Egamberdiev Akmal Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda turkiston ayugasining (Ajuga turkestanica (Regel) Briq.) tarqalishi, zahiralari va bioekologik xususiyatlari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/B813.
Ilmiy rahbar: Nigmatullaev Baxtiyor Alimovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.91.01.
Rasmiy opponentlar: Mavlonov Xudorgan, biologiya fanlari doktori; Abduraimov Ozodbek Sultonbekovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: A.turkestanica ning o‘simlik jamoasida tutgan o‘rnini aniqlash va bioekologik xususiyatlarini tahlil qilish orqali, tabiiy resurslarining zamonaviy holatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
A. turkestanica ning tarqalish chegarasi Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani Kattao‘radaryo, Oqsuvdaryo, Qizildaryo havzalarining yuqori qismidan (Maydanak observatoriya yo‘li atrofida), Ko‘hitang, Denov tumanining Vaxshavor qishlog‘i, Boysun, Sherobod hududlari ekanligi aniqlangan;
A. turkestanica ning o‘sishi va rivojlanishi hamda ontogenezining asosiy davrlari, latent, virginil va generativ bosqichlarini tahlil qilish orqali bioekologik xususiyatlari ochib berilgan;
o‘simlikning gullashi tuproq-iqlim sharoitiga bog‘liqligi, optimal havo harorati, havoning nisbiy namligi asosiy belgilovchi omil ekanligi bilan izohlangan;
A. turkestanica ning adabiyotlarda keltirilmagan 7 ta formatsiya tarkibida 11 ta yangi assotsiatsiyasi aniqlangan;
o‘simlikning florada tarqalishi va resurs, yani sanoat qiymatiga ega maydonlarini aks ettiruvchi GAT xaritalari tuzilgan;
o‘simlikning 3 toifa va 21 ta massivlardagi resurs, yani sanoat qiymatiga ega maydonlari 1040 ga ni tashkil qilishi aniqlangan;
respublikada o‘simlikning biologik zahirasi 158,8 t, ekspluatatsion zahirasi 103,4 t va yillik yig‘ib olish mumkin bo‘lgan hajmi 26,12 tonnani tashkil qilishi aniqlangan;
abiotik omillarga bog‘liq holda turning mavsumiy o‘sish rivojlanishi, sutkalik va mavsumiy gullash dinamikasi ochib berilgan hamda urug‘ mahsuldorligi baholangan;
vegetativ va generativ organlari anatomik tuzilishi tahlili asosida, o‘simlik xom-ashyosini identifikatsiya qilishda foydalaniladigan diagnostik belgilari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. A. turkestanica ning fitotsenologiyasi, tabiiy zahiralari va bioekologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
A. turkestanica ning bioekologik xususiyatlari, tarqalishi va zahiralarini aniqlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma va tavsiyanoma O‘rmon xo‘jaligi agentligining Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 30 iyuldagi 03-03/3-7364-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rmon fondi erlarida A. turkestanica ning tarqalish maydonlari va tabiiy xomashyo zahirasining zamonaviy holati bo‘yicha yangilangan ma’lumotlar olish imkonini bergan;
Lamiaceae oilasiga mansub Ajuga turkeslanica turni (kapalakqoʻnmas) 160 nusxadagi gerbariy kolleksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instiluti huzuridagi Toshkent Botanika bog‘i “Dorivor o‘simliklar” laboratoriyasining noyob kolleksiyasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 25 martdagi 4/1255-606-son ma’lumotnomasi). Natijada, Botanika bog‘ining “Genofond kolleksiyasi” dorivor o‘simliklar fondini boyitish va ex situ sharoitida Lamiaceae oilasiga mansub dorivor o‘simliklar kolleksiyasini kengaytirish imkonini bergan.