Elboeva Madina Botirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Jek Londonning kichik janrdagi ijodi va o‘zbek hikoyachiligida psixologizm”
(M.M. Do‘st, X. Sulton, Olim Otaxon ijodi qiyosida), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3923
Ilmiy rahbar: Yaxshieva Zebo Rashidovna, filologiya fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Sadikov Zohidjon Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Toirova Nargiza Isakovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jek London va o‘zbek adiblari asarlaridagi badiiy psixologizmni hikoya janri poetikasidagi ahamiyatini qiyosiy tahlil qilish orqali ulardagi qahramonlarning psixologiyasini va inson ruhiyatining kutilmagan jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Zamonaviy o‘zbek adiblarining badiiy psixologizm yaratishdagi mahoratini mashhur yozuvchi Jek London asarlariga qiyoslash orqali muayyan milliy adabiyot rivojida ichki omilning, individual uslublarning, alohida iste’dodlarning o‘rni muhimligi aniqlangan;
hikoya janridagi asarlar g‘oyaviy- to‘qimasidagi badiiy psixologizm, qahramon psixologiyasi, uning ma’naviy olami tasviri yozuvchining dunyoqarashi va falsafiy dunyosidan ibtido olishi dalillangan;
tasvir imkoniyatlari cheklangan kichik epik janrda insonning ruhiy va psixologik dunyosini chuqur ochish bevosita ijodkor iste’dodi, uslubi va mahoratiga bog‘liqligi Jek London va o‘zbek adiblari hikoyalari misolida isbotlangan;
hikoya janridagi inson va ijtimoiy hayot o‘rtasidagi munosabatlar, shaxs erkinligining inson ma’naviy olamiga ta’siri, zamonaviy inson ma’naviy-ruhiy qiyofasining ijtimoiy, axloqiy-ruhiy muammolari kabi masalalar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jek Londonning kichik janrdagi ijodi va o‘zbek hikoyalaridagi psixologizmni tadqiqi etish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy o‘zbek adiblarining badiiy psixologizm yaratishdagi mahoratini mashhur yozuvchi Jek London asarlariga qiyoslash orqali muayyan milliy adabiyot rivojida ichki omilning, individual uslublarning, alohida iste’dodlarning o‘rni muhimligiga oid xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan SUZ-800-21-GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro loyihasida foydalanilgan (Qarshi davlat universiteti 2023-yil 12-sentyabrdagi 03/3331-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Jek London va M.M.Do‘st, X.Sultonov, O.Otaxon hikoyalaridan badiiy psixologizm aks etgan namunalar mavjud dastur va qo‘llanmalarda keng qo‘llanilishi ta’lim jarayonida tarbiyaviy metodlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
hikoya janridagi asarlar g‘oyaviy- to‘qimasidagi badiiy psixologizm, qahramon psixologiyasi, uning ma’naviy olami tasviri yozuvchining dunyoqarashi va falsafiy dunyosidan ibtido olishiga oid nazariy va amaliy xulosalardan Qozog‘iston Respublikasi M.O.Avezov nomidagi Adabiyot va san’at institutida 2020–2022-yillarda bajarilgan AP08855741 «Rukopisnoe nasledie Kazaxstana kak paradigma «Duxovnogo vozrojdeniya» natsii: sbor, xranenie, sifrovizatsiya, sistematizatsiya, sozdanie elektronnogo kataloga, publikatsiya i issledovanie» fundamental loyiha ishini amalga oshirishda muhim nazariy manba sifatida foydalanilgan. Natijada ingliz va o‘zbek adabiyotshunosligi, matnshunoslik fanlari rivoji, o‘qituvchilarning lingvistik, kommunikativlik qobiliyatini oshirish, ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va xalqarolashtirishga yangi yondashuvlarni aks ettiruvchi uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga erishilgan;
Jek London va o‘zbek adiblari hikoyalari misolida tasvir imkoniyatlari cheklangan kichik epik janrda insonning ruhiy va psixologik dunyosini chuqur ochish bevosita ijodkor iste’dodi, uslubi va mahoratiga bog‘liqligiga oid nazariy va amaliy xulosalar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan PF–201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” grant loyiha ishini amalga oshirishda foydalanilgan. Natijada, loyiha ishtirokchilari va ekspertlarning zamonaviy o‘zbek adabiyoti va XX asr Amerika adabiyotida kichik epik janr taraqqiyotining qiyosiy jihatiga oid bilimlar bazasini kengaytirishga asos bo‘lgan;
hikoya janridagi inson va ijtimoiy hayot o‘rtasidagi munosabatlar, shaxs erkinligining inson ma’naviy olamiga ta’siri, zamonaviy inson ma’naviy-ruhiy qiyofasining ijtimoiy, axloqiy-ruhiy muammolari bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Ta’lim va islohot” ko‘rsatuvining 2023-yil 15-avgust sonini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 23-oktyabrdagi 17-05/206 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, taqdim etilgan ma’lumotlar tinglovchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan e’tibori va mehrini oshirishga, Jek London va o‘zbek hikoyachilari haqida ma’lumot olishga xizmat qilgan hamda mazkur teleko‘rsatuvning ilmiy-ommaboplik xususiyati oshgan.