiyatiga xos ijodiy konsepsiyani yuzaga chiqarishdagi poetik funksiyalarining badiiy-estetik ahamiyati aniqlangan;
Rangning lirikada jamiyat psixologiyasidan darak beruvchi ijtimoiy-ma’naviy hayotning ko‘rsatkichi sifatidagi, hikoya va qissalarda ijodiy g‘oyani shakllantiruvchi va belgilovchi, leytmotivlik funksiyalarni bajarishi aniqlanib, ijodkor tomonidan adabiy asardagi rang qo‘llanishi tabiiy, ijtimoiy-ma’naviy, milliy-tarixiy omillardan shakllangan individual munosabat badiiy-estetik asos sifatida belgilangan hamda nasriy kontekstda statik hamda dinamik ko‘rinishda asarning bosh qahramoni uchun mantiqiy asos omili – ijodiy konsept mo‘ljali bo‘lib obraz yoki detallarning sifatlovchisi barobarida o‘zining ramziy ifodasiga xos badiiy-estetik psixologik manzara hosil qilishi isbotlangan.
Nur ‒ soya ‒ rang munosabatining lirik hamda epik xususiyatlarining o‘ziga xosligi, nur va soya ziddiyatida rangning urg‘ulovchi va funksiyadoshlik vazifalarining ahamiyati dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida nur va rang poetikasi muammosi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
badiiy asarda rangning ifodaviy xususiyatlarini matnga singdirilish va ijodiy yondashuvda milliy o‘ziga xoslikning g‘oyaviy-badiiy mazmunni ochishdagi ahamiyatini aniqlashda O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020-yillarda bajarilgan F3-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirish jarayonida foydalanilgan. (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali 2022-yil 9-avgustdagi 190-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan.
O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning  muammolari” mavzusidagi amaliy va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihalarini amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (2022-yil 9-avgustdagi 189-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan.
Turkiya davlati Artvin Coruh universitetidagi “Abdulla Qahhor hikoyachiligi” nomli amaliy loyihada dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Artvin Coruh universitetining 2022-yil 11-noyabrdagi E–368-son ma’lumotnomasi).
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi She'riyat va Badiiy tarjima ijodiy kengashlarii hisobot yig'ilishlarida, “Onajonim she’riyat” to'garagi va Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida o'tgan ijodiy kechalar, “Mahorat darslari”da dissertatsiyadagi zamonaviy o‘zbek adabiyotida nur va rang poetikasini o‘rganishning ahamiyati haqidagi mulohazalardan, nur zamonaviy o‘zbek she’riyatida ijtimoiy-siyosiy hayot fonidagi shoirning ma’naviy-estetik idealini mujassamlashtiruvchi rolida namoyon bo‘la boshlaganligi, real hayotga in’ikos tasvirlanayotgan badiiy makonga badiiy talqinning moslashishida moddiy va ma’naviy ko‘rinishlari bilan real hayotni falsafiy-ramziy ahamiyati oshganligi o‘rganilgan tahlil natijalaridan foydalanilgan. (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 03-dekabrgi 01-03/962-son ma’lumotnomasi). Natijada maqola va dissertatsiyadagi ma’lumotlar hozirgi adabiy jarayonni xolis va teran tahlil etishga xizmat qilgan. 
Zamonaviy o‘zbek adabiyotida nur va rang qo‘llanishi va badiiy-estetik qarashlarda milliy o‘ziga xoslikning aks etishi haqidagi materiallardan 2021-2022-yillarda Farg‘ona viloyat teleradio-kompaniyasining 2021-2022-yillarda efirga uzatilgan “Ma’naviyat sarchashmasi”, “Adabiy muhit”, “Qadriyat”, ko‘rsatuvlarida, shuningdek, “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi” nomli radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining sonli 2022-yil 29-sentyabrdagi 204-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiy dalillarga boy va ommabop bo‘lishi ta’minlangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish