Gulmurodov Kamoliddin Abduqodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Mehnat bozorida aholining munosib mehnat migratsiya jarayonlarini transformatsiyalash», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1723.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Adilova Zulfiya Djavdatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01 
Rasmiy opponentlar: Mamadalieva Xafizaxon Xoldarovna, iqtisodiyot fanlari doktori; Axmedova Muxabbat Abdulxashimovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mehnat bozorida aholining munosib mehnat migratsiya jarayonlarini transformatsiyalash bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolarning xorijiy davlatlariga chiqishning ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizlik kafolati sifatida “Labor-migration” dasturiy majmuasini joriy etish va uning asosida xorijiy til, kasb va ko‘nikmaga ega, uyushgan holda munosib mehnat migratsiyasini ta’minlash maqsadida xarajatlarni kompensatsiya qilish yo‘li orqali tashqi mehnat migratsiyasini takomillashtirish zarurligi asoslangan; 
migratsiya faoliyati ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirishda fuqarolarining chet ellarga ishga ketishdan oldin moslashtirish, kasbga tayyorlash, o‘qitish va chet tillarni bilishini sinash markazlarini tashkil etish hamda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga jo‘nab ketayotgan fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlashni, tashkillashtirilgan tizim asosida xorijga yuborishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
raqamli iqtisodiyotni joriy etish sharoitida mehnat migratsiyasini munosib tartibga solish, ularning xorijiy davlatlarida ijtimoiy-iqtisodiy himoyalash maqsadida mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan migrantlar ID–kartasini rasmiylashtirish tartibi mehnat migrasiyasi hisobini samarali yuritish va jahon statistika amaliyotiga ko‘ra takomillashtirilgan;
xorijiy davlatlarda munosib mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida majburiy mehnatga duchor bo‘lgan, mehnat va fuqoro huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolda qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish va moddiy yordam berish tartibini “Labor-migration” dasturiy majmuasida belgilangan mexanizmlar asosida takomillashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mehnat bozorida aholining munosib mehnat migratsiya jarayonlarini transformatsiyalash bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
fuqarolarning xorijiy davlatlariga chiqishdan avval “Labor-migration” dasturiy majmuasi asosida xorijiy til, kasb va ko‘nikmaga ega, uyushgan holda munosib mehnat migratsiyasini ta’minlash maqsadida xarajatlarni kompensatsiya qilish yo‘li orqali tashqi mehnat migratsiyasini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-iyuldagi PQ-5205-son “Xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbilar to‘g‘risida”gi qarorining “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘larining tasdiqlangan yo‘nalishlarga muvofiq sarflanishini tashkil etish” Sxemasida foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 15-maydagi 01/00-04/08-3624-son ma’lumotnomasi). Taklif Labor-migration dasturini faoliyatini kengaytirish orqali xorijda mehnat qilish sharoitlari og‘ir yordamga muxtoj migrantlarga ijtimoiy-iqtisodiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
migratsiya faoliyati ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirishda fuqarolarining chet ellarga ishga ketishdan oldin moslashtirish, kasbga tayyorlash, o‘qitish va chet tillarni bilishini sinash markazlarini tashkil etish hamda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga jo‘nab ketayotgan fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlashni tashkillashtirilgan tarzda xorijga yuborishning maqsadga muvofiqligi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-iyuldagi PQ-5205-son “Xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbilar to‘g‘risida”gi qarorining “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘larining tasdiqlangan yo‘nalishlarga muvofiq sarflanishini tashkil etish” bo‘limini tayyorlashda foydalanildi (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 15-maydagi 01/00-04/08-3624-son ma’lumotnomasi). Taklif mehnat migratsiyasi jarayonini maqsadli tashkillashtirishga ko‘ra xorijiy mehnat migratsiyasi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligni oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.
raqamli iqtisodiyotni joriy etish sharoitida mehnat migratsiyasini munosib tartibga solish, ularning xorijiy davlatlarida ijtimoiy-iqtisodiy himoyalash kabilarga ko‘ra mexnat faoliyati bilan band bo‘lgan migrantlar ID–kartasini rasmiylashtirish tartibi mehnat migrasiyasi hisobini samarali yuritish va jahon statistika amaliyotiga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-son “Fuqarolik va mehnat migratsiyasi sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi farmonining ilovasi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti to‘g‘risida Nizom”da o‘z aksini topgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 15-maydagi 01/00-04/08-3624-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifga asosan mehnat migranti mamlakatdan chiqayotganda ID kartaga ega bo‘lishi lozimligi va shu orqali migrantlarni nazorat qilish mumkinligi ko‘rsatib berilgan;
xorijiy davlatlarda munosib mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida majburiy mehnatga duchor bo‘lgan, mehnat va fuqoro huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolda qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish va moddiy yordam berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-iyuldagi PQ-5205-son “Xorijga tashkillash-tirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarni rag‘batlan-tirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbilar to‘g‘risida”gi qarorining “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘larining tasdiqlangan yo‘nalishlarga muvofiq sarflanishini tashkil etish” Sxemasida foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 15-maydagi 01/00-04/08-3624-son ma’lumotnomasi). Natija migrantlarning majburiy mehnatga duchor bo‘lgan, murakkab moliyaviy ahvolga qolgan fuqarolarga ko‘mak berishga muayyan darajada xizmat qilgan;
xorijdagi migrantlarning ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ID-kartalarini yo‘qotgan fuqarolarning, ID-kartasini qayta tiklash uchun xorijdagi O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlar faoliyatini takomillashtirish lozimligi bo‘yicha berilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-son “Fuqarolik va mehnat migratsiyasi sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi farmonining ilovasi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti to‘g‘risida Nizom”da foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 15-maydagi 01/00-04/08-3624-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarga, xorijdagi vakolatli organlar orqali biometrik pasportlarni almashtirish yoki ID kartalarni qayta tiklash imkoniyati tashkil etilgan holda, jumldan iqtisodiy jihatdan ularni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini kengayti-rishga muayyan darajada xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish