Juraeva Ijobat Najmidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX-XXI asrlar bo‘sag‘asida Amerika adabiyotidagi yoshlar mavzusi”, 10.00.04– Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2021.1.PhD/Fil1588.
Ilmiy rahbar: Lixodzievskiy Anatoliy Stepanovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zoxidjon Yakubjonovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. Adilova Shaxnoza Raximovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Amerika Qo‘shma Shtatlari yozuvchilari ijodi misolida yoshlar haqidagi asarlarda o‘smirlar obrazini yaratish usullari, muammolari, mavzu va g‘oyasini aniqlash, shuningdek, so‘nggi o‘n yilliklarda yaratilgan yoshlar romanlarining poetik xususiyatlarini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amerika romanchiligining tadrijiy taraqqiyoti, uning jahon romanchiligi poetikasi ilg‘or yutuqlarini o‘zlashtirib, dunyo romaniy tafakkuriga integratsiyalashuvi muammolari, til va uslub xususiyatlari, isyonkor o‘smir obrazini gavdalantirishda yozuvchilarning individual mahorati muallif g‘oyasining mantiqiyligi va ijodiy fantaziyasining kengligi mezoni asosida dalillangan;
XX-XXI asrlardagi Amerika ijtimoiy-madaniy hayotining AQSh adabiyotida bevosita aks ettirilishi, oʻsmir tafakkurining shakllanishida ijtimoiy-psixologik omillar ta’siri, yoshlar va ularning chigal taqdiri, adiblarning jamiyatdagi dolzarb muammolar to‘g‘risida bosh qotirishga, fikrlashga undovchi g‘oyalari syujet qurilishi va obrazlar tizimini yaratishdagi mahorat negizida tasniflangan;
Amerika adabiyotida yoshlar tarbiyasi, an’anaviy qadriyatlarning naqadar teran, jozibador talqini; oila timsolida butun insoniyatga daxldor falsafani Jastin Tores va Shon Makbrayd tomonidan o‘ziga xos yo‘sinda badiiy ifoda etilishi; o‘smirning adabiy-psixologik portretini yaratishda badiiy va lingvistik-stilistik timsollar, motivlar, yoshlar jargonlari, idiomalar, metaforalar, Amerikaning turli shevalari kabi badiiy tasvir vositalari yetakchi o‘rin egallashi asar tilining boyligi va rang-barangligi mezoni orqali isbotlangan;
mavzu va g‘oyasida yoshlar xarakteri dinamikasi aks etgan asarlar va o‘smirlar adabiyotining shakllanishiga oid ilmiy-nazariy manbalar tadqiqi natijasida yoshlar adabiyoti va yoshlar haqidagi adabiyot konsepsiyalari farqlanib, ularning alohida ikki tip ekanligi aniqlangan.
XX-XXI asrlar bo‘sag‘asida Amerika adabiyotida yoshlar mavzusi tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
Amerika romanchiligining tadrijiy taraqqiyoti, uning jahon romanchiligi poetikasi ilg‘or yutuqlarini o‘zlashtirib, dunyo romaniy tafakkuriga integratsiyalashuvi muammolari, til va uslub xususiyatlari, isyonkor o‘smir obrazini gavdalantirishda yozuvchilarning individual mahorati muallif g‘oyasining mantiqiyligi va ijodiy fantaziyasining kengligi mezoni asosida dalillanganiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining 2020-2022-yillarda amalga oshirilgan “Erudit” shifrli innovatsion loyihasi doirasida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun “Shet tillari” fan dasturini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligining 2022-yil 15-dekabrdagi 10/2284-son ma’lumotnomasi). Natijada Jerom Selinjerning “Javdarzordagi ovchi”, Jastin Toresning “Biz hayvonlarmiz” va Shon Makbraydning “Yashil. Maysa. Inoyat” asarlari tahlili loyiha mazmun-mohiyatini boyitib, dastur, elektron resurslar, nazariy va amaliy materiallar tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
XX-XXI asrlardagi Amerika ijtimoiy-madaniy hayotining AQSh adabiyotida bevosita aks ettirilishi, oʻsmir tafakkurining shakllanishida ijtimoiy-psixologik omillar ta’siri, yoshlar va ularning chigal taqdiri, adiblarning jamiyatdagi dolzarb muammolar to‘g‘risida bosh qotirishga, fikrlashga undovchi g‘oyalari syujet qurilishi va obrazlar tizimini yaratishdagi mahorat negizida tasniflangani borasidagi nazariy fikrlardan 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21-GR-3181 “Qarshi davlat universitetida ingliz tili kompetensiyasini mustahkamlash” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2023-yil 3-martdagi 04/863-son ma’lumotnomasi). Natijada mavzu va g‘oyasida yoshlar xarakteri dinamikasi aks etgan asarlar va o‘smirlar adabiyotining shakllanishiga oid ilmiy-nazariy manbalar tadqiqi asosida o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida Jastin Torres va A.Shon Makbrayd asarlari muhim ahamiyat kasb etishi izohlangan hamda yozuvchilarning qahramonlar ichki dunyosini ochish mahoratini tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
Amerika adabiyotida yoshlar tarbiyasi, an’anaviy qadriyatlarning naqadar teran, jozibador talqini; oila timsolida butun insoniyatga daxldor falsafani Jastin Tores va Shon Makbrayd tomonidan o‘ziga xos yo‘sinda badiiy ifoda etilishi; o‘smirning adabiy-psixologik portretini yaratishda badiiy va lingvistik-stilistik timsollar, motivlar, yoshlar jargonlari, idiomalar, metaforalar, Amerikaning turli shevalari kabi badiiy tasvir vositalari yetakchi o‘rin egallashi asar tilining boyligi va rang-barangligi mezoni orqali isbotlanganiga oid ilmiy xulosalardan 2021-2022-yillarda bajarilishi mo‘ljallangan SUZ80021IN3103-raqamli “Establishment of American Literature Club at Bukhara State University” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 8-iyundagi 12-02/1536-son ma’lumotnomasi). Natijada AQSh adabiyotida o‘sha davrdagi ijtimoiy haqiqatlarning bevosita ifodasi hamda ijtimoiy-psixologik vaziyatlarning o‘smirlarni shaxs sifatida shakllanishiga ta’sirini badiiy aks ettirishda yozuvchilar uslubidagi universal va o‘ziga xos jihatlar tahlili loyihaning mazmunini boyitishda muhim ahamiyat kasb etgan.