Rasulov Akmal Abdunaimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim kreditini moliyalashtirishning istiqbollari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3269
Ilmiy rahbar: Kalonov Muxiddin Baxritdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusanov Durbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim kreditini moliyalashtirishning istiqbollariga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim kreditining iqtisodiy funksiyalarining aniqligi va ta’sirchanligini ta’minlashda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim kreditini faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalarga ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish taklif etilgan;
ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “qoniqarli” bahodan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ta’lim krediti sifatida ajratish taklifi asoslangan;
talabalar tomonidan kredit olishga onlayn ariza topshirish hamda tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini moliyalashtirish uchun depozit resurslar ajratilishini elektronlashtirish taklifi asoslangan;
tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar barcha oliy ta’lim tashkilotlarining to‘lov-kontrakt shartnomasini shakllantirish jarayonini “kontrakt.edu.uz” va “prof.edu.uz” axborot tizimlari orqali amalga oshirish asosida ta’lim kreditlarini moliyalashtirishni takomillashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ta’lim kreditini moliyalashtirish istiqbollari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
ta’lim kreditining iqtisodiy funksiyalarining aniqligi va ta’sirchanligini ta’minlashda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim kreditini faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalarga ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 27 maydagi “Oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilariga byudjet mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-82-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 5 iyundagi 06/33-4-11853-son ma’lumotnomasi). Taklif natijasida ta’lim kreditlarini to‘lamaslik xavfi kamaytib, kredit dasturlari uchun moliyaviy barqarorlik ta’minlangan;
ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “qoniqarli” bahodan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ta’lim krediti sifatida ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 27 maydagi “Oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilariga byudjet mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-82-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 5 iyundagi 06/33-4-11853-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni rag‘batlantirish va kreditorlar uchun moliyaviy xavfni kamaytirishda potensial foyda keltirishi aniqlangan;
talabalar tomonidan kredit olishga onlayn ariza topshirish hamda tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini moliyalashtirish uchun depozit resurslar ajratilishini elektronlashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-162-son Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 5 iyundagi 06/33-4-11853-son ma’lumotnomasi). Taklif natijasida ta’lim kreditini moliyalashtirishni raqamlashtirish nafaqat texnologik ish, balki jismoniy shaxslarning imkoniyatlarini kengaytirib, inson omilini kamayishini ta’minlagan;
tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar barcha oliy ta’lim tashkilotlarining to‘lov-kontrakt shartnomasini shakllantirish jarayonini “kontrakt.edu.uz” va “prof.edu.uz” axborot tizimlari orqali amalga oshirish asosida ta’lim kreditlarini moliyalashtirishni takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 27 maydagi “Oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilariga byudjet mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-82-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 5 iyundagi 06/33-4-11853-son ma’lumotnomasi). Natijada tijorat banklari tomonidan talabgorlarga ta’lim kreditini taqdim etish jarayonida ular haqidagi ishonchli ma’lumotlarni olish jarayonini tezlashtirish va osonlashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish