Alishaev Sobir Tursunboevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hukm odil sudlovning yakuniy hujjati: nazariy va amaliy tahlil”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Yu894
Ilmiy rahbar: Bazarova Dildora Baxadirovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, professor; Kuchkarov Xayrulla Zikirillaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat ishlari yurituvida hukm chiqarishga oid normalarini tahlil qilish, bu sohadagi ilmiy konseptual yondashuvlarni rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishda ishtirok etayotganlarning kimligini identifikatsiya qilish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ma’lumotlarni aniq va ishonchli qayta ishlash zarurati yuzaga kelganligi sababli ularning shaxsini ID-karta orqali ham aniqlash mumkinligi asoslantirilgan;
yuqori instansiya sudida ish yuritish tartiblari isloh qilinishi munosabati bilan quyi instansiya sudining qarori yuqori instansiyasi sudi tomonidan bekor qilinganidan keyin ish ko‘rib chiqilgan hollarda, quyi instansiya sudida muhokama sudlanuvchining umuman aybdorligi yoki aybdor emasligi to‘g‘risidagi masalaga daxl qilmaganligi sababli, faqat jinoyatni tavsiflashga va jazo chorasiga oid qism bo‘yicha amalga oshirilishi tartibini bekor qilish zarurligi asoslantirilgan;
protsess ishtirokchilarining qonuniy kuchga kirgan sud hukmlari ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qila olish huquqini ta’minlash zarurati yuzaga kelganligi sababli, raislik qiluvchi sudlanuvchiga va boshqa taraflarga hukm ustidan nafaqat apellyasiya, balki kassatsiya tartibida ham shikoyat berish muddati va tartibini tushuntirishi kerakligi asoslantirilgan;
ishda tayinlov asosida ishtirok etgan advokatlarga haq to‘lash tartibini soddalashtirish zarurati yuzaga kelganligi sababli, ushbu masala jinoyat ishi yurituvida advokatlar byurosi, hay’ati yoki firmasi rahbarining iltimosnomasi bilan ajrim chiqarish orqali hal etilishi tartibini bekor qilish zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
ishda ishtirok etayotganlarning kimligini identifikatsiya qilish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ma’lumotlarni aniq va ishonchli qayta ishlash zarurati yuzaga kelganligi sababli ularning shaxsini ID-karta orqali ham aniqlash mumkinligini nazarda tutuvchi taklifi 2022-yil 14-martdagi 
O‘RQ-759-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 26-iyundagi 3/08-102-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif protsess ishtirokchilarining sudga kelgan yoki kelmaganligini tekshirish bo‘yicha sud majlisi kotibining ish samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan; 
yuqori instansiya sudida ish yuritish tartiblari isloh qilinishi munosabati bilan quyi instansiya sudining qarori yuqori instansiyasi sudi tomonidan bekor qilinganidan keyin ish ko‘rib chiqilgan hollarda, quyi instansiya sudida muhokama sudlanuvchining umuman aybdorligi yoki aybdor emasligi to‘g‘risidagi masalaga daxl qilmagan holda faqat jinoyatni tavsiflashga va jazo chorasiga oid qism bo‘yicha amalga oshirilishi tartibini bekor qilish zarurligini nazarda tutuvchi taklif 2023-yil 27-sentyabrdagi O‘RQ-869-son “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning 1-moddasi 17-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 26-iyundagi 3/08-102-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif sudda jinoyat ishini muhokama qilish faqat ayblanuvchilarga nisbatan va e’lon qilingan ayblov bo‘yicha olib borilishini ta’minlashga xizmat qilgan;
protsess ishtirokchilarining qonuniy kuchga kirgan sud hukmlari ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qila olish huquqini ta’minlash zarurati yuzaga kelganligi sababli raislik qiluvchi sudlanuvchiga va boshqa taraflarga hukm ustidan nafaqat apellyasiya, balki kassatsiya tartibida ham shikoyat berish muddati va tartibini tushuntirishi kerakligini nazarda tutuvchi taklif 2023-yil 27-sentyabrdagi O‘RQ-869-son “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning 1-moddasi 19-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 26-iyundagi 3/08-102-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif protsessual harakatlar va qarorlar ustidan shikoyat qilish huquqi prinsipining to‘la qonli ishlashiga xizmat qilgan;
ishda tayinlov asosida ishtirok etgan advokatlarga haq to‘lash tartibini soddalashtirish zarurati yuzaga kelganligi sababli ushbu masala jinoyat ishi yurituvida advokatlar byurosi, hay’ati yoki firmasi rahbarining iltimosnomasi bilan ajrim chiqarish orqali hal etilishi tartibini bekor qilish zarurligini nazarda tutuvchi taklif 2024-yil 27-fevraldagi O‘RQ-915-son “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning 1-moddasi 4-bandi ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 26-iyundagi 3/08-102-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatgan himoyachilarga haq to‘lash tartibini soddalashtirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish